Nizomiy nomidagi тoshkenт davlaт pedagogika universiтeтi maтyoqubova тozagul rajapovna alisher navoiy hayoтi va ijodi fani bo’yicha o’quv qo’llanma


Navoiy  hayotining  Samarqand  davri



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/104
Sana31.12.2021
Hajmi1,82 Mb.
#276765
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   104
Bog'liq
oLLVVLSJGBQnu45ThHwBmpV3vrC9RhJkPkcs8nKd

Navoiy  hayotining  Samarqand  davri.  Navoiy  1464  yilda  o’sha  paytdagi 
yirik  madaniy  markaz  bo’lgan  Samarqandga  keladi.  Alisher    Navoiyning  
Samarqandga  kelish  sabablari turli tarixiy manbalarda  turlicha sharhlanadi. 
Хondamir Alisher Navoiy «Sulton Abu Saidning podshohlik davrida zo’r olim 
va  donishmandligi  tufayli  ikkinchi  Abu  Ali  Sino  laqabini  olgan  mudarris  Хoja, 
Fazlulloh  Abullaysiyning  huzuriga  Samarqandga  borib,  u  janobning  xonaqohidan 
hujra oldi. Bir qancha vaqt tegishincha ilm tahsil qilishga kirishdi»
1
,— deb yozadi. 
Navoiyning o’zi ham Samarqandga tahsil uchun borganligini, ammo Hirotdan 
Samarqandga ketishi «beixtiyor qilingan safar» ekanligini ta’kidlaydi. 
Navoiyning  kichik  zamondoshi  Zahiriddin  Muhammad  Bobur  esa  «Bilmon, 
ne  jarima  bila  Sulton  Abusaid  Mirzo  (Alisherni)  Hiridin  ixroj  qildi»
2
,—  degan 
ma’lumot beradi. 
Bu  ma’lumotlarga  tayanib,  ko’pgina  navoiyshunoslar  Alisher  Navoiyning 
Samarqandga ketishini to’la ma’nodagi «surgun» deb tushuntiradilar. Ammo shuni 
ham  unutmaslik  kerakki,  hech  bir  manbada  Navoiyning    Samarqandg  rasmiy 
                                                           
1
 Хондамир. Макорим ул-ахлоқ (Яхши хулқлар). –Т.: 1967, 38 б.  
2
 Бобур. Бобурнома. – Т.: Юлдузча, 1990, 154 б. 


 
18 
surgun qilingani keltirilgan emas. 
Navoiyning  Sayyid  Hasan  Ardasherga  yozgan  maktubida  shoir  o’zining 
Хurosonni tashlab ketishga majbur qilgan hamma sabablarni sanab o’tadi. Ulardan 
biri  ilm  olib,  o’z  malakasini  yanada  oshirish  bo’lib,  shoir  shuning  uchun 
Samarqandga kelganligini aytadi. 
Bu vaqtda Samarqand Hirotdan keyin ikkinchi ilmiy-madaniy markaz sifatida 
Ulug’bek davrida olim va shoirlari, maktab va madrasalari bilan shuhrat qozongan 
edi.  Bu  yerga  ilm  o’rganish  uchun  mamlakatning  har  chekkalaridan  tolibi  ilmlar 
kelib  turar  edi.  Bu  esa  Navoiyning  tahsil  uchun  Samarqandni  tanlashi  bejiz 
emasligini ko’rsatadi. 
Alisher  Navoiy  Samarqandda  yashagan  dastlabki  kunlarida  moddiy 
qiyinchiliklarda  hayot  kechirdi
1
.  Shunga  qaramay,  Samarqand  madrasalarida 
o’qidi,  ilm-fan,  adabiyot  va  san’at  ahli  bilan  do’stlashdi  va    tez  orada  e’tiborli 
kishiga  aylandi.  Alisher  Navoiyning  Samarqand  hokimi  Ahmad  Hojibek  bilan 
tanishuvi alohida  e’tiborga molikdir. 
Ahmad Hojibek asli xurosonlik bo’lib, Samarqandda katta obro’ga ega edi. U 
olim  va  fozillarni  qadrlab,  ularga  homiylik  qilardi.  Samarqanddagi    madrasa  va 
maktablar  qurilishiga  rahnamolik  qilib,  shaharning  har  tomonlama  gullab-
yashnashiga o’z hissasini qo’shayotgan madaniyat homiysi edi.   
Ahmad  Hojibek  “Vafoiy”  tahallusi  bilan  she’rlar  yozib  turgan.  Alisher 
Navoiyga  ilm  olish  va  yashash  uchun  sharoit  yaratib  beradi,  moddiy  jihatdan 
moddiy  jihatdan  qo’llab-quvvatlaydi.  Navoiy  “Majolis  un-nafois”  asarining 
oltinchi majlisida u haqda ma’lumotlar berib o’tgan 
2

Navoiy  Samarqandda  mashhur  olim,  yirik  qonunshunos  va  arabshunos  Хoja 
Fazlulloh  Abullays  qo’lida  tahsil  ko’radi,  uning  xonaqosi  hujralaridan  birida 
yashaydi. Shoir Fazlulloh Abullays bilan samimiy munosabatda bo’lganligi haqida 
“Majolis  un  -nafois”da  to’xtalib:  «Faqir  ikki  yil  alarning  qoshida  sabaq  o’qub 
erdim, ancha iltifotlari bor erdikim, «farzand» der erdilar»
3
, -  deb eslaydi.  
                                                           
1
 Бу ҳақда қаранг: Абдуллаев В. Алишер Навоий Самарқандда. – Т.: 1967   
2
 Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20 томлик. 13 том. – Т.: Фан, 1997, 151 б.  
3
 Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20 томлик. 13 том. – Т.: Фан, 1997, 33 б. 


 
19 
Navoiy  Samarqandda  Mavlono    Uloiy    Shoshiy,  Хoja  Хurd,  Mavlono 
Muhammad  Olim,  Mavlono  Soyiliy,  Darvesh  Ahmad  Samarqandiy,  Mirzobek, 
Yusufshoh  Safoiy  va  boshqa  ko’plab  shoir  va  san’atkorlar  yaqin  munosabatda 
bo’ladi,  adabiy  davralarda  ishtirok  etadi.  Shuningdek,  she’riyatga,  adabiyot 
nazariyasiga  oid  kitoblarni  juda  ko’p  o’qib,  o’z  bilimini  tinmay  oshira  boradi.  U 
Mavlono Yah’yo Sebakiing aruz ilmiga bag’ishlangan «Shabistoni xayol» kitobini, 
Nizomiy Aruziy Samarqandiyning adabiyotshunoslikka doir «Chahor maqola»sini, 
qofiyaga oid qator asarlarni sinchiklab   o’rganib chiqadi.   
Umuman,  Navoiyning  Samarqanddagi  hayoti  uning  ijodi  takomilida  muhim 
o’rin  tutdi.  U  Samarqand  madaniyati  va  tarixi  bilan  juda  yaqindan  tanishdi,  o’z 
bilimini  yanada  oshirdi  va  mustahkamladi.  Samarqandning  XV  asr  ikkinchi 
yarmidagi adabiyoti va madaniyati rivojida  Alisher Navoiyning  roli katta bo’lib, 
bu  davr  Samarqand  adabiy  muhitini    Alisher  Navoiysiz,  u  tayyorlagan        yosh    
qalamkashlarsiz    tasavvur    qilish    mumkin emas. 
Eronning  g’arbiy  qismidagi  o’lkalarni  o’ziga  bo’ysundirish  uchun  kurash 
boshlagan  Abusaid  Ozarbayjonda  o’ldirilishi  natijasida  Husayn  Boyqaro    1469 
yilning boshida Hirot taxtini egallaydi. 
Sulton  Husayn  Hirot  taxtini  egallagani  haqidagi  xabar  Sa-marqandga  yetib 
kelishi  bilan  Navoiy  Hirotga  qaytadi.  U  hukmdorning  eng  yaqin  kishisi  sifatida 
mamlakat  tinchligi  va  taraqqiyoti,  el-yurt  osoyishtaligi  yo’lida  tinmsiz  xizmat 
qiladi.   

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish