Sabablar
Eshtishdagi nuqsonlar Kо‘ruv nuqsonlari
Tayanch-xarakat tizimidagi
nuqsonlar
Eshituv idrokining buzilishi
|
Kо‘ruv idrokininshg buzilishi
|
Og‘zaki nuqni egallashdagi nuqsonlar
|
Asosiy mator funksiyalarni shakllanishini orqada qolishi, nutq nuqsonlari,fazoviy tasavvurlarning buzilishi
|
Shaxs rivojlanish hususiyatlari(xarakatlar,imo- ishoralarning ifodaligi)
|
Shaxsiy va xissiy- irodaviy sohalarni rivojlanish xususiyatlari
|
5-rasm.Kо‘rilayotgan rivojlanishdagi mujassam (murakkab) nuqson tarkibiga kiruvchi buzilishlar.
Kо‘rsatilgan mujassam nuqsonli bolalarni tekshirishdan olingan tibbiy- psixologik- pedagogik ma’lumotlar tahlili, ularning butun individual xususiyatlarini aks ettiradi, barcha psixologik, nutqiy rivojlanish, tayanch –harakat apparati tizimining holatini amalda namoyon etadi.Maxsus muassaga kelgan bolalarning individual xususiyatlarining xilma-xilligidan tashqari, ular umumiy rivojlanish darajasining turlichaligi bilan ham xarakterlanadi, bu bolani avval yashagan sharoitiiga kо‘p tomondan bog‘liq bо‘ladi. Amaliyotda bu rivojlanishida murakkab nuqsonga ega bо‘lgan bolalar turli yoshda ( 2,5 va 4 yoshda) tushishini bildirib, ular avval hech qayerda ta’lim olmagan, shuningdek, ta’lim maydoniga turli rivojlanish imkoniyatlari bilan tushadi. Ulardan ba’zilari hech qanday ta’lim malakasiga ega bо‘lmaydi va deyarli rivojlanishning nolinchi darajasida bо‘ladi; boshqalari tizimli ravishda davolangan, mutaxassis-pedagoglarning maslahatlarini olgan, о‘z-о‘ziga xizmat qilish bо‘yicha ba’zi malakalarga ega, ma’lum darajadagi nutqiy rivojlanishga ega, umumiy motorikasi dinamikasi ijobiy baholanadi. Ammo, ularning har biri bilan ishni ta’limning birlamchi bosqichidan boshlash kerak. Ta’lim yо‘nalishi asosida bolaning ehtiyoji yotadi.
Individual korreksion-pedagogik dasturlar modelini yaratishdagi asosiy yо‘nalishlardan biri sifatida biz ta’limning bir-biriga karshi bosqichini tanladik.
BSFli bolalar uchun va eshitishida nuqsoni bо‘lgagn bolalar uchun maktabgacha ta’lim dasturini kiyoslash, BSF bolalar uchun dastur loyihasi uch yilga mо‘ljallanaganligini ( 4 yoshdan to 7 yoshgacha) ( Simonova N.V. 1968), eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalar uchun esa besh yilga (1,5 yoshdan to 7 yoshgacha) ( Noskova L.P, Golovchits L.V, Shmatko N.D, Pelimsakaya T.K., Katayeva A.A., Trofimova G.V., 1991) mо‘ljallanganligini kо‘rish mumkin.
Biz individual dastur yaratishni kо‘rib chiqar ekanmiz, ta’lim yili bо‘yicha ish mazmunini u yoki bu mavzular mutanosibligiga kо‘ra , oldindan aniqlash qiyin bо‘ldi. Aytilganlarni hisobga olgan holda biz ikkita individual dastur variantlarini ishlab chiqdik: birinchisi- ta’limning boshlang‘ich bosqichi sifatida qaraldi, ikkinchisi- asosiy ( murakkab) bosqich. Har ikkala variantdagi asosiy bо‘limlar mazmunidagi barcha punktlardan parallel foydalanish mumkin. Bizning fikrimizcha , aynan mana shu ular bilan ishlash uchun ancha tо‘g‘ri va mahsuldor ish uslubi hisoblanadi.
Biz tomondan rivojlantirilayotgan ta’lim texnologiyasi asosida universal yondoshuv kabi, rivojlanishida mujassam nuqsonga ega bо‘lgan bolalarga individual korreksion dastur tuzishda fanlararo bog‘liqlik yondoshuvi ham yotib, u bola rivojlanishiga tо‘liq korreksion ta’sir etish imkonini beradi. Bir vaqtning о‘zida shunchalik kо‘p nuqsonlarga ( eshitish, tayanch-harakat tizimi, nutq) ega bо‘lgan bolalarni ta’lim muammosi faqatgina turli ilmiy sohalar imkoniyatlarini birlashtirish orqaligina hal etilishi mumkin. Shuning uchun korreksion dasturga BSF li bolalarni о‘qitish texnologiyasi kabi, surdopedagogika, logopediyaga tegishli korreksion ish yо‘nalishlari kiritilgan.
Rivojlanishida mujassam nuqsonga ega bо‘lgan bolalar uchun individual korreksion dastur eshitishida nuqsoni bо‘lgan va BSF li bolalar uchun ishlab chiqilgan dastur bо‘limlari va mavzularidan foydalanish asosida yaratiladi.
Interatsiya nuqson tuzilishini tashkil etuvchi aniqlangan buzilishlar komponentini hisobga olgan holda , mazmuniy aloqalarni о‘rnatishda amalga oshiriladi. Masalan, eshitish va tayanch –harakat apparatidagi nuqsonlari qо‘shilib kelgan bolalar uchun dastur tuzish uchun, eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalar uchun va serebral paralich bolalar uchun dasturlarni tahlil qilish zarur.
Harakat nuqsonlariga ega bolalar bilan maxsus ishlar “Mehnat”, “ Ta’sviriy faoliyat va qurish -yasash”, “Jismoniy tarbiya” kabi bо‘limlarda paydo bо‘ladi, unda tayanch- harakat apparatida nuqsonga ega bо‘lgan bolalar uchun dasturning ahamiyati ortadi. Eshitish faoliyatining buzilganligi bizni “ Eshituv idrokini rivojlantirish va talaffuzga о‘rgatish ” , “ Musiqa ta’limi”, “ Nutq о‘stirish” kabi bо‘limlarga olib borib, ular eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalar uchun mо‘ljallangan dasturdan olinadi.
Agar mazmun jihatidan о‘xshash va eshitish va tayanch-harakat apparatida gi nuqsonlar qо‘shilib kelgan bolalar о‘rganishi uchun mos bо‘lsa, bunday bо‘limlar , masalan, “ о‘yin” , “ Atrof –olam bilan tanishtirish”, “ Elementar matematik tasavvurlani shakllantirish” asosiy ta’lim obyektlari atrofida asosiy material guruhlanadi va mujassam nuqsonli bolalar uchun individual dasturga kiritiladi. Shu tariqa, integrallashgan korreksion –ta’lim dasturi modeli tuziladi.
6-rasmdagi sxemani kо‘rib chiqamiz. Uning chetki kataklarida dasturlarda mavjud bо‘limlar kо‘rsatilagn: о‘ngda – BSF bolalar uchun, chapda- eshitishida kamchiligi bо‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalar uchun, о‘rtada biz tomondan eshitish va BSF nuqsonlari qо‘shilib kelgan bolalar uchun tuzilgan individual dastur keltirilgan . Bо‘limlarni kо‘rgazmali ravishda qarama-qarshi qо‘yish biz tomondan tanlangan mavjud materiallar, shubhasiz, aniq ish metodikalari va qо‘llaniladigan materiallar mazmunini о‘zgartiradi ( turli dasturlar о‘rtasidagi kо‘rsatkichlar, ishlab chiqilgan individual dasturga olib kelishini kо‘rsatdi.)
Do'stlaringiz bilan baham: |