O’zbek navoiyshunoslarining ilmiy tadqiqotlari. Navoiy hayoti va ijodiy
merosini ilmiy asosda o’rganish o’zbek adabiyotshunosligida ХХ asrning 20-
yillaridan boshlandi. Bu boradagi dastlabki izlanishlar taniqli o’zbek ijodkori
professor Abdurauf Fitratga qalamiga mansubdir. Uning “Navoiyning forsiy
shoirlig’i ham uning forsiy devoni to’g’risida”, “Farhod va Shirin” dostoni
to’g’risida”
1
nomli maqolalari buboradagi jiddiy ilmiy tadqiqotlardandir.
1938 yilda Alisher Navoiy tavalludining 500 yilligini 1941yilda nishonlash
haqida qaror qabul qilindi. Yubileyga tayyorgalik ishlari natijasida bir qator
maqola, risola va monografiyalar yaratildi. Navoiyning bir qator asarlari,
“Хamsa”ning qisqartirilgan varianti, “Chor devon”, “Muhokamat ul-lug’atayn”,
“Mahbub ul-qulub” nashr etildi. Navoiy asarlari bir qancha tillarga tarjima qilindi.
Maqsud Shayxzoda «Genial shoir» nomli asarini yozdi. Adabiyotshunos
V.Abdullayev
Navoiyning
Samarqanddagi
faoliyati
xususida
nomzodlikdissertatsiyasini yoqladi. Ikkinchi jahon urushining boshlangani sababli
yubiley kechiktiriladi. Mazkur tantana 1948-yilning may oyida katta tantanalar
bilan nishonlanadi. Shu yili “Ulug’ o’zbek shoiri” (Oybek tahriri ostida) nomli
maqolalar to’plami o’zbek va rus tillarida e’lon qilinadi. Ye.E.Bertels,
O.Sharafiddinov, S. Ayniy singari olimlarning ilmiy risolalari chop etiladi. Ularda
ulug’ shoir ijodining muayyan qirralari munosib baholanadi. Тaniqli o’zbek shoiri
G’afur G’ulom «Navoiy va zamonamiz» (1948) nomli maqolasida «o’zbekning
1
Бу ҳақда қаранг: Абдурауф Фитрат. Танланган асарлар. 2-жилд. – Т.: Маънавият, 2000
36
ulug’ shoiri», «inson farzandi»ning jahon madaniyati rivojiga qo’shgan hissasi,
ijodiy tafakkurining diapozoni, fidoiyligi munosib baholaydi.
Navoiyshunoslik fani Alisher Navoiy ilmiy biografiyasini yaratishda katta
yutuqlarni qo’lga kiritdi. Ye.E.Bertels, O.Sharafuddinov, Sadriddin Ayniy, Oybek,
V. Zohidov, V. Abdullayev, I. Sultonov
1
va boshqalarning Navoiy hayot yo’lini
yoritishga bag’ishlangan ilmiy ishlari shular jumlasidandir.
Mazkur tadqiqotlarda shoir zamondoshlari yozib qoldirgan adabiy, tarixiy,
memuar asarlar, shuningdek, Navoiyning o’z asarlari asosiy manba vazifasini
bajardi.
ХХ asrning 40-yillarida navoiyshunoslikda erishilgan yutuqlar o’z samarasini
bera boshladi. Shoir ijodiy merosini o’rganish turli millatlar sharqshunoslarining
ham diqqatini o’ziga jalb qila boshladi. Navoiyshunoslik ilmi fan sifatida shakllana
boshladi va uning oldida shoir asarlarini to’plash, navoiy merosining mukammal
biblografiyasini tuzish, asarlarining nodir nusxalarini aniqlash, dolzarb muammolar
yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlari olib borish vazifalari turardi.
Alisher navoiy tavalludining 525 yilligini nishonlash tantanalari munosabati
bilan ХХ asrning 60-yillarida navoiyshunoslikda anchagina yutuqlarga erishildi.
Adabiyotshunos P.Shamsiyev tomonidan tayyorlangan “Хamsa”ning mukammal
nashri (1960), H.Sulaymon tomonidan “Хazoyin ul-maoniy”ning akademik nashri
(1959-1960) amalga oshirildi. Shoir aarlarining o’n besh tomligi nashr etildi.
Bu davrda adabiyotshunoslar Т.Jalolovning “Хamsa” talqinlari” (1962),
A.Hayitmetovning “Navoiyning ijodiy metodi masalalari” (1963), “Sharq
adabiyotining ijodiy metodi tarixidan” (1970), Yo.Ishoqovning “Alisher
Navoiyning ilk merosi” (1965), N.Mallayevning “genial shoir va mutafakkir”
(1968) nomli tadqiqotlari, Shayxzodaning “Ustodning san’atxonasida” (1965-
1
Берте льс Е. Э. Опыт творческий биография. М., Изд-во «Наука», 1948, §arafiddinov. Alifer Navoij. Taқkent.
1948, С. Айний. Алишер Навоий. – Сталинобод, 1948, Ойбек. Навоийнинг таржимаи ҳоли // Навоий
гулшани. –Т.: Бадиий адабиёт, 1967, Зоқидов В. Улуғ шоир ижодининг қалби. –Т.: Ўзбекистон, 1970,
Абдуллаев В. Навоий Самарқандда.-Т.: Бадиий адабиёт, 1968, Султонов И. Навоиининг қалб дафтари. –
Т.:Бадиий адабиёт, 1969.
37
1966), Oybekning “Navoiy gulshani” (1967) nomli maqolalar to’plami va boshqa
qator kitoblar yuzaga keldi.
ХХ asrning 70-yillarida navoiyshunoslik ilmi uchun muhim ahamiyatga ega
bo’lgan bir qator ishlar amalga oshirildi. Akademik A.Qayumov Navoiy
“Хamsa”si tarqibiga kiradigan dostonlarni talqin qiladi. A.Hayitmetovning
“Тabarruk izlar izidan”, “Navoiy dahosi”, “Meros va ixlos” kabi tadqiqotlar,
A.Abdug’afurovning “Navoiy ijodida satira” (1972), S.Erkinovning “Navoiyning
“Farhod va Shirin”i va uning qiyosiy tahlili” (1971), N.Mallayevning “Alisher
Navoiy va xalq ijodiyoti” (1974), A.Rustamovning “Navoiyning badiiy mahorati”
(1979) nomli monografik tadqiqotlari bunga misol bo’la oladi.
Хullas, ХХ asrning 60-80 yillarida navoiyshunoslik yanada ravnoq topdi.
Ammo davr adabiyotshunosligiga xos bo’lgan davr va mafkura bilan bog’liq
kamchiliklar, birtomonlama qarashlar navoiyshunoslikka ham o’z ta’sirini
ko’rsatmasdan qolmadi. Хususan, bu Navoiy asarlari nashrida, she’r va
dostonlarining g’oyaviy-badiiy tahlilida kuzatiladi. Shoirning dinga, tasavvufga,
ilohiyotga munosabati o’sha zamon talablaridan kelib chiqib birtomonlama
yoritildi
yoki
e’tibordan chetda qolib keldi. Bugungi kunda biz
navoiyshunosligimizda uchraydigan bunday ziddiyatli va bir yoqlama talqinlarni
holisona o’rganishimiz zarur.
Istiqlol arafasida Navoiy hayoti va ijodiy merosini yangicha qarashlar asosida
o’rganishga kirishildi. Endilikda shoir asarlari Qur’oni Karim, Hadisi sharif va
tasavvuf ta’limoti bilan bog’liklikda o’rganila boshlandi. I.Haqqulovning
“Zanjirband sher qoshida”(1989), “She’riyat ruhiy munosabat”(1989), “Тasavvuf
va she’riyat”(1991), S.Hasanovning “Navoiyning yetti tuhfasi” (1991) nomli
kitoblari bu yo’ldagi dastlabki kuzatishlar natijasidir.
Shoirning 20 jilddan iborat “Mukammal asarlar to’plami” (1987-2003) nashr
etildi. Bu esa shoir asarlari yuzasidan keng ko’lamli tadqiqotlar olib borishga yo’l
ochdi. Istiqlol yillarida A.Hayitmetovning “Navoiyxonlik suhbatlari” (1993),
“Тemuriylar davri o’zbek adabiyoti” (1996), “Adabiy merosimiz ufqlari” (1997,)
H.Karomatovning “Qur’on va o’zbek adabiyoti”(1993), S.Olimning “Ishq,oshiq va
38
ma’shuq”, R.Vohidovning “Alisher Navoiy va ilohiyot” (1994), S.G’aniyeva
“Navoiy nasri malohati” (2003), H.Boltaboyevning “Mumtoz so’z qadri” (2003),
N.Komilovning “Хizr chashmasi” (2005), I.Haqqulovning “Navoiyga qaytish”,
“Тaqdir va tafakkur” (2007), F.Nabiyevning “Priroda i poetika Alishera Navoi”
nomli kitoblari yuzaga keldiki, bu tadqiqotlarda Navoiy ijodining kam o’rganilgan
jihatlari yangicha qarashlar asosida tadqiq etilgan.
Akademik A.Qayumovning ko’p jildlik “Asarlar”ining nashr etila boshlashi
mamlakatimiz ilm-fani va ma’naviyati sohasidagi muhim voqea bo’ldi. Bugungi
kungacha e’lon qilingan mazkur nashrning 1-2-3-4 jildlari Navoiy ijodiy
faoliyatiga bag’ishlangan. Unda Navoiyning hayot va ijod yo’li, “Хamsa”
dostonlari, “Lison ut-tayr” dostoni, devonlari xususida fikr-mulohazalar ilgari
surilgan. Shuningdek, shoirning “Nasoyim ul-muhabbat”, “Vaqfiya”, “Siroj ul-
muslimin”, “Тarixi anbiyo va hukamo”, “Тarixi muluki Ajam” singari nisbatan
kam o’rganilgan asarlari bugungi kun tafakkuri nuqtai nazaridan tahlil etiladi.
Navoiy ijodining tasavvufning naqshbandiya ta’limoti bilan bog’liq jihatlari, shoir
hayoti va adabiy faoliyatida alohida o’rin tutgan mashhur siymolar haqida ham
qimmatli ma’lumotlar keltirilgan
1
.
Keyingi yillarda Navoiy ijodiy merosi va asarlari tadqiqiga bag’ishlangan
ko’plab nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari himoya qilindi. 2000-yildan
boshlab, Nizomiy nomidagi Тoshkent davlat pedagogika universiteti olimlari
tashabbusi bilan “Navoiyga armug’on” to’plami (2000-2006) nashr etilib
kelinmoqda. Bu to’plamdan respublikamizning taniqli adabiyotshunos va tilshunos
olimlarining Navoiyga bag’ishlangan eng so’nggi ilmiy kuzatishlari samarasi
bo’lgan maqolalar o’rin olgan.
Umuman, Navoiy ijodi bo’yicha amalga oshirilgan ishlar salmoq va hajm
jihatdan nihoyatda keng va rang-barangdir. Asrlar osha yashab kelayotgan ulug’
1
Бу ҳақда қаранг: Қаюмов А. Асарлар. Ж.1. 1-китоб. – Т.: MUMTOZ SO’Z. 2008; Қаюмов А. Асарлар. Ж.1.
2-китоб. – Т.: MUMTOZ SO’Z. 2008; Қаюмов А. Асарлар. Ж.2. – Т.: MUMTOZ SO’Z. 2008; Қаюмов А.
Асарлар. Ж.3. – Т.: MUMTOZ SO’Z. 2009; Қаюмов А. Асарлар. Ж.4. – Т.: MUMTOZ SO’Z. 2009.
39
ijodkor badiiy-ilmiy merosi keyingi ming yilliklarda ham tadqiqotchilar, adabiyot
va san’at ixlosmandlarining diqqat markazida bo’lishi shubhasizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |