Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika fakulteti



Download 2,16 Mb.
bet106/370
Sana30.12.2021
Hajmi2,16 Mb.
#194234
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   370
Bog'liq
Rivojlanish kompleks

Tayanch iboralar: Nutq nuqsoni, kur bolalar, zaif kuruvchi bolalar, nutkiy tovush, nonutkiy tovush, relyefli rasmlar

Kо‘rishi va nutqidagi nuqsonlari qо‘shilib kelgan mujassam nuqsonli bolalardagi nutqiy buzilishlarni bartaraf etishga qaratilgan bir nechta logopedik ish usullarini kо‘rib chiqamiz. Kо‘ruv nuqsonlari oqibatida kelib chiqadigan analizatorlararo aloqalarning buzilishi о‘z ichiga ma’lum darajada nutqiy holatga ta’sir etuvchi tasavvurlar va obrazlar tizimining buzilishini qamrab oladi. Shunga bog‘liq ravishda kо‘rishida nuqsoni bо‘lgan bolalarning muloqot sifatini rivojlantirish va korreksiyalash muammolarini hal etish dolzarb bо‘lib qoladi. Kompleks korrksion ish tizimida logopedik ta’sirga katta e’tibor qaratiladi.Bolalarda kо‘ruv analizatori faoliyatining buzilishiga kо‘ra turli xil nutq nuqsonlar paydo bо‘ladi, nutqning ancha kech paydo bо‘lishi, kо‘rishning roli ancha katta bо‘lgan taqlid qilish faoliyatining chegaralanganligi, xususan, tovushni ifodalashda uning obrazini va aytilishini kо‘rib idrok eta olmaslik. Bundan tashqari, bolalarda aniq ma’no va umumlashtirish darajasiga ega bо‘lmagan sо‘zlar tо‘planadi. Shuningdek, sо‘z va uni nimani anglatishi haqidagi tasavvurlarning nomutanosibligi ham kuzatiladi. Bularning hammasi tо‘liq korreksion ish olib borishga tо‘sqinlik qiladi.

Kо‘r va zaif kо‘ruvchi bolalarda nutqdagi nuqsonlarni bartaraf etishga qaratilgan logopedik mashg‘ulotlarning zarurligi va muhimligi kо‘rish nuqsonida nutqning kompensaor ahamiyati bilan ham tushuntiriladi.Sensor sohaning chegaralanganligida nutqning kopmpensatorlik faoliyati bolalarning psixik rivojlanishidagi bо‘shliqni tо‘ldirishga xizmat qiluvchi hissiy anglash vositasi bо‘lib qoladi.

Bu toifa bolalar bilan olib boriladigan korreksion ishlar nutq asosiga quriladi- predmet va hodisalarning belgi va xususiyatlari tо‘ldiriladi, tushuntiriladi., tushunchalarning mazmuni aniqlashtiriladi.

Tadqiqotlarning kо‘rsatishicha, kо‘rish buzilishlarida kо‘pincha kо‘rish analizatorining patologiyasi bilan bog‘liq, shuningdek turli omillar sabab bо‘ladigan, birlimchi xarakterdagi nutq nuqsonlari ham kuzatiladi-tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar, rinolalaiya, dizartriya, duduqlanish va boshqalar ( M.V.Xvatsev, S. L. Shapiro, S.V.Yaxonova va boshq.). Kо‘r va zaif kо‘ruvchi bolalarning kattagina qismida tizmili nutq buzilishlari kuzatilib, bunda nutqning barcha komponentlari: fonetika, fonematik eshituv, leksika, grammatik qurilish buzilgan bо‘ladi ( L.S.Volkova, L.S. Korobko, R.YE. Levina, V.K. Orfinskaya va boshq.). Shuning uchun bu toifa bolalar bilan olib boriladigan logopedik ish nutq tizimini tо‘liq takomillashtirishga qaratiladi: fonematik eshitish rivojlantiriladi, tovushlar talaffuzi tuzatiladi,nutqning leksik – grammatik tomoni shakllantiriladi, bog‘langan nutqga о‘rgatiladi.

Kо‘rishida nuqsoni bо‘lgan bolalar bilan logopedik mashg‘ulotlar nuqson tuzilishini hisobga olib, saqlangan analizatorlarga va polisensor asosni yaratishga tayangan holda tashkil etiladi.

Kо‘rishida nuqsoni bо‘lgan bolaning nutqni egallashga qaratilgan sensor bazasini kо‘rib chiqayotib, nutqning fonetik elementlarini shakllantirishda, tilni tо‘liq egallashi uchun , unda qaysi analizatorlar imkoniyati katta ekanligini aniqlab olish zarur- eshituv, teri- taktil, harakat, qisman kо‘rish.

Kо‘rish nuqsonlarida о‘qitishda katta og‘irlik saqlangan eshituv analizatoriga tushadi, shu bilan birga, bunda bu yukning og‘irligi darajasi kо‘p tomondan kо‘rishni yо‘qotilganlik darajasiga bog‘liq bо‘ladi. Zaif kо‘ruvchilar uchun bu og‘irlik eshitish va qoldik kurishga taqsimlanadi, shu bilan bir vaqtda kо‘rlikda asosiy og‘irlik eshituv analizatoriga tushadi. Uning yordamida bola nutqning fonetik elementlarini – fonemalarni, urg‘uni, ritm-ohang tuzilishini idrok eta oladi. Eshitish о‘z nutqidagi tovushlarni nazorat qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Eshitish imkoniyatini tо‘liq baholashda fiziologik eshitishning bir qismi bо‘lgan, sо‘z va va ularning ma’nosini tushunishini ta’minlaydigan fonematik eshitishning shakllanganligi va faoliyatiga katta ahamiyat berish zarur, fonematik eshitish yordamida sо‘zning tarkibidagi tovushlarni anglash va ajratish operatsiyalari amalga oshiriladi. Shuning uchun fonematik eshitishni buzilishi nutqning tovush tomonini о‘zlashtirishga tusqinlik qiladi, bu kо‘rishida nuqsoni bо‘lgan bolalarda kо‘p uchraydi. Korreksion –logopedik ish fonematik eshituv, tovushlarni analiz va sintez qilish kо‘nikmalarini shakllantirish va takomillashtirishni , tovushlar talaffuzidagi nuqsonlarnin bartaraf etishni kо‘zda tutishi kerak.

Ishni nonutqiy tovushlarni rivojlantirish bо‘yicha mashqlardan boshlash maqsadga muvofiq,bu mashqlarni bajarishda bolalarda eshituv diqqati ham, eshitish xotirasi ham rivojlanadi. Masalan, ular turli hil musiqa asboblarining tovushlari bilan tanishtiriladi ( qо‘ng‘iroqcha, surnay, chiqildoqlar), keyin ularni ovozidan topish va nomlash taklif etiladi. Bu о‘yinni boshqa turli ovozli о‘yinchoqlar bilan boyitish mumkin.

Nonutqiy tovushlar bilan mashqlar bolalarda ovoz kuchini aniqlashni rivojlantirishga qaratilgan bо‘lishi ham mumkin. Masalan , bolalar ikkita qо‘ng‘iroqcha bilan birga о‘ynaydilar, ulardan biri kichkina, ikkinchisi katta. Ular har birining ovoz kuchini aniqlashga о‘rganishadi.

Tovush xarakterini aniqlash uchun ( zarbli, davomli) tovush chiqarishiga kо‘ra qarama-qarshi asboblar tanlanadi, masalan, shiqildoq va lab garmoshkasi, baraban va surnay va hakozo.

Nutqiy tovushlar ustida ishlashni tovushlarni tushunishga yordam beradigan obrazli kontekstli mashqlardan boshlash mumkin. Maslan, logoped boladan sо‘raydi: shamol qanday ovoz chiqaradi ( sh-sh-sh); bо‘ri qanday uvillaydi ( u-u-u); sher qanday irillaydi (r-r-r) va boshqalar.

Bolalar asta –sekin nutqdagi ma’lum tovushni idrok etishga, ularni umumiy nutq oqimidan ( tovushlar qatoridan, sо‘z va suz birikmalaridan) ajaratishga о‘rganadilar. Avval artikuyatsiya va akustik jihatidan bir- biridan farq qiladigan tovushlar tanlanadi. Masalan, bolalarga tovushlar [m, n, r,s,v] qattoridan [c] tovushini eshitganlarida chapak chalish taklif etiladi. Keyin [c] tovushini sо‘z ( sim, kosa, avtobus,gilos) va uning sо‘zdagi о‘rnini aniqlash bо‘yicha mashqlar taklif etiladi( sо‘z boshida, о‘rtasida, oxirida).

Shu bilan bir vaqtda tovushlar talaffuzidagi nuqsonlarni bartaraf etish bо‘yicha ishlar ham olib boriladi. Bu bir nechta bosqichda amalga oshiriladi.

Birinchi, tayyorlov bosqichi bolalar tomonida artikulyatsiya a’zosining tuzilishi va о‘zining nutqiy apparatining ishlashi haqidagi zarur bilimlarni о‘zlashtirishni , nutqiy motorikani rivojlantirishni kо‘zda tutadi.

Ikkinchi bosqichda – tо‘g‘ri talaffuz shakllantiriladi.

Uchinchi bosqichda – tо‘g‘ri talaffuz mustahkamlanadi.

Ishni bolalarga tushunarli tilda artikulyatsiya a’zolarini fiziologik tuzilishini tushuntirishshdan boshlash kerak. Bu oqibatda bolalar turli artikulyatsiya a’zolarining sо‘zli kopmonentlari bilan moslay olishlari uchun zarur – lablar, til, tish, tanglay , jag‘ va boshqalar.artikulyatsiya a’zolariningkо‘rsatish logopedning va bolaning о‘zini og‘zida kо‘rsatish yо‘li bilan amalga oshiriladi, shuningdek, sun’iy jag‘lar, til, artikulyatsiyaning releflirasmlaridan ham foydalaniladi. Tilning maketini mustaqil ravishda oson tayyorlash mumkin: ozroq plastilin olinib, tibbiy rezina barmoq qoplagichga joylashtiriladi va natijada egiluvchan til maketi hosil bо‘ladi. Shu maket bilan tilning istalgan holatini kо‘rsatish mumkin. Artikulyatsiya a’zolarining relyefli kо‘rinishini quyidagicha tayyorlash mumkin: baxmal qog‘ozdan kerakli kо‘rinish qirqib olingan bо‘lak kartonga yelimlanadi. Bunday maketlar va relyefli kо‘rgazmalar orqali artikulyatsiya a’zolarining har qanday holatini kо‘rsatish mumkin.Keyinchalik ular artikulyatsion mashqlar bajarishda,tovushlar kiritishda va tovushlarni tuzatishda yordam beradi.

Nutqiy motorikani rivojlantirish uchun bolalar bilan artikulyatsion gimnastika о‘tkaziladi.Uni sifatli bajarilishi uchun teri, harakat analizatorlari jalb etilib,bola shular yordamida harakatlarni, ularning bosimini sezishga va tushunishga qodir bо‘ladi. Har bir mashq nutqiy tafsilotlar bilan berilib, ular faqat bolalarning harakatlarini yо‘naltirishi kerak. Agar kо‘rishida nuqsoni bо‘lgan bolada dizartriya kuzatilsa, unda logopedik amaliyotda mashhur yuz muskullari, lab,til massajlari taklif etiladi ( A.G. Ippolitova, YE.M. Mastyukova, G.V. Chirkina.).

Nutqiy nafas buzilgan holatlarda , uni meyorga keltirish uchun turli xil mashqlar kiritiladi.chiqayotgan havo oqimi bolaning kafti bilan nazorat qilinadi. U avval logopedning , keyin о‘zining og‘ziga tutiladi.

Logopedik ishning ikkinchi bosqichida tovushlar nutqga kiritiladi yoki tuzatiladi. U yoki bu tovushning tо‘g‘ri talaffuzidagi artikulyatsiya a’zolarining holatini tushuntirishni bola og‘zaki tarzda oladi. Masalan, unga aytiladi ( va maket yokitasvirda kо‘rsatiladi), [c] tovushini talaffuz qilish uchun, lablar kulgu holatiga keltiriladi, til uchini pastki tishlar orqasida ushlash va til о‘rtasiga puflash kerak. Agar talab etilayotgan talaffuzga erishilmasa, logoped qо‘llari bilan artikulyatsiya a’zolarini kerakli holatga keltirib qо‘yadi.Bunda shpatellar, logopedik zondlardan ham foydalansa bо‘ladi.

Keyingi, uchinchi bosqichda nutqga kiritilgan tovush bо‘g‘inlarda, sо‘zlarda, iboralarda, maxsus tanlangan leksik materiallar yordamida mustahkamlanadi. Bu kichik she’rlar, sо‘z birikmalari maqollar bо‘lishi mumkin.

Tо‘g‘ri talaffuzni avtomatlashtirish bolalar bilan mashg‘ulotlar jarayonida hamkorlikdagi va aksli nutqda amalga oshiriladi. Ular tomonidan berilgan tovushga mustaqil sо‘z aytishda о‘yin sharoitini tashkil etish , relyefli rasmlar yoki predmetlardan foydalanish mumkin. Relyefli rasmlar turli usullarda tayyorlanadi. Masalan, kortonga rasm chegralari bо‘ylab qalin ip yopishtirib chiqiladi, bu paypaslaganda oson sezilishi kerak; shuningdek, о‘tkir uchli predmet bilan tasvir chegaralarini teshib chiqiladi, bu esa orqa tomonidan aniq seziladi.

Tovushlarni farqlash bо‘yicha ishlar fonematk analiz va sintezni rivojlantirish bilan uzviy bog‘liqlikda olib boriladi.Har bir tovush ustida ishlangandan va artikulyatsiya holati aniqlangandan keyin alohida tovushlar farqlanadi, bunda ular akustik xarakteristikasiga kо‘ra qiyoslanadi.

Bolalarga artikulyatsiya a’zolarinig holatiga kо‘ra tovushlarni farqlash kо‘rsatiladi, maslan, [c] tovushini talaffuzida- til uchi pastda, [sh] tovushining talaffuzida esa yuqorida bо‘ladi.Tovushlarni sо‘zlarda farqlashda ularning ma’no о‘zgartirishiga ham alohida e’tibor qaratiladi, masalan: sim – bu metall, shim- bu kiyim.

Nutqdagi tovushlarni farqlash bо‘yicha ishlarda quyidagi mashqlar taklif etiladi:


  • nomida farqlanayotgan tovushlar ishtirok etgan relyefli rasmlarni tanlash va yig‘ish:

  • qarama-qarshi tovushlarni eshitganda kichik predmetlarni kо‘tarishni taklif etish, masalan, s tovushini eshitganda bayroqchani, sh tovushini eshitganda koptokchani;

  • matndan farqlanayotgan tovushlar ishtirok etgan sо‘zlarni ajratish;

  • berilgan tovushlarga mos sо‘zlar topish va hakozo.

Logopedik mashg‘ulotlarda lug‘at boyligini aniqlash, faollashtirish va boyitishga katta e’tibor qaratiladi.

Kо‘rishida nuqsoni bо‘lgan bolalarni atrofni sensor idrok etishidagi kamchiliklarini hisobga olgan holda , sо‘zlarning tо‘g‘ri ma’nosini eslab qolishga, ularni predmetlarga moslashga, atrof-olam haqida chuqur tasavvurlar va bilimlar berishga katta e’tibor qaratiladi.

Sо‘zning ma’nosini aniqlashtirish uchun predmetlarning belgilari va funksiyalari sezib idrok etish tayanchi orqali taqqoslanadi. Masalan, choynak va qantdon tashqi kо‘rinishi jihatidan juda о‘xshash ( har ikklasining ham qopqog‘i, tutqichi, bor, odatda ular dumaloq shaklda bо‘ladi), ammo ,farqlari ham bor: choynakning choy quyadigan jumragi bor, qantdonda esa yо‘q, kantdonga qant va shakar solinadi va uni qoshiq bilan olish mumkin.

Kо‘rishida nuqsoni bо‘lgan bolalarning lug‘at boyligini oshirish va sо‘z ma’nosini aniqlashtirish bо‘yicha quyidagicha mashqlarni taklif etish mumkin:



  • quyidagi juft sо‘zlar nimasi bilan farq qiladi, masalan: olma-nok, stul -kreslo, kofta - kо‘ylak;

  • berilgan sо‘zlar ichidan mebellarni anglatuvchi sо‘zlarni ajrat va ayt: mashina, stol, magazin, kravat, uy, stul, savat va hakozo;

  • predmetlarni uning qismlariga kо‘ra top va nomla: novda, barg, tanasi ( daraxt);oyna, rom, tokcha ( deraza);

  • berilgan predmet (obyekt)ning qismlarini ayt: uy ( tom, zina,xonalar, devor), qush (tanasi, dumi, tumshug‘i, qanotlari, patlari..).

Sо‘z ma’nolarini chuqur tushunishga yana sо‘z birikmalarini sinonim va antonim tomonidan qiyoslash orqali ham erishiladi. Masalan, shо‘rva- issiq, kompot- sovuq, daryo –keng, ariqlar- tor va hakozo.

Lug‘atni boyitishda turli usullar bilan sо‘z yasash va sо‘z о‘zgartirish ishlari ham qо‘lllaniladi. Bolalar sо‘z ma’nosini farqlovchi turli xil morfologik elementlarni (о‘zak va qо‘shimchalar) farqlashga о‘rganishadi. Masalan, bir о‘zakli sо‘zlarni tanlash: ish,ishchi, ishla, ishsiz, ..; kichraytirish ,erkalash qо‘shimchalari qо‘shish orqali yangi sо‘zlar yasash: stul- stulcha, kuchuk- kuchukcha….

Nutqning grammatik qurilishini rivojlantirish uchun turli xil qurilgan sо‘z birikmalari va gaplarda sо‘zlarni о‘zaro bog‘lanishini о‘zlashtirishga qaratilgan amaliy mashqlar bajariladi. Bolalar grammatik kategoriyalar bilan tanishtiriladi,sо‘zlarni grammatik belgilariga kо‘ra birlik va kо‘plikda ifodalashga , kelishik qо‘shimchalariga kо‘ra otlarni turlashga ; shaxs-son qо‘shimchalariga kо‘ra tuslashga; otlarni fe’l va sifatga moslashga о‘rganadilar va hakozo. Masalan, quyidagicha topshiriqlar beriladi:


  • bajarilayotgan harakatlarni nomla:qо‘g‘irchoq uxlayapti, о‘tiribti.ovqatlanyapti va hakozo;

  • berilgan sо‘zlarni kо‘plikda nomla: stol-stollar, ruchka- ruchkalar, sumka - sumkalar, va hakozo;

  • sо‘z birikmalariga qо‘shimchalar qо‘shish: echki(ni) suti, olma(li) sharbat va hakozo;

  • gaplarni tо‘ldirish: Nonni..... kesadilar(nima bilan?- pichoq bilan). Yerni kovlaydilar( nima bilan?- belkurak bilan).Dadam… uycha qurdi (nimaga?-itga).

  • Berilgan sо‘zlar asosida gaplar tuzish :qizcha,о‘qiyapti, kitob; gul, о‘sadi, bog‘da.

Korreksion-logopedik mashg‘ulotlarda bolalarning og‘zaki bog‘langan nutqini rivojlantirishga katta e’tibor qaratiladi.bunday holatlarda mashqlar monologik nutqni takomillashtirishga, alohida sо‘z birikmalarini bog‘langan ma’lumot sifatida ifodalash malakalarini rivojlantirishga yо‘naltiriladi. Masalan;

- savollar, reja, relyefli seriyali rasmlar asosida hikoya tuzish;

- matnni qismlarga ajratish;

- eshitganlarini yoki о‘qigan matnini qayta sо‘zlab berish.

Bog‘langan nutqni rivojlantirish bо‘yicha ishlaganda bolalar diqqati doimo sо‘zlarning intonatsion ohangdorligiga, mantiqiy urg‘uga qaratiladi.

Kо‘rishida nuqsoni bо‘lgan bolalarning kо‘pchiligida , ularda muloqot kо‘nikmalarining yetarli emasligi sababli ijtimoiylashuvida sezilarli qiyinchiliklar kuzatiladi. Ular mustaqil ravishda tilning ifoda vositalaridan foydalanishni egallay olmadilar. Suhbatdoshining mimik va pantomimik ifodalarini tо‘liq idrok eta olmasligi kо‘pincha uning haqiqiy holati va tavsifini tо‘g‘ri idrok eta olmaslikka olib keladi, bu tо‘g‘ri nutqiy hissiy bо‘yoqdorlikni shakllanishida qiyinchiliklarga olib keladi.( Badayev A.A., 1982; Yegorova LV., 1982;Labunskaya V.A., 1987 va boshq.). “ Bu shaxslararo muloqotdagi kamchiliklar- kо‘rishida nuqsoni bо‘lgan bolalarni sensitiv davrda , ular о‘zlari mustaqil ravishda muloqot kо‘nikmalarini egallay olmasliklari bois, nutqiy va nonutqiy muloqotga maxsus о‘rgatish lozimligini kо‘rsatadi” 11.

Logopedik mashg‘ulotlarda bolalar о‘yin shaklida muloqotning noverbal vositalaridan foydalanishni о‘rganadilar. Avvaliga ularga hissiy holatlar bilan tanishish taklif etiladi, asosiy hissiy holatlar – jahl, xursandchilik, arazlash, qо‘rquv holatlar ustida ishlanadi . Bu о‘qilganlar asosida suhbatlashayotganda, harakatli о‘yinlar jarayonida, matnlarni о‘qiyotganda qahramonlarning hissiy holatini kо‘rsatish orqali amalga oshiriladi.

Shu bilan bir vaqtda bolalarga kuyidagi tushunchalar mazmuni tushuntiriladi: “ egilish”, “ ta’zim qilish”,” gavdani о‘girish”, “ boshni egish”, “ qо‘llarning holatlari”; muloqotdagi meyoriy turli yoqimli imo-ishoralar bilan tanishtiriladi. Maxsus yaratilgan sharoitlar orqali ifodaviy harakatlar shakllantiriladi. Hissiy holatlarni shakllantirishning eng samarador usuli- keyinchalik sahnalashtiriladigan ertaklarni о‘qishdir.

Korreksion ta’limdan keyin, bolalarni nutqiy faoliyatda noverbal muloqot elementlaridan tо‘g‘ri foydalana olishlari va ularni tabiiy muloqot jarayonida tо‘g‘ri qо‘llay olishlari juda muhim.

Logopedik mashg‘ulotlarga muloqotning noverbal ifodalarini rivojlantirish bо‘yicha ishlarni kiritilishi muloqotni faollashtirishga, nutqning ma’noviy tomonini yaxshi tushunishga olib keladi, ijtimoiylashish imkoniyatini rivojlantiradi va kengaytiradi.




Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish