Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika fakulteti


- rasm.О‘quv jarayonida bosqichma- bosqich murakkablashib boradigan taqvimlarni qо‘llash dinamikasi



Download 2,16 Mb.
bet110/370
Sana30.12.2021
Hajmi2,16 Mb.
#194234
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   370
Bog'liq
Rivojlanish kompleks

3- rasm.О‘quv jarayonida bosqichma- bosqich murakkablashib boradigan taqvimlarni qо‘llash dinamikasi.
Mujassam nuqsonga ega bо‘lgan bolalar bilan ishlash uchun tayinlangan taqvim tizimida predmetlar va rasmli- belgilar qо‘llaniladi. Belgilar – bu qandaydir harakat, tushuncha, faoliyatni, qandaydir predmetni bildiradi.Belgilar yordamidagi muloqat hamma narsani о‘tgan, kelasi va hozirgi zamonda aks ettirishdagi chegarasiz imkoniyatlarni ochadi. Predmet yoki rasm bolani amalga oshirishi kerak bо‘lgan faoliyatdan ogohlantiradi. Birinchi bosqichda ish quyidagi tur taqvimlarni qо‘llash asosiga quriladi.

1.Predmetli taqvim - bunda belgilar sifatida tabiiy, minatyurali sxemalashtirilgan predmetlar va ularning – barelyefli, relyefli, konturli tasvirlaridan foydalaniladi.

2.Qandaydir predmet, faoliyat turi yoki ularni amalga oshirish joyi tasvirlangan rasmli taqvim.

3.Sо‘zlar bilan tuldirilgan taqvim.

Predmetli taqvim – ma’lum xususiyatlarga ega taktil belgilardan tashkil topadi:


  • - ular aks ettirayotgan narsalar bilan bog‘liq aniq, hissiy aloqalarga ega bо‘ladi;

  • - о‘zini anglanishi uchun kam bilash qobiliyatlarini talab etadi;

  • ular doimiy va aniq;

  • - ularni boshqarish yoki egallash mumkin;

  • - ular tizimli namoyishda taniqli;

  • - ularni turli toifa bolalar bilan ishlashda taklif etish mumkin, jumladan aqli zaiflar bilan.

Bundan tashqari, bolalar ularni oson taniydi va topadi, buning uchun kо‘rsatish, teginish, taxlash, ushlash kabi oddiy motor reaksiyalardan foydalanadi. Ularni idrok etish yaxshi mayda motorika kо‘nikmalarini talab etmaydi, shuning uchun u tayanch- harakat apparatida nuqsonga ega bо‘lgan bolalar uchun ham qulay. Bu taqvimni kо‘rishida nuqsoni bо‘lgan bolalarni о‘qitishda qо‘llash ham maqsadga muvofiq; predmetlar oson taktil aniqlanadi, shuning uchun kо‘rlar ulardan birini boshqasidan farqlashi mumkin.

Bu turdagi taqvimni о‘zlashtirishda predmetlar rasmlarga almashtiriladi. Rasmli taqvim poligrafik usulda, pedagogning о‘zi tomonidan tayyorlanishi yoki о‘zida foto taqvimni aks ettirishi mumkin.Bu turdagi taqvimlarni kо‘rish qobiliyati saqlangan- kar yoki zaif eshituvchi aqli zaiflar, nutqiy buzilishlarga ega aqli zaif bolalarning muloqat kо‘nikmalarini rivojlantirish ishlariga kiritish mumkin. Bularning hammasi u yoki bu bolani qanday taqvimni yaxshi idrok etishiga qarab belgilanadi.Doimiy ravishda bu taqvim turi murakkablashtirib boriladi: tasvirlarga sо‘zlar qо‘shilib boradi. Sо‘zli tablichkalarni yaxshi idrok etilishi uchun ularga rasmlar yopishtiriladi. Ammo bu turdagi taqvimlar bolalar uchun ancha qiyin. Buni ma’lum ta’lim bosqichidan о‘tgan, ba’zi idrok, taqqoslash, ajratish, farqlash va boshqa kо‘nikmalarni egallaganlarga taklif etish mumkin.

Taqvim о‘zida nimalarni namoyon etadi?

Bu bir- biriga biriktirilgan qog‘oz qutilar yoki bо‘limlari ajratilgan bitta yog‘och qutidan iborat konteyner yoki bir qancha bо‘limlarga ega shkafcha bо‘lishi mumkin. Kutilar yoki bо‘limlar bolaning rivojlanishi yoki yoshiga qarab 3 tadan 8 ta gacha bо‘lishi mumkin. Predmet- belgilar, rasm- belgilar tо‘plami u yoki bu turdagi faoliyat turiga mos ravishda tanlanadi.

Taqvim bilan ishlashning vazifalaridan biri- kunning ma’lum bir vaqt qismidagi faoliyatni rejalashtirishdir. Bundan tashqari taqvim xotirani rivojlanishi uchun tayanch, lug‘at boyligini kengaytirish va boyitish uchun xizmat qilishi mumkin. Asta- sekin bolada pedagogning talabiga kо‘ra, tizimlashtirilgan predmetlarga yoki rasmli – belgilarga murojaat qilish, ba’zan esa,muloqat maqsadida ularni mustaqil qо‘llash odati paydo bо‘ladi.Ta’limning boshlang‘ich bosqichida muloqat vositasi tabbiiy yuzaga keluvchi sharoitlardagi kabi sun’iy yaratilgan shariotlarda ham amalga oshiriladi.

Insonning barcha faoliyati ma’lum tartibga, rejimga bо‘ysunadi.

О‘quv- diagnostik davrda kichik yoshdagi mujassam nuqsonli bolalarga bu rejim shartini tadbiq etish zarurati paydo bо‘ladi va bunda о‘quv muassasasiga yangi kelgan , pedagoglar bilan hali muloqat kо‘nikmalariga ega bо‘lmagan bolalarga taqvimdan foydalanish katta yordam beradi. Bola о‘zini qanday tutishni, nima qilishni , о‘z faoliyatlarini qanday tashkil etishni bilmaydi va bu ishonchsizlik tо‘laligicha asosiy kun tartibi vaqtlari - uyqudan uyg‘onish, yuvinish, ovqatlanish, kunduzgi uyqu va boshqalar bilan bog‘liq. Eng avvalo, bolalar muloqat shakli va vositalarini о‘z- о‘zigi xizmat kо‘rsatishning elementar sharoitlarida egallaydilar.Ularning butun kun davomidagi faoliyatlari mana bunday qator sharoitlardan tashkil topadi:

“ Uyg‘onish”, “ Kiyinish”, “ Yuvinish”, “ Badan tarbiya”,” Mashg‘ulot”, “ Ovqatlanish”, “ Sayr”,” Uyqu” va hakozo.Har bir sharoit esa ,о‘z navbatida ma’lum faoliyatlar zanjirini tashkil etadi.

Ta’limning ilk bosqichida kunning birinchi va ikkinchi yarmiga alohida taqvim tuzish maqsada muvofiq deb topilgan. Bolaning kuni uyqudan uyg‘onish va kiyinishdan boshlanadi- aynan shulardan taqvim bilan ishlash ham boshlanadi. Pedagog bilan hamkorlikda bola qutilarga rasm- belgilarni ma’lum ketma- ketlikda joylashtiradi.Masalan, kunning birinchi yarmi taqvimi uchun sovun( yuvinish), bayroqcha ( badan tarbiya), kо‘ylak( kiyinish), qoshiq ( nonushta), piramida ( mashg‘ulot), piyola ( ikkinchi nonushta), shapka ( sayr), likobcha ( tushlik), yostiq( kunduzgi uyqu) rasm- belgilarni ajratadi.

Pedagogdan rasm- belgini olib, bola u bilan birga yoki uning boshchiligida bu predmetni diqqat bilan kо‘rib chiqadi, uni va u bilan bog‘liq faoliyatni og‘zaki nomlaydi yoki imo- ishora bilan kо‘rsatib beradi. Avval nutqiy ( va imo- ishorali) sharhni о‘qituvchi beradi: ”Aziza qara. Bu- piyola . Aziza choy ichadi (og‘zaki nutq va imo-ishora) . “ Asta- sekin bola ularni pedagogni orqasidan takrorlashga о‘rganadi, keyin buni mustaqil bajaradi .Har bir faoliyat turini bajarib bо‘lgandan keyin ( ularning taqvimga muvofiq ketma- ketligiga qat’iy amal qilgan holda), unga mos rasm- belgi uning uchun ajratilgan quti- konteynerga solinadi, bu faoliyatni tugallanganligidan daloalat beradi. Bola pedagog bilan birga og‘zaki va imo- ishorali nutqdan foydalanib, ma’lum faoliyat turini yakunlanganligini bildiradi va keyingisiga о‘tishadi.

Kesimli taqvimlar mavjud bо‘lib, ular faoliyat ichidagi ma’lum bosqichlarni ajratadi. Har bir tanlangan predmet ma’lum bosqichni bildiradi. Masalan, “ yuvinish ” faoliyati qator harakatlar zanjiridan iborat bо‘lib, ular quyidagi predmet- belgilarning ketma- ketligida amalga oshiriladi- sovun, tish shyotkasi, tish pastasi, stakancha, sochiq. Buning uchun alohida kontyner qо‘yilib, bajarilgan faoliyat tugaganidan keyin predmet shu konteynerga olib qо‘yiladi , bu faoliyatni bajarib bо‘linganligini bildiradi.

Mashg‘ulotlar elementlari jadvali kiritilgan taqvim ancha murakkab bо‘ladi.



  1. Sovun- yuvinish.

  2. Shiqildoq- badan tarbiY.

  3. Qoshiq- nonushta.

  4. Eshitish apparati- mashg‘ulot

  5. Ruchka- yozish.

  6. Sanoq chо‘plar- matematika.

  7. Shakllar bilan tо‘ldirilgan qopcha-“ qurish- yasash”.

  8. Piyola- ikkinchi nonushta.

  9. Shapka- sayr.

  10. Yostiq- uxlash.

Muloqat vositasi dinamikasining ijobiy rivojlanishini hisobga olib, bu ishni murakkablashtirish va hilma- xillashtirish mumkin.Predmetli taqvimlar rasmli taqvimlar bilan almashtiriladi. Avvaliga, unda predmetli taqvimda qо‘llanilgan obyektlargina aks ettiriladi. Rasmli kartochkalar bola bilan hamkorlikda tayyorlanadi. Asta- sekin rasmlar murakkablashtiriladi, taqvimning tashqi kо‘rinishi ham о‘zgartiriladi- u kichik fotoalbomga о‘xshab qoladi.

Ba’zi bolalar boshqa turdagi taqvimlarni egallashga qodir bо‘ladi. Rasmlar, foto taqvimlar sо‘zli tablichkalarga yopishtirilgan ekan, demak, u fotografik tasvirlarni yaxshi idrok etadigan va о‘qish kо‘nikmalariga ega bolalarga mо‘ljallangan. Bunda bolani kо‘rgazmali tayanch ( taqvim) yordamida о‘zining iltimosi, hoxishi yoki noroziligini bildira olishi muhim ahamiyatga ega. Turli xil taqvimlar bilan ishlash ijobiy natijalar berganligini ta’kidlash zarur. Ular yordamida bolalar va pedagog о‘rtasida muvoffaqiyatli muloqat amalga oshiriladi; bolalarning hatti – harakatlari tartibga solinadi, barcha faoliyatlarda maqsadga yо‘nalganlikka erishiladi. Bunday kо‘rgazmali materiallardan foydalanish vaqt tasavvurlarini shakllanishiga olib keladi (kelgusida amalga oshiriladigan va amalga oshirib bо‘lingan faoliyat haqida, yuz beradigan va sodir bо‘lgan hodisalar haqida); bolalarning vaziyatli va kontekstli nutqini rivojlantiradi; predmetlarni tahlil qilish usullarini va predmetli faoliyat kо‘nikmalarini shakllantiradi; mayda qо‘l motorikalari va bilish faoliyatlarini ijobiy rivojlanishiga ta’sir kо‘rsatadi.

Keltirilgan о‘qitish shakllari mujassam nuqsonga ega bо‘lgan, eshituv –verbal muloqotdan mahrum bolalarni muloqatning alternativ metodlari bilan ta’minlash imkonini beradi .Bunday bolalar uchun muloqat imkoniyati noverbal vositalar orqali bо‘lib, hamkorlikdagi muloqat va faoliyat hisoblanadi, bunda predmet- belgilar, rasmlar, imo- ishoralardan foydalanadi. Bu qatorda asosiy о‘rinni turli xil taqvimli muloqatning individual vositasi egallaydi ( Zarechnova YE.A.., 2003).

Ulardan foydalanib о‘qitish nutqni takomillashtirish va rivojlantirish nisbatan samarador bulib,u asta- sekin noverbal muloqatdan verbal mulqatga о‘tish uchun imkoniyat yaratadi, leksika va grammatikani murakkablashtirishga olib keladi. Buni rivojlanishning ikkinchi va uchinchi bosqichida kuzatish mumkin, bunda taqvim turining о‘zi ham о‘zgaradi. Ikkinchi bosqichda bolalar og‘zaki nutqningyozma nutq shaklini egallashga kirishadilar. Bolalar uchinchi rivojlanish bosqichiga ular mustaqil ravishda о‘zlarining nutqiy ifodalarini qurishni egallaganlaridan keyin erishadilar. Bu bosqichda taqvim predmetli va nutqiy faoliyatni rejalashtirishdagi yordamchi vosita bо‘lib qoladi.




Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish