Tayanch iboralar: Birlamchi nukson, ikkilamchi nukson, mujassam nukson, koxlear implant, logopedik ta’sir.
Maxsus adabiyotlarda turli xil nuqsonlarga ega bо‘lgan bolalarga korreksion –logopedik ta’sir etish bо‘yicha ishlar va metodik tavsiyalar keng yoritilgan (L.S. Volkova, M.I.Ippolitova, R.I.Lalayeva,N.N.Malofeyev, YE.M.Mostikova ).Birlamchi xarakterdagi nutq buzilishlariga ega , eshitishida nuqsonga ega bо‘lgan bolalarga nisbatan, ularning muammolari bilan bog‘liq ilmiy izlanishlarining kamligini tan olish kerak. Kar bolalardagi nutqiy nuqsonni bartaraf etishga yо‘naltirilgan ba’zi logopedik ish usullarini kо‘rib chiqishni taklif etamiz.
Eshitish buzilishida bola og‘zaki nutqni spontan ravishda egallashga qodir emas, chunki, u atrofdagi odamlar nutqini idrok etishdan mahrum, oqibatda bolaning nutqi rivojlanmaydi.
L.S.Vigotskiyning nuqsonli rivojlanishning murakkab tuzilishi haqdagi nazariyasiga tayangan holda kar yoki zaif kо‘ruvchi boladagi nutq buzilishi , rivojlanishdagi ikkilamchi nuqson sifatida qaralib, u eshitish buzilishi oqibatida paydo bо‘ladi.Eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalarda nutqiy faoliyat, uning paydo bо‘lishi, kо‘pgina defektologlarning tadqiqotlarini predmeti bо‘lgan (R.M Boskis, A.G.Zikeyev, S.A.Zikov, K.V.Komarov, I.G.Korovin va boshqalar). Eshitishida nuqsoni ega bо‘lgan bolalarni о‘qitishdagi muhim va ancha murakkab vazifalardan biri, og‘zaki nutqni shakllantirish hisoblanadi, bu kommunikatsiya va ijtimoiy reabilatsiya muammolarni hal etishda ham muhim ahamiyatga ega.Og‘zaki nutqni shakllanishi bolalar tomonidan zarur nutqiy materialni о‘zlashtirilishi, uni idrok etish va og‘zaki shaklda zamonaviy texnik vositalardan foydalangan holda aks ettirilishidir. Hozirigi kunda talaffuzga о‘rgatish analitik-sintetik , polisensor ,konsentrik metodlar asosida amalga oshiriladi (Rau.F.F. , Slezina N.F ., 1981)
Amaliyotning kо‘rsatishicha, eshitishida nuqsoni ega bо‘lgan bolalar kontinigenti о‘z tarkibiga kо‘ra xilma- xildir.Nutqiy buzilishlarga ega bо‘lish ta’lim –tarbiya jarayonini tashkil etishni murakkablashtiradi , bola shaxsini rivojlanishiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi, bu ta’limda differensial yondashuv muammosiga alohida e’tibor qaratish uchun asos bо‘ladi. Bundan tashqari eshitishida nuqsoni ega bо‘lgan bolalarda nutqiy buzilishlarni sezilarli darajada xilma- xilligi kuzatiladi.Nuqsonlar ichida dizartriya, rinolaliya, organik dislaliya, organik xarakterdagi ovoz buzilishlari katta о‘rin egallaydi.Aniqlangan har bir nutqiy nuqson о‘zining simptomatikasiga va paydo bо‘lish dinamikasiga ega.
Amaliyotda mavjud og‘zaki nutqni shakllantirish bо‘yicha mashg‘ulotlar tizimi murakkab nuqson tuzilishini hisobga olmasdan quriladi va bu kam samara beradi. Bevosita eshituv funksiyalari holatlari bilan bog‘liq bо‘lmagan nutqiy nuqsonlarni bartaraf etish integrallashgan holda amalga oshiriladi.Bu logopediyada ishlab chiqilgan va qabul qilingan metodlarni eshitmaydigan bolalar rivojlanish xususiyatlarini hisobga olgan holda qо‘llanilishi kerak,- degani.
Bu toifa bolalarni о‘qitish malakalarini umumlashtirib, biz bu bolalardagi turli nutq buzulishlarini bartaraf etishga yо‘naltirilgan logopedik ishlarni tashkil etish va olib borish bо‘yicha ba’zi metodik tavsiyalarni keltirishga harakat qildik.
Mujjasam nuqsonga ega bо‘lgan bolalar bilan korreksion –logopedik ish murakkab nuqson tuzilishini hisobga olgan holda quriladi ,bunda eshitish buzilishlari va birlamchi xarakterdagi nutqiy nuqsonlarni qо‘shilib kelishi alohida о‘rin egallaydi, ularning xar biri ma’lum darajada bir- biriga ta’sir kо‘rsatadi.
Eshitishida nuqsoni bо‘lgan bola suyanadigan sensor bazani hisobga olgan holda, har bir analizator imkoniyatlarini hisobga olish kerak: kо‘rish, teri, harakat va eshituv qoldig‘i.
Bola nutq apparatlari harakatlarini idrok eta oladigan kо‘ruv analizatorining roli beqiyosdir. Lablar, pastki jag‘, alohida hollarda til harakatlari yaxshi kо‘rinadi.
Eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalarni logoped nutqni maxsus usul bilan idrok etishi- labdan о‘qish hisoblanadi. Bu meyorda eshitadigan bolalar uchun ham begona emas, ba’zi hollarda, nutqni eshitish idrok qiyinlashganda, ular ham nutqni shunday idrok etishlari mumkin. Eshitish buzilganda labdan о‘qish sezilarli darajada ortadi. Eshitish analizatori turg‘un buzilgan bolalar bilan logopedik iishda aynan shu hisobga olinadii. Ular labdan о‘qishga tayanib, logopedning lab harakatlariga taqlid qilib tovushlar, bо‘g‘inlar, sо‘zlar ayta oladi, shuningdek, bajariladigan topshiriqlar kо‘rsatmalarini tushunishlari mumkin.Urg‘u, inonatsiya kabi fonetik elementlar kо‘rish yordamida yomon idrok etiladi,intonatsiyaning melodik komponenti umuman idrok etilmaydi. Shuni hisobga olgan holda, biz turli xil tushuntirishlar uchun yozuvli tablichkalar, chizilgan sxemalar, shuningdek, kar bolalar uchun tushunish qiyin bо‘lgan nutqiy tovush elementlarini idrok etish imkoniyati chegarasini kengaytiradigan vizual asboblardan foydalanamiz.Og‘zaki nutq ustida ishlashda quyidagi asboblardan: I-2M, vibroskoplar, “Kо‘rinadigan nutq” kompyuter dasturlaridan foydalaniladi. Ular yordamida ovozli nutq optik signallarga aylanadi, bu bolalarning fonema haqidagi tasavvurlarini kengaytiradi.
Topshiriqlarni bajarishni tо‘g‘ri tushunishi uchun tablichkali kо‘rsatmalardan foydalaniladi, buni har bir logoped о‘zi tayyorlashi mumkin, masalan , quyidagicha yozuvlar bilan (7-rasm):
Til tepaga
|
Til pastga
|
Kuchliroq pufla
|
Baland gapir
|
Sekin gapir
|
Pichirlab gapir
|
7-rasm .Bajariladigan harakatlar uchun yozma tablichkalari kо‘rsatmalar.
U yoki bu tovush uchun artikulyatsiya organlarining holatini aniqlay turib, logoped artikulyatsiya holatlari sxemasini kо‘rsatadi . U artikulyatsion organlar holatini tо‘g‘ri talaffuz holati bilan qiyoslashni taklif etishi mumkin, notо‘g‘ri talaffuzni tushuntirish va korreksiyasi uchun tovush notо‘g‘ri talaffuz qilingan holatni kо‘rsatadi.
Nutqiy kamchiliklar oyna oldida taqlid asosida tuzatilishga erishmagan holatlarda , artikulyatsiya holatini barmoqlar va qо‘l harakatlari bilan imo- ishora orqali kо‘rsatish mumkin. Ba’zi bolalar bu usulni yaxshi qabul qilishadi , va shunga kо‘ra tovushlar talaffuzi xususiyatlarini oson tushunishadi.
Eshitishida nuqsonga ega bо‘lgan bolalarning kо‘ruv imkoniyatlarini hisobga olgan holada korreksion ishda grafik usullardan ham foydalanish mumkin.Masalan, bola undoshlarni jaranglatib yoki jarangsizlantirib , ularga unli tovushlar qо‘shib gapiradi . Tablichkada bu nuqsonni bola qayerda hato qilayotganligini kо‘rsatib, u yoki bu sо‘zni qanday talaffuz qilish kerakligini aks ettirishi mumkin. 8-rasm.
Maktap (b)
|
|
Toq (g‘)
|
Esh (ch)ki
|
Bobo (p)o(p)o
|
Ol(i)ma
|
Sabzi (SH)abi(sh)i
|
Xar bir analizator yordamida nutqning u yoki bu fonetik elementlarini aks ettiruvchi qator hodisalarni idrok etilishini ta’minlash mumkin. Masalan, jarangli va jarangsiz tovushlarni talaffuzini tushuntirishda qо‘lni о‘zining bо‘g‘iziga yoki logopedning bо‘g‘iziga qо‘yish yо‘li bilan о‘z о‘zini nazorat usulidan foydalaniladi, bunda un paychalarining tebranishini sezish mumkin. Bu usul orqali bola tovushlar о‘rtasidagi farqlarni tushunishi mumkin. Teri sezgirligi yordamida u yoki bu tovushda ishtirok etadigan chiqarilayotgan xavo oqimi xarakteri idrok etiladi: tekis , tebranuvchan, shuningdek, uning xarorat xususiyatlari –sovuq , issiq .Taktil idrokga kо‘ra, bola alohida tovushlarni talaffuz qilishda kо‘ruv analizatori orqali ilg‘ab bо‘lmaydigan nutqiy organlarning ishi haqidagi ma’lumotlarni oladi. Rivojlanishida mujjasam nuqsonga ega bо‘lgan bolalarni о‘qitish jarayonida talaffuz kо‘nikmalari samaradorligini oshirish uchun chet elda kо‘r- kar, aqli zaif, kar bolalar va maktabgacha yoshdagi bolalar bilan keng qо‘llaniladigan “Tadoma ”metodini qо‘llash mumkin(Tadoma method , 1977,) (AQSH , Gallandiya) 10
Bu metodga kо‘ra, talaffuz kо‘nikmalarini о‘zlashtirish imkoniyatini ta’minlovchi va о‘zining talaffuzini nazorat qiluvchi saqlangan sensor kanallarni bir vaqtda ishga tushurish chegaralari kengaytiriladi.
“Tadoma” metodi bola va logopedninng bevosita muloqatida samaralidir. Logoped tomonidan tovush talaffuzi vaqtida bola qо‘lini logopedning nutq apparatiga belgilangan vaziyatda qо‘yadi. Katta barmoq lablar bilan yengil birikadi, kо‘rsatkich va о‘rta barmoqlar yuzga qо‘yiladi, nomsiz va jimjimaloq birikkan holda bо‘g‘izga orqa tarafi bilan qо‘yiladi.Shu tariqa bolada teri sezgirligi orqali qator artikulyatsion hodisalarni idrok etish ta’minlanadi : lab harakatlari, chiqarilayotgan havo oqimi, bо‘g‘izdagi va yuzdagi tebranishlar(burunli tovushlarni talaffuzida).Bundan tashqari, bu metod yordamida eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalarga xos burunli ottenkani aniqlash va о‘z vaqtida uni bartaraf etish mumkin.
Tovushlar talaffuzida birga keladigan kinestetik opperatsiyalarni anglash uchun harakat analizatori muhim ahamiyatga ega . Nutq organlaridan chiqadigan kinestetik impulslar u yoki bu tovush artikulyasini о‘ziga xosligini tushunish uchun asos bо‘lib xizmat qiladi.Bunga xatto, logoped bola nutqiy organlarining ixtiyoriy ravishda u yoki bu holatga qо‘yganda , ular harakatini mexanik vositalar ta’sirida boshqarganda(logopedik zond, shpatel bilan) ham erishish mumkin.Asta sekin mustaxkamlangan nutqiy kinesteziyalar talaffuzni о‘zini nazorat qilish imkoniyatini ta’minlaydi.
Kо‘pchilik kar bolalar eshituv qoldig‘iga ega. Buni og‘zaki nutq ustida ishlashda hisobga olish kerak.Masalan, eshituv qoldig‘iga ega bо‘lgan bolalar uchun sо‘z urg‘usi, sо‘zning ritmik chegarasi , pauzalar , nutqning melodik komponenti , intonatsiya va hatto ba’zi tovushlarini idrok etish xosdir.Tovush kuchaytiruvchi apparatlardan (individual eshituv apparati) foydalanishda bunday idrok imkoniyati kengaytiriladi.
Talaffuz kо‘nikmalarini shakllantirish bо‘yicha, xususan, tovushlar qо‘yish bо‘yicha logopedik ishda fonetik ritmika muhim rol о‘ynaydi.
Til –uchi , beli , yon qisimlari
|
Labalar- yuqori , pastki
|
Tishlar - oldgi, jag‘
|
Yumshoq tanglay
|
Un paychalari
|
9-rasm.Artikulyatsion organ elementlari nomi yozilgan tablichkalar.
Harakatli mashqlar tizimi, bunda ritmik harakatlar belgilangan tovushlar, bо‘g‘inlar, sо‘zlar talffuzi bilan birga qо‘shilib keladi.Fonetik ritmika nafaqat nutqni shakllantirish bо‘yicha ishga organik kiritiladi, balki talffuzini korreksiyalashda ahamiyatli rol о‘ynaydi.Fonetik ritmika usullari nutq xarakat, eshituv analizatorlarini bolaning umumiy motorikasi bilan qо‘shilib kelishi asosiga quriladi.Shu tariqa nutqi va eshitishida nuqsonga ega bо‘lgan bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishlarning xarakterli xususiyati talab etilayotgan tovushni artikulyatsini va uning nazoratini yengillishtiruvchi turli xil analizatorlarga keng tayanish hisoblanadi.Talaffuzni korreksiyalashga kirisha turib, ishni shu zahotiyoq tovushlardan boshlamaslik kerak.Eshituv funksiyasining buzilishi yetarlicha hajmda lug‘at egallash imkoniyatini pasaytiradi, shuning uchun bolalarda kо‘pgina sо‘z , iboralarni tushunishda muammolar kuzatiladi. Shunga kо‘ra, belgilangan ish turiga mos maxsus lug‘atni boyitishdan ish boshlash maqsadga muvofiq. Birinchi mashg‘ulotdayoq bolaga uning artikulyatsiya apparatinin qurilish xususiyatlarini tushuntirish, uni tashkil etuvchi organlarini kо‘rsatish va nomini aytish kerak. Tanishtirish bosqichida artikulyatsion xolatlar va nutqiy apparatning har bir elementi nomi yozilgan tablichkalardan foydalaniladi (9-rasm) .Manashu yozuvlar va tasvirlarga qarab bola mustaqil ravishda kо‘rsatilgan harakatlarni bajarishga urinishi kerak va о‘zining urinishlarini rasm va logopedning artikulyatsiyasi organlari ishi bilan qiyoslashi kerak. Bu bosqichda egallangan malaka о‘xshash artikulyatsion tovushlarni talaffuzini tavsiflash va aniqlash uchun muhim ahamiyatga ega , bunda ovoz yoki til holatining о‘zgarishi farqlovchi omil xisoblanadi.Bu shuningdek, bolalarga nutq tovushlarini tо‘g‘ri va ongli ifodalashga yordam beradi.Tovushlarni farqlash uchun quyidagi grafik tasvirli topshiriqlarni berish mumkin (10 - rasm).
Belgilangan tovushni tо‘g‘ri yozuvni kо‘rsat va talaffuz qil.
Do'stlaringiz bilan baham: |