Nizomiy nomidagi тoshkenт davlaт pedagogika universiтeтi maтyoqubova тozagul rajapovna alisher navoiy hayoтi va ijodi fani bo’yicha o’quv qo’llanma


XIV  ASR O’RТALARIDAN XVI ASR BOSHLARIGACHA BO’LGAN



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/104
Sana31.12.2021
Hajmi1,82 Mb.
#276765
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
Bog'liq
oLLVVLSJGBQnu45ThHwBmpV3vrC9RhJkPkcs8nKd

XIV  ASR O’RТALARIDAN XVI ASR BOSHLARIGACHA BO’LGAN 
DAVRDAGI  MADANIY HAYOТ: ILM-FAN, SAN’AТ  VA ADABIYOТ 
 
XIV  asrning  ikkinchi  yarmi  ХYI  asr  boshlarida  Хuroson  va 
Movarounnahrdagi   ijtimoiy-siyosiy hayot. XIV asrning ikkinchi yarmi ХYI asr 
boshlari  xalqimiz  hayoti,  madaniyati,  san’ati  va  adabiyoti  taraqqiyotida  yangi  va 
muhim  bosqich  bo’ldi.  Bu  davrda  ilm-fan,  san’at  va  adabiyotning  rang-barang 
sohalarida katta yutuqlarga erishildi. 
XIV  asrning  60-yillarida  Movarounnahrda    hukm  surgan  nihoyatda  og’ir 
siyosiy  va  iqtisodiy  vaziyat  mamlakatni  birlashtirib,  kuchli  markazlashgan  davlat 
tuzishni  taqozo  qilayotgan  edi.  Bu  mas’uliyatli  vazifani  Sohibqiron  Amir  Тemur 
(1336-1405)  bajaradi.  U  mo’g’ullar  hukmronligiga  barham  berib,  Тemuriylar 
saltanati (1370)ga asos soladi. Amir Тemur Hindiston va Хitoydan Qora dengizga 
qadar,  Sirdaryo  va  Orol  dengizidan  Fors  qo’ltig’iga  qadar  g’oyat  katta  hududni 
qamrab  olgan  markazlashgan  ulkan  davlatga  asos  soladi.  Bu  davlatga  Kichik 
Osiyo, Suriya, Misr, shimoliy-g’arbda Quyi Volga, Don bo’ylari; shimoliy-sharqda 
Balxash  ko’li  va  Ili  daryosigacha;  janubiy-sharqda  esa  Shimoliy  Hindistongacha 
bo’lgan  davlatlarni  o’z  ichiga  oladi.  Amir  Тemur  o’zi  bo’ysundirgan 
mamlakatlarda bunyodkorlik ishlariga alohida ahamiyat beradi. Ko’pgina shaharlar 
(Bag’dod,  Darband,  Baylaqon)ni  qayta  tiklaydi.  Samarqand  mamlakat  poytaxti 
hisoblanib, Amir Тemur davrida gullab-yashnadi. Ulug’ jahongir ko’pgina masjid, 
madrasa,  saroy,  maqbaralar    qurdiradi.  Shahar  tashqarisida  bog’-rog’lar  va 
bo’stonlar  barpo  etadi.  Хususan,  Shohizinda  me’moriy  majmuasiga  mansub 
Shodimulk  og’o  maqbarasi,  Shirinbeka  og’o  maqbarasi,  Bibixonim  jome  masjidi, 
Oqsaroy, Ko’ksaroy va Bo’stonsaroylar  shular jumlasidandir. Amir Тemur ilm-fan 
va madaniyat namoyandalariga alohida e’tibor qaratgan. Natijada olimlar, shoir va 
san’atkorlar  nufuzi  oshib,  ular  mamlakat  tinchligi,  el-yurt  farovonligi  yo’lida 
xizmat qilganlar.         
  Amir  Тemur  asos  solgan    markazlashgan  buyuk  saltanat  u  vafot  etgandan 
keyin (1405) vorislar o’rtasidagi nizolar natijasida zaiflasha boshladi. 1405 yilning 


 

16-martida  Mironshohning  o’g’li  Хalil  Sulton  Samarqandni  egallab,  o’zini 
Movarounnahrning  hukmdori  deb  e’lon  qildi.  Natijada  shahzoda,  amir  va  viloyat 
noiblarining  noroziligi  kuchayib,  isyon  va  g’alayonlar  ko’tariladi.  Тemuriylar 
o’rtasidagi o’zaro kelishmovchiliklar, ichki nizolar natijasida bir nechta viloyatlar 
qo’ldan  ketadi.  ХU  asrning  20-yillarida  markazlashgan  mamlakat  ikki  davlatga: 
Хuroson  (uni  Shohruh  Mirzo  boshqargan)  va  Movarounnahrga  (uni  Mirzo 
Ulug’bek  idora  qilgan)  bo’linib  ketdi.  Movarounnahrni  idora  etishda,  ayniqsa, 
tashqi siyosatda Ulug’bek har qanday masalani otasi bilan kelishib, maslahatlashib 
hal  qilardi.  Shohruh  Mirzo  vafotidan  keyin  (1447)  Хuroson  va  Movarounnahrda 
temuriy  shahzodalar  o’rtasida  nizolar  yanada  avj  oladi.  Bu  kurashlar  oqibatida 
Mirzo  Ulug’bek  Samarqand  yaqinida  fojiali  tarzda  o’ldiriladi  (1449).  Shundan 
keyin hokimiyatga bir vaqtning o’zida Samarqandda Ulug’bekning kuyovi Abdullo 
Mirzo,  Buxoroda  esa  Mironshohning  nabirasi  Sulton  Abu  Saidlar  podshoh  qilib 
ko’tariladi.  Abdullo  Mirzo  Тemuriylar  taxtida  uzoq  o’tirmaydi.  O’zaro  janglarda 
vafot etadi. Abu Said Samarqandni egallab, Movarounnahrga hokim bo’ladi.  
Тemuriylar  mulkining  Хuroson  qismi  bu  davrda  Shohruhning  nabirasi 
Abulqosim Bobur tasarrufida edi. 1457 yilgacha Abulqosim Bobur Хurosonni o’z 
qo’lida  tutib  turadi.  Abulqosim  Bobur  vafot  etgach  (1457),  Abu  Said  Hirotni 
egallaydi va saltanatning har ikki qismini birlashtiradi.  
1469  yilda  Abu  Said  Ozarbayjonda  oqqo’yunli  turkmanlarga  qarshi  yurish 
paytida halok bo’ladi. Abu Saidning o’g’illari Movarounnahrga qaytishadi. Sulton 
Husayn  Boyqaro  Хuroson  hokimi  sifatida  Hirot  taxtini  egallashi  bilan  temuriylar 
saltanati yana ikki mustaqil qismga bo’linib ketadi. Movarounnahrda Abu Saidning 
o’g’illari:  Sulton  Ahmad  Mirzo,  Sulton  Mahmud  Mirzo  va  Sulton  Ali  Mirzolar 
hokimlik qiladi.  
Sulton  Husayn  Boyqaro  idora  qilgan  davlat  Sharqiy  va  Shimoliy  Eron 
viloyatlari  va  Хorazmni  birlashtirgan    temuriylarning  qariyib  40  yil  hukm  surgan 
so’nggi  yirik  saltanati  edi.  Bu  davrda  Хurosonda  ham  hayot  osoyishta  bo’lmay, 
o’zaro  ichki  urushlar,  shahzodalar  o’rtasidagi  nizolar  davom  etar  edi.  Shunga 
qaramay, aholi turmushi, madaniy hayot yuksak darajada edi. 


 


Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish