Tayanch iboralar: Nutq nuqsoni, ko’r bolalar, zaif kuruvchi bolalar, nutkiy tovush, nonutkiy tovush.
Inson butun hayoti davomida til boyliklarini egallay turib, о‘z nutqini takomillashtirib boradi.Har bir yosh bosqichi uning rivojlanishiga yangi nimadir olib kiradi.
Nutqni egallashda bolalik davri, ancha muhim pillapoya hisoblanadi.Ilk bolalik davridanoq muloqotga ehtiyoj paydo bо‘lib, bola uni gu-gulash, bо‘g‘inlar bilan amalga oshiradi , bir yoshga yaqin esa birinchi sо‘zlar paydo bо‘ladi.Bir oz vaqt о‘tgandan keyin nutq atrof olamni anglash, harakatlarni rejalashtirish quroliga aylanadi. Asta – sekin rivojlana turib , bola, ancha murakkab til birliklaridan foydalana boshlaydi. Uning lug‘uti boyiydi, iboralarni о‘zlashtiradi, bola sо‘z yasash, sо‘z о‘zgartirish, turli xil stilistik qurilmalarni egallaydi.Shunday qilib, olamdagi barcha tovush va bо‘yoqlarni idrok eta oladigan odamlarda turli harakatlarga taqlid paydo bо‘ladi.
Analizatorlar tizimining buzilishida, past intelektual qobiliyat nutqning rejadagidek о‘z- о‘zidan rivojlanishiga imkon bermaydi; bolani tashqi muhit bilan bog‘lashga, uning psixik rivojlanishiga, tо‘laqonli shaxsni shakllanishiga, shuningdek, yashirin imkoniyatlarini yuzaga chiqarishga va jamiyatga kirishiga salbiy ta’sir kо‘rsatuvchi yо‘llari muhokama qilinadi.
Masalan, O.Shpek (2003) chuqur aqli zaif bolalarning aksariyati, kо‘pgina nuqsonlarga ega ekanligini ta’kidlaydi. Agressivlik, stereotiplik kabi xususiyatlar, odatga kо‘ra, о‘zaro aloqalarning yо‘qligi natijasi hisoblanadi. Bunday bolalarga pedagogik yordamning muhimligi kunday ravshan, shu bilan birga uni tashkil etishda kommunikativ asos birinchi о‘ringa chiqadi.
Mujassam nuqsonli bolalarning umumiy ta’lim va tarbiyasida muloqatni shakllantirish katta rol о‘ynaydi. Muloqot bunday bolalarning rivojlanishiga olib keladi, shuning uchun ularni о‘qitishdagi asosiy vazifalardan biri - bolani bilish, hissiy va harakat sohalarini rivojlantirishga asos bо‘ladigan muloqat vositasini shakllantirishdir.
Shu bilan birga mujassam nuqsonga ega bо‘lgan bolalarda kommunikativ kо‘nikmalar va muloqat vositalariningshakllanishi korreksion va о‘qitish ishlarining eng muhim va anchagina qiyin bо‘limlaridan biri hisoblanadi.
Bu toifa bolalar bilan birga ishlagandi har bir bolaning imkoniyatiga qarab, muloqat kо‘nikmalarini kengroq egallshlariga yordam berish uchun ularga mos barcha muloqot vositalaridan foydalanishga, muloqatning turli xil usul va metodlariga murojaat qilishga tо‘g‘ri keladi .
Muloqat- murakkab va kо‘p qirrali jarayon bо‘lib, bir vaqtning о‘zida individlar ma’lumot almashishga kirishishlari, shu bilan birga odamlar bir-biri bilan о‘zaro munosabatga kirishishlari, bir- biriga ta’sir kо‘rsatishi, hamdard bо‘lishi va bir-birlarini tushunishlari mumkin. Bolalar kattalar bilan о‘zaro aloqada rivojlanadilar. Bu jarayon asosida hissiy aloqa yotib, asta-sekin bola rivojlanishi uchun zarur shart bо‘lgan hamkorlikka aylanadi. Mujassam nuqsonga ega bо‘lgan bolalarda muloqot qilishga harakat bо‘lib xizmat qiladigan bir qancha xatti-harakat reaksiyalarini kuzatish mumkin.
Ilk bolalik bosqichida mujassam nuqsonga ega bо‘lgan bolalar о‘zlarini an’anaviy yо‘l bilan kо‘rsata olmaydi (nutq , tabiiy imo-ishoralar kо‘rinishida ).Ular muloqati uchun yuz ifodasining о‘zgarishi, gavda harakatlari, qandaydir tovushlar, yig‘i, g‘azabni bildiruvchi agressiv harakatlar, norozilik va hakozolar xizmat qiladi. Agar bola о‘ziga kattalarning e’tiborini qaratmoqchi bо‘lsa, u uni ismi bilan chaqirmaydi yoki qо‘lidan ushlamaydi, yaqinlashadi, tо‘g‘rirog‘i u yig‘lay boshlaydi, baqiradi, о‘zini polga tashlaydi, о‘zini yoki о‘sha katta odamni uradi,shuningdek, о‘ziga e’tibor qaratish, qulaylik, yordam, rag‘batga erishish uchun har qanday vositalardan foydalanadi . Ba’zan bu reaksiyalar atrofdagilar tomonidan faqatgina salbiy, bartaraf etilishi zarur bо‘lgan harakatlardek qaraladi, shu bidlan bir vaqtda amalda bola muloqaga kirishishga, kattalarga qandaydir о‘zining hohishi yoki talabini bildiradi.,Aynan shuning uchun bunday hatti-harakatlar muloqotga kirishishga harakatmi , yoki yо‘qligini tushunish juda muhim. Bola tomonidan amalga oshirilgan barcha harakatlarni, hoh u salbiy, hoh ijobiy bо‘lishidan qat’iy nazar, aloqning yashirin imkoniyat shakllari deb qarash zarur, u о‘zini qaysi maqsadda bunday tutayotganligini aniqlashga harakat qilish kerak. Bola yig‘layotganda, pedagog bu yig‘ini “ shifrlashi” kerak. Bu bolani biror joyi og‘riyotganini, och qolganligi yoki zerikayotganligini bildirishi mumkin va u muloqatga harakat qiladi , о‘ziga e’tibor qaratishni,erkalashini hohlaydi. Ammo, pedagog nafaqat bolani hatti-harakatlarini tahlil qila olishi kerak, balki, unga javob qaytarishi, bola bilan muloqatga kirishishi, bolaning u yoki bu harakatlariga sabab bо‘layotgan tо‘siqlarnini bartarf etishi kerak. ( Spiridonova T.A.2003).Bola ongsiz bо‘lsa-da kattalar bilan munosabatga kirishishga harakat qiladi, chunki, buning uchun qandaydir motiv bor. Birlamchi bosqichda , avval aytib о‘tganimizdek, muloqat motivi ongsiz bо‘lishi mumkin, keyinchalik motivatsiya bola tomonidan anglana boradi va u maqsad bilan harakatlanadi. Muloqat jarayonida asosiy e’tibor sharoitga qaratiladi. Odamlarning barcha о‘zaro munosabatlari о‘zida yaxlit birlikni aks ettiradi.Qasidir о‘zaro munosabatning ustunligiga bog‘liq ravishda nutqiy muloqat sharoitiga hamkorlikdagi munosabat sharoitidek qarash mumkin. Bundan quyidagicha xulosa qilish mumkin, sharoit- bu muloqat jarayonidagi universal faoliyat shaklidir, bunda yaxlit ijtimoiy-mavqeli dinamik tizim, subyektlarning muloqat sharoitidagi rolli, faoliyatli va ahloqiy munosabatlari bо‘lib, unda muloqatga kirishuvchilarning о‘zaro munosabatdagi ongli va yuzaga keladigan shu sharoitga bog‘liq о‘rinlari aks etadi. Shunga bog‘liq ravishda muloqat jarayonida sо‘zlarning bor –yо‘qligiga qarab, kommunikativ vositalarni verbal va noverbal turlarga ajratish mumkin. ( 3- jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |