SO’ZBOSHI
Istiqlol yillarida mumtoz adabiy merosimiz, xususan, Alisher Navoiy ijodiga
munosabat tubdan yangilandi. Endilikda ulug’ shoir adabiy merosini chuqurroq
tadqiq etish, u ilgari surgan g’oyalarning falsafiy asoslarini teranroq anglash,
asarlarida ifodasini topgan komil inson muammosi mohiyatini tushunishga alohida
e’tibor berilmoqda.
Alisher Navoiy xalqimiz ma’naviy dunyosining shakllanishiga katta ta’sir
ko’rsatib kelgan buyuk siymolardan biridir. Bugungi kunda yoshlar qalbida milliy
g’urur, o’zlikni anglash, go’zallik va nafosatga shaydolik tuyg’ularini kamol
toptirishda Navoiy asarlari muhim manba bo’la oladi. Zero, ulug’ san’atkor asarlari
mohiyatiga singdirilgan insonparvarlik, xalqparvarlik, adolat, haqiqat, imon-
e’tiqod yetukligi, shukronalik, sabr-qanoat, kelajakka umidvorlik singari g’oyalar
barcha davrlarda ham insoniyat ma’naviy kamoloti uchun muhimdir.
Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov mumtoz adabiyotimiz, xususan,
Alisher Navoiy ijodiy merosini yuksak ma’naviy qadriyat sifatida alohida e’tirof
etadilar. Prezidentimiz Navoiyning xalqimiz ma’naviy taraqqiyotidagi xizmatlarini
munosib baholab, shunday deydilar: “Alisher Navoiy xalqimizning ongi va
tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk
shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi, millatimizning g’ururi,
sha’nu sharafini dunyoga tarannum qilgan o’lmas so’z san’atkoridir. Ta’bir joiz
bo’lsa, olamda turkiy va forsiy tilda so’zlovchi biron-bir inson yo’qki, u Navoiyni
bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e’tiqod bilan qaramasa. Agar bu
ulug’ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak,
mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir”
1
.
Darhaqiqat, inson qalbining quvonchu qayg’usini, ezgulik va hayot
mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan-
kam topiladi va bu yetuk mutafakkir bizning bobokalonimiz ekanligidan
faxrlanishimiz zarur. Zero, ona tiliga muhabbat, milliy g’urur singari tuyg’ular ham
bizning ongu shuurimizga dastavval Alisher Navoiy asarlari bilan kirib keladi.
1
Каримов И. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: Маънавият, 2008, 47 б.
4
Хalqimizni, ayniqsa yoshlarni Navoiyning bebaho merosidan bahramand etsak,
madaniy yuksalishimizda, jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni kamol
toptirishimizda shunchalik kuchli ma’naviy qurolga ega bo’lamiz. Shuning uchun
ham Alisher Navoiy asarlarini o’qib-o’rganish, shoir ilgari surgan yuksak
gumanistik g’oyalarning mohiyatini tushunib yetish mamlakatimizning har bir
fuqarosi
uchun
g’oyatda
muhimdir.
Shuni
e’tiborga
olgan
holda
universitetimizning barcha fakultetlarida “Alisher Navoiy hayoti va ijodi” nomli
tanlov fani o’qitilmoqda. Shoir asarlari bilan yaqindan tanishib, uning ezgu
ideallarini o’z ongi va shuuriga singdiradigan barkamol avlod vakillari qaysi
ixtisoslik egasi bo’lishiga qaramasdan, biz qurayotgan erkin va farovon fuqarolik
jamiyati, ozod va hur millatimiz kelajagi uchun fidoyi inson bo’lib yetishishiga
ishonamiz.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunnning 17 yilligiga
bag’ishlangan tantanali yig’ilishda so’zlagan nutqida respublikamiz Prezidenti
I.A.Karimov yoshlarimiz har tamonlama kamol topgan barkamol avlod sifatida
hayotga kirib borishlari zarurligini nazarda tutib:“Bugun hech kimga sir emaski,
biz yashayotgan ХХI asr – intellektual boylik hukmronlik qiladigan asr. Kimki bu
haqiqatni o’z vaqtida anglab olmasa, intellektual bilim, intellektual boylikka
intilish har qaysi millat va davlat uchun kundalik hayot mazmuniga aylanmasa –
bunday davlat jahon taraqqiyoti yo’lidan chetda qolib ketishi muqarrar”
1
,-degan
edi. Mazkur fikrlar to’la ma’noda oliy o’quv yurtlarida tahsil olib, zamonaviy
bilim va ko’nikmalarni egallayotgan yoshlarimizga ham daxldordir.
Shu kungacha mazkur tanlov fani uchun o’quv qo’llanmasi yaratilmagan edi.
Ana shu bo’shliqni to’ldirish ehtiyoji tufayli yuzaga kelgan bu o’quv qo’llanmada
Alisher Navoiy yashagan adabiy-madaniy muhit, ulug’ mutafakkirning hayoti va
ijodiy yo’li, lirik merosi, xamsachilik an’analari taraqqiyotiga qo’shgan hissasi,
ilmiy va nasriy asarlari haqida atroflicha ma’lumotlar beriladi. Qo’llanmadagi
mavzularni yoritishda navoiyshunoslikda mavjud fikr-qarashlarga tayanildi va ular
imkon qadar yangicha tushunchalar bilan boyitildi.
1
Каримов И.А. Миллат таянчи, тараққиёт гарови./ “Ўзбекистон адабиёти ва санъати”, № 50 (4033),
2009, 11 декабрь. -Б: 2.
5
Do'stlaringiz bilan baham: |