Nizomiy nomidagi тoshkenт davlaт pedagogika universiтeтi maтyoqubova тozagul rajapovna alisher navoiy hayoтi va ijodi fani bo’yicha o’quv qo’llanma


«FARHOD   VA  SHIRIN» - QAHRAMONLIK  DOSТONI



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/104
Sana31.12.2021
Hajmi1,82 Mb.
#276765
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   104
Bog'liq
oLLVVLSJGBQnu45ThHwBmpV3vrC9RhJkPkcs8nKd

 
«FARHOD   VA  SHIRIN» - QAHRAMONLIK  DOSТONI 
Dostonning  yaratilish  tarixi.  «Farhod  va  Shirin»  o’zbek  adabiyoti  tarixida 
mukammal  ishqiy-qahramonlik  doston  sifatida  mashhurdir.  Dostonda  ishq,  vafo, 
mehnatsevarlik,  vatanparvalik,  insonparvarlik, qahramonlik,  ilm-fan va hunar  ahli 
ulug’lanadi.  Asar  ezgu  insoniy  fazilatlar,  umumbashariy  g’oyalarni  ifodalagani 
bilan  Sharq  adabiyoti  adabiyoti  taraqqiyotiga  muhim  ulush  bo’lib  qo’shilgan. 
Farhod,  Хusrav,  Shirin  muhabbati  tasviri  Sharq  xalqlari  og’zaki  va  yozma 
adabiyotida keng tarqalgan sayyor syujet bo’lib, Navoiy anashu syujetga murojaat 
qilib, yangi g’oya va mazmunga ega bo’lgan “Farhod va shirin” dostonini yaratadi.  
Doston  1484  (hijriy  889)  yilda  yozilgan  bo’lib,  54  bob  (5782  bayt)  ni  o’z  ichiga 
oladi.  Shundan o’n  bir  bob  muqaddima,  ikki bob xotima,  qolgan qirq bir  bob  esa 
doston voqealarining asosini tashkil qiladi. 
Ma’lumki,  Хusrav  va  Shirin  obrazlari  ma’lum  tarixiy  ildizga  egadir.  Хusrav 
haqida  so’z  yuritgan  ko’pgina  sharqshunos  olimlar  uning  tarixiy  shaxs  ekanligini 


 
100 
e’tirof  etishadi.  Ma’lumotlarga  ko’ra  Хusrav  mashhur  sosoniy  podshohlardan 
bo’lgan  Anushirvonning  nabirasi  Хusrav  Parvezdir.  U  590-628  yillarda 
hukmronlik qilgan va o’g’li Sheruya tomonidan qatl etilgan. Х asr arab tarixchilari 
Muhammad  ibn  Jarir  at-Тabariyning  “Тarixi  rasul  val-muluk”,  Ibn  al-Faqih 
Hamadoniyning  “Kitob  ul-buldon”,  ХII  asr  tarixchisi  abu  Abdulloh  Yoqutning 
“Mu’jam  ul-buldon”  kabi  asarlarida  ham  shunday  qaydlar  uchraydi.  Muhammad 
at-Тabariy  ma’lumotiga  ko’ra    arman  qizi  yoki  oromiylardan  bo’lgan  Shirin  ham 
tarixiy  shaxs  bo’lib,  u  Хusravning  sevimli  xotini  bo’lgan.  Хusrav  Parvezning 
shaxsi  va  davlat  arbobi  sifatidagi  faoliyati  haqida  zamondoshlaridan  misrlik 
Feofikat  Simokatta,  arman  tarixchisi  Sebeos  asarlarida  ham  hikoya  qilinadi. 
Shuningdek,  ХU  asr  tarixchilari  Mirxond,  Хondamir  asarlarida  hamda  Alisher 
Navoiyning  “Тarixi  muluki  Ajam”  asarida  ma’lumotlar  keltiriladi.  Shu  tarixiy 
ma’lumotlar  asosida  xalq  og’zaki  ijodida  ham  turli-tuman  afsona,  rivoyat  va 
qissalar paydo bo’la boshlagan.  Solnomalarda Farhod va Mehinbonu haqida ham 
turli  xil  ma’lumot  va  rivoyatlar  mavjud.  Ayrim  manbalar  Farhodni  tarix  bilan, 
Besutun  tog’  qoyasi  bilan  bog’laydi.  Rivoyatlarga  ko’ra  Farhod  qoyaga  Shirin, 
Хusrav va uning oti Shabdiz tasvirini ishlagan. Ko’rinadiki, Farhod timsoli dastlab 
xalq  og’zaki  ijodida  paydo  bo’lgan  va  yozma  adabiyotda  takomillashgan. 
Mehinbonu  obrazining  ildizlari  Suriya  solnomasi,  Suriya-Midiya  afsonalariga 
borib  taqaladi.  Keyinchalik  shular  asosida  yozma  adabiyotda  mazkur  obrazlar 
yaratila boshlangan. Dastlab yozma adabiyotda Хusrav va Shirin obrazi Abulqosim 
Firdavsiyning  “Shohnoma”  asarida  uchraydi.    Nizomiyning  “Хusrav  va  Shirin” 
dostonidan keyin shu mavzuda doston yaratish an’anaga aylandi. Mazkur dostonda 
Хusrav va Shirin muhabbati qalamga olinib, Farhod unda toshyo’nar usta sifatida 
namoyon  bo’ladi.  U  asarning  boshidan  oxirigacha  ishtirok  etmaydi.  Farhod  sut 
arig’i  qazish  voqeasidan  asarga  kirib  keladi,  shu  asnoda  Shirinni  sevib  qoladi. 
Sevgilisiga  erishish  uchun  Хusravning  og’ir  shartlarini  bajaradi.  Хusrav 
uyushtirgan  makkor  kampirning  hiylasiga  ishonib,  fojiali  tarzda  halok  bo’ladi. 
Хusrav  Dehlaviyning  “Shirin  va  Хusrav”  dostonida  ham  Shiringa  katta  ehtiros 
bilan ko’ngil qo’ygan Хusrav va muhabbatida sobit Shirin sarguzashtlari asarning 


 
101 
asosini  tashkil  qiladi.  O’z  navbatida,  adib  ko’p  o’rinlarda  «Хusrav  va  Shirin» 
an’anasiga  ijodiy  yondashadi.  Syujetni  birmuncha  qayta  qurish  bilan  obrazlar 
talqinida  ham  o’ziga  xos  yo’l  tutadi.  Dostonda  Farhod  Chin  hoqonining  o’g’li  
shahzoda sifatida tasvirlanadi.   Farhod va Shirin muhabbati ikki taraflama ekanligi 
tasviri ham dostonning g’oyaviy-badiiy qimmatini oshiradi.  
Bu syujetga ХU asrda yashab ijod etgan Mavlono Ashraf va yana noma’lum 
bir  muallif  ham  murojaat  etgan.  Navoiy  keltirgan  ma’lumotlarga  ko’ra  Ashraf  bu 
mavzuga  yangicha  yo’nalishda  yondoshgan,  biroq  uning  asari  bizgacha  yetib 
kelmagan.   
Тadqiqotchilar  yuqorida  nomlari  tilga  olingan  mualliflarning  asarlaridan 
tashqari  fors-tojik  tilida  yaratilgan  yana  ikkita  asar  haqida  ham  fikr  yuritishadi.  
Bulardan biri XIV asr ozarbayjon shoiri  Orif Ardabiliyning «Farhodnoma» asari, 
ikkinchisi XV asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan shoir Hasan Salimiyning 
«Shirin  va  Farhod»  dostonidir.  Akademik  Orasli  o’zining  ozarbayjon  va  o’zbek 
adabiy  aloqalariga  doir  ishlarida  Navoiy  tomonidan  eslab  o’tilgan  noma’lum 
muallif  Orif  Ardabiliydir,  degan  fikrni  bildirgan  edi.  Adabiyotshunos  N.Mallayev 
ham  tadqiqotlarda  Navoiy  ta’kidlagan  “Yaxshi  ma’lum  bo’lmagan  roqim”  Orif 
Ardabiliy degan fikr ilgari surilganligini aytadi. Fors tilida bitilgan “Farhodnoma” 
dostoni  ikki  qismdan  iborat  bo’lib,  birinchi  qismida  Farhod  bilan  Guliston  degan 
qizning,  ikkinchi  qismida  Farhod  bilan  Shirinning  sevgi  sarguzashtlari  hikoya 
qilinganligini  keltirib  o’tadi 
1
.  Akademik  B.Valixo’jayev  “Farhodnoma” 
dostonining  boshqa  xamsanavislar  dostonlaridan  farqli  o’ziga  xos  jihatlari  haqida 
qimmatli ma’lumotlarni bildiradi, asarning qisqacha mazmunini bayon etadi 
2
.   
 Ko’rinadiki,  Navoiy  o’zidan  oldin  yaratilgan  mazkur  syujetga  oid  asarlar  
bilan  yaqindan  tanish  bo’lgan.  Shuningdek,  shoir  ushbu  sayyor  syujetning  xalq 
og’zaki ijodidagi talqinlarini  ham yaxshi bilgan.     

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish