Ikkinchi kuzatuv.
Yegor.SH. tug‘ilgan yili 2002, aralash turdagi maktabgacha ta’lim muassasasiga boradi.
Oilasi haqida ma’lumot – otasi sog‘lom, oliy ma’lumotli, onasi qandli diabet, oliy ma’lumotga ega, uy bekasi. Oilada yana ikkita sog‘lom bolalar bor ( 6 va 4 yoshli).
Tibbiy tekshiruv.
Anamnez- oltinchi homiladorlik, uchinchi tug‘ruqdan tug‘ilgan. Nasliy ravishda qandli diabet о‘tgan, chala tug‘ilish kuzatilgan. Tug‘ruq operatsiya yо‘li bilan amalga oshirilgan. Bola 2090 g vaznda, bо‘yi- 45 smda tug‘ilgan. 6 hafta chala tug‘ilaganlar bо‘limida nazoratda bо‘lgan.Jismoniy rivojlanish orqada qolgan. 4 oylikda ag‘darila boshlagan , keyin rivojlanish tо‘htagan, bola deyarli harakatsiz yotgan, kuchli diatez kuzatilgan. Xususiy uqalovchiga murojaat qilishgan, 1 yoshda bola ag‘darila boshlagan, keyin emaklay boshlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |