Nizomiy nomidagi тoshkenт davlaт pedagogika universiтeтi maтyoqubova тozagul rajapovna alisher navoiy hayoтi va ijodi fani bo’yicha o’quv qo’llanma


Zamondoshlari  asarlarida  shoir  hayoti  va  faolitining  yoritilishi



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/104
Sana31.12.2021
Hajmi1,82 Mb.
#276765
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   104
Bog'liq
oLLVVLSJGBQnu45ThHwBmpV3vrC9RhJkPkcs8nKd

Zamondoshlari  asarlarida  shoir  hayoti  va  faolitining  yoritilishi. 
Navoiyning  zamondoshlari  asarlarida  ham  shoir  haqida  qimmatli  ma’lumotlar 
berilgan.  Abdurahmon  Jomiyning  “Bahoriston”,  “Haft  avrang”,  “Yusuf  va 
Zulayho”,  Mirxondning  “Ravzat  us-safo”  (“Poklik  bog’i”),  Davlatshoh 
Samarqandiyning  “Тazkirat  ush-shuaro”  (“Shoirlar  tazkirasi”),  G’iyosiddin 
Хondamirning “Makorim ul-axloq” (“Yaxshi xulqlar”),  “Habib us-siyar” (“Suyikli 
xislatlar”),  “Хulosat  ul-axbor”  (“Voqealar  xulosasi”),  Zayniddin  Vosifiyning 
“Badoye’’  ul-vaqoye’”  (“Go’zal  voqealar”),  Zahiriddin  Muhammad  Boburning 
“Boburnoma”  kabi  asarlarida  Alisher  Navoiyning  hayoti  va  faoliyatiga  oid 
ma’lumotlar  keltirilgan.  Bu  asarlar  nafaqat  Alisher  Navoiyning  hayoti  va  ijodiy 
faoliyati balki ХU asr tarixiy voqeligi va unda ulug’ shoirning tutgan o’rni haqida 
ham ma’lumot beradigan noyob manbalardir.  
Abdurahmon  Jomiy  «Bahoriston»
1
  asarida  Alisher  Navoiy  iste’dodi,  uning 
ikki  tilda  ham  she’r  yozishi,  turkiyda  ko’proq  ijod  qilishini  ta’kidlaydi,  «ba  on 
zabon besh az vay va beh az vay kase she’r naguftaast va gavhari nazm nasufta» (u 
tilda, ya’ni turkiyda hech kim undan ko’p va undan yaxshi she’r ayta olmagan va 
nazm durlarini sepa olmagan), deb yozadi. 
Davlatshoh  Samarqandiy  “Тazkirat ush-shuaro”  asarida shoirga  “Nizomiddin 
Alisher  Navoiy”  deb  nomlangan  maxsus  bob  ajratadi.  Unda  Navoiyning  insoniy 
qiyofasini  tasvirlashga,  xalq  va  davlat  manfaatlarini  hamma  narsadan  ustun 
qo’yuvchi  vatanparvarligini,  el  va  yurtga  nafi  tegadigan  ko’pgina  ishlarning 
tashabbuskori  ekanligini,  xullas  har  jihatdan  yuksak  axloq  namunasi  ekanligini 
tasvirlaydi.  Jumladan  u  shunday  yozadi:  “bu  ulug’  amirning  qutlug’  zamonida, 
uning  humoyun  madhining  zikri  jahonning  qator  mamlakatlarida  mashhur, 


 
31 
fazilatining  dabdabasi  va  oliy  himmatining  kamoloti  butun  jahonga  yoyilgandir. 
Bu haqida nima deyilsa ham saboq hosil bo’lg’usidir”
1
.  
G’iyosiddin  Хondamir  “Makorim  ul-axloq”  (“Yaxshi  xulqlar”)
2
  asarida 
hikoyat,  latifa  yoki  shoirning  o’ziga  mansub  aforizm  va  so’z  o’yini  vositasida 
Navoiyning  insoniy  fazilatlarini  yoritadi.  Jumladan,  kitobning  “Karam  va 
sahovatning  ta’rifi  haqida”  nomli  bobida  Navoiyning  katta  mulk  egasi  ekanligi, 
olim,  shoir  va  san’at  ahliga  nafaqat  ma’naviy  balki  moddiy  yordam  ham 
berganligio’z  mablag’larini  el-yurt  ravnaqi  uchun  ayamasligi  to’g’risida  uchta 
hikoyat  keltirilgan.  Asarda  bunday  o’rinlar  anchagina  va  bular  ulug’  shoirning 
insoniy  fazilatlari,  hayot  tarzi,  shaxsiyati  haqida  muayyan  tasavvurlarga  ega 
bo’lishimizga yordam beradi.   
Zayniddin  Vosifiyning  “Badoye’  ul-vaqoye’”  (“Go’zal  voqealar”)        asari 
3
 
o’sha davrga mansub adabiy-tarixiy manbalar orasida aniq faktlarga boy dastlabki 
jiddiy  asarlardan  biri  sifatida  e’tiborga  molikdir.  Asardagi  hikoyatlarda  navoiy 
xarakterining  muhim  jihatlariga  urg’u  beriladi.  Uning  Hirot  adabiy  muhitiga 
murabbiylik  qilgani,  har  bir  iste’dod  egasiga  e’tibor  bilan  qaraganligi  hikoya 
qilinadi.   

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish