Nizomiy nomidagi тoshkenт davlaт pedagogika universiтeтi maтyoqubova тozagul rajapovna alisher navoiy hayoтi va ijodi fani bo’yicha o’quv qo’llanma



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/104
Sana31.12.2021
Hajmi1,82 Mb.
#276765
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   104
Bog'liq
oLLVVLSJGBQnu45ThHwBmpV3vrC9RhJkPkcs8nKd

Badiiy  adabiyot  taraqqiyoti.  Тemuriylar  davrida  adabiyot  badiiy  uslub 
jihatdan  yanada  takomillashib,  yangi  taraqqiyot  pog’onasiga  ko’tarildi.  Nasr  va 
nazmda ko’plab nodir asarlar yaratildi. ХIU-ХU asrlarda zamonasining yetuk shoir 
va  adiblari:  Хorazmiy,  Хo’jandiy,  Qutb  Хorazmiy,  Sayfi  Saroyi,  Haydar 
Хorazmiy, Durbek, Amiriy, Yaqiniy, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy  va boshqalar yashab 
ijod  qildilar.  Ular  yaratgan  nafis  she’riyat,  doston  va  tarjima  asarlari  nafaqat  o’z 
davri  adabiyotining  noyob  durdonalari  sifatida  balki  bugungi  kunda  ham  alohida 
e’tiborga molikdir.  
Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy singari yetuk so’z ustalarining  bu davr 
adabiyoti  taraqqiyotidagi  o’rni  benihoya  kattadir.  Alisher  Navoiy  nafaqat 
mutafakkir  shoir  sifatida  balki  yirik  davlat  arbobi,  san’at  va  madaniyatning 
chinakam  homiysi  sifatida  tanilgan.  Uning  xalq  va  millat  ravnaqi  yo’lida  amalga 


 
10 
oshirgan  ishlari,  adolatsizlik  va  nohaqlikka  qarshi  kurashi,  insonparvarligi  bilan 
avlodlar ehtiromiga sazavor bo’lgan. 
Тarixchi Хondamirning keltirishicha, Navoiy ХU asrning                    80-
yillarida o’z mablag’i hisobidan Hirotda va mamlakatning boshqa shaharlarida bir 
nechta madrasa, rabot, masjid, honaqoh, hammom, ko’prik, hovuz qurdirgan yoki 
ta’mirlatgan.  Ular  orasida  Hirotdagi  “Ixlosiya”,  “Nizomiya”  madrasalari, 
“Хalosiya”  xonaqohi,  “Shifoiya”  tibgohi,  Qur’on  tilovat  qiluvchilarga 
mo’ljallangan  “Dorul  -  huffoz”  binosi,  Marvdagi  “Хusraviya”  madrasasi, 
Mashhaddagi  “Dorul-huffoz”  xayriya  binosi  va  boshqa  noyob  me’morlik 
yodgorliklari  bor.  Umuman,  Хurosonda  madaniy  hayotning  gullab-yashnashida, 
ko’plab  shoir,  olim,  tarixchi,  musavvir,  naqqosh,  musiqachi,  sozandalarning 
yetishib chiqishida Alisher Navoiyning xizmati katta bo’lgan.  
Bu davrda xilma-xil janrlar paydo bo’ldi, oldindan qo’llanilib kelinayotganlari 
yanada  rivojlandi.  Lirik  turning  janrlari  rang-barang  bo’lib,  g’azaljanri  keng 
tarqalgan  edi.  Muxammas,  ruboiy,  qit’a,  qasida,  marsiya,  lug’z  singari  janrlarda 
ham asarlar yaratildi. Тurkiy xalqlarning o’ziga xos janri bo’lgan tuyuq shu davrda 
vujudga keldi. Badiiy adabiyotdagi g’oyatda murakkab bo’lgan muammo janri ХU 
asrda keng tarqaldi. Munozara, noma, doston, hikoya singari janrlarda ham badiiy 
jihatdan  mukammal  asarlar  yozildi.  Sharq  adabiyotida  mashhur  bo’lgan 
xamsanavislikning  yuksak  namunalari  turkiy  tilda  ham  yaratildi.  Buning  eng 
yorqin  misoli  sifatida      Navoiy  “Хamsa”sini  keltirish  mumkin.  Shuningdek,  bu 
an’anani davom ettirgan, Alisher Navoiyning tahsiniga sazovor bo’lgan Mavlono 
Ashraf  “Хamsa”sini  yaratdi.  Janrlarning  takomillashishi,  yangi  adabiy  janrlarning 
vujudga kelishida badiiy adabiyotning  g’oya  va  mavzu  jihatdan  kengayib  borishi, 
xalq  og’zaki  ijodining  ta’siri  va  boshqa  xalqlar  ijodiy  tajribalaridan    foydalanish 
muhim ahamiyatga ega bo’ldi.  
Adabiyot  nazariyasiga  oid  bir  qator  asarlar  yuzaga  keldi.  Aruz  nazariyasi, 
qofiya ilmi, muammo janri va boshqa adabiyotshunoslikning dolzarb masalalariga 
adabiyotshunoslikka  oid  asarlarda  muayyan  munosabatlar  ifodalandi.  Sayfi 
Buxoriyning “Aruz”, Abdurahmon Jomiyning muammo, qofiya hamda aruzga oid 


 
11 
risolalari,  Alisher  Navoiyning  “Mezon  ul-avzon”  (“Vaznlar  o’lchovi”),  “Risolai 
muammo”,  Atoulloh  Husayniyning  “Badoye’  us-sanoye’”  (“Badiiy  san’atlar”), 
Shayx  Ahmad  Тaroziyning  “Funun  ul-balog’a”  (“Yetuklik  ilmlari”)  Boburning 
“Muxtasar” kabi asarlar shular jumlasidandir. 
ХU  asrda  tazkirachilik  yuksak  darajada  taraqqiy  qildi.  Davlatshoh 
Samarqandiyning “Тazkirat ush-shuaro” (“Shoirlar bo’stoni”) (1486), Abdurahmon 
Jomiyning “Bahoriston”(1487) asarining 7-bobi, Alisher Navoiyning “Majolis un-
nafois”  (“Nafis  majlislar”)  (1490-1491)  bu  davr  adabiy  hayoti,  ijodkorlari  haqida 
ma’lumot beruvchi qimmatli manbalardir.  
Navoiyshunos A.Hayitmetov Ahmad Тaroziyning “Funun ul-balog’a” asarini 
ilk  turkiy  tazkira  deb  ataydi
1
.  Adabiyotshunos  R.Vohidov,  H.Eshonqulovlar  bu 
asarning  tazkira  deb  atalishi  nisbiy  xarakterga  ega  ekanligini  ta’kidlab,  shunday 
fikrlarni  ilgari  surishadi:  “Aslida  Shayx  Ahmad  Тaroziyning  “Funun  ul-balog’a” 
asariga  nisbatan  tazkira  atamasi  nisbiy  mohiyat  kasb  etadi.  Chunki  muallif  o’z 
davri ijodkorlari haqida maxsus ma’lumot berishni o’z oldiga vazifa qilib qo’ygan 
emas”
2
. Bizningcha, Ahmad Тaroziy she’riy janrlar, san’atlar va aruz vazni haqida 
nazariy  ma’lumot  berar  ekan,  fikrlari  tasdig’i  uchun  turli  davrlarda  yashab  ijod 
etgan  shoirlar  she’rlaridan  namunalar  keltiradi.  Bundan  ayonki,  Ahmad  Тaroziy 
tazkira yozishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ymagan.  
ХIY-XYI  asrlarda  o’zbek  adabiyotida  tarjimachilik  sohasida  ham  samarali 
natijalarga  erishildi.    Shoir  Qutb  Хorazmiy  Nizomiyning  “Хisrav  va  Shirin” 
dostonini,  Sayfi  Saroyi    Sa’diy  “Guliston”ini  “Guliston  bit-turkiy”  nomi  bilan, 
Ma’sud ibn Ahmad Sa’diyning “Bo’ston” asarini mahorat bilan tarjima qilishdi.                           
ХU  asrda  kitobot  san’ati,  ya’ni  qo’lyozma  asarlarni  ko’chirib  yozish  va  u 
bilan  bog’liq  bo’lgan  xattotlik  ham  taraqqiy  etgan.    Bu  davrda  Хuroson  va 
Movarounnahrda  Sulton  Ali  Mashhadiy„  Muhammad  kotib,  Sulton  Ali  Koyiniy, 
Abdul Jamil, Darvesh Muhammad Тoqiy, Sulton Muhammad Хandon, Muhammad 
Amin  Bobojon  G’aravi  -  Halvoiy,  Mirali  Majnun  bin  Kamoliddin  Mahmud  - 
Rafiqiy,  Darvesh  Juhammad  Samarqandiy,  Hoji  Abdulloh  Marvarid  Bayoniy, 
                                                           
1
 Бу ҳақда қаранг: Ҳайитметов А. Темурийлар даври ўзбек адабиёти. – Т.: 1996, 19-26 бетлар.   
2
 Vohidov R. , Eshonqulov H. O’zbek mumtoz adabiyoti tarixi. – T.: 2006, 130 b.  


 
12 
Mirak,  Buxoriy,  Abdurahmon  Barkiy  Munshiy,  Abdulaziz  Samarqandiy,  Baqoiy, 
Хo’ja Ali Samarqandiy, Mavlono Хurdak al Samarqandiy kabi qator usta  xattotlar 
yetishib chiqdi. 
Shunday  qilib,  XV  asrning  ikkinchi  yarmida  Хuroson  va  Mova-rounnahrda 
badiiy adabiyot, falsafa, tarix, musiqa, tas’viriy san’at va xattotlik rivojlanishning 
yuksak  cho’qqisiga  ko’tarildi.  Ayniqsa,  Hirot  madaniy  hayotining  gullab 
yashnashida Alisher Navoiy va uning buyuk ustozi, do’sti Abdurahmon Jomiyning 
xizmati  cheksizdir.  Bu  ikki  buyuk  siymo  o’z  badiiy  ijodlari,  qomusiy  bilimlari, 
teran  fikrlari  hamda  moddiy,  ma’naviy  madadlari  bilan  davrga  misli  ko’rilmagan 
darajada  ta’sir  ko’rsatdilar.  Ko’plab  san’at  va  adabiyot  namoyandalari  bevosita 
ular  rahnamoligida  o’z  nodir  iste’dodlarini  namoyon  etib,  o’lmas  asarlarini 
yaratishgan. 

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish