Nizomiy nomidagi тoshkenт davlaт pedagogika universiтeтi maтyoqubova тozagul rajapovna alisher navoiy hayoтi va ijodi fani bo’yicha o’quv qo’llanma



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/104
Sana31.12.2021
Hajmi1,82 Mb.
#276765
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   104
Bog'liq
oLLVVLSJGBQnu45ThHwBmpV3vrC9RhJkPkcs8nKd

Chin  xoqoni  ta’rifi.  Doston  voqealari  Chin  xoqoni  ta’rifi  bilan  boshlanadi. 
Shoir  xoqonning  ulug’likda,  kuch-qudratda  tengsizligini,  lashkarining  soni 
osmondagi  yulduzlar,  yerdagi  qum  singari  ko’pligini,  yuksak  mavqe’  va  obro’-
e’tiborga  egaligini  ta’kidlab  ko’rsatadi.  Yaxshi  hulqi  va  odilligini  Faridunga 
o’xshatadi,  boyligi  Qorunning  xazinasidan  yuz  ming  barobar  ortiqligini  keltiradi. 
Har  jihatdan  tengi  yo’q    ulug’  xoqon  farzandsizlikdan  iztirob  chekayotganini 
tasvirlaydi.  
Zamona toqi ofoq aylab oni, 
Bari xonlar aro toq aylab oni. 
 
Aningdek fard etib charxi kuhangard 
Ki, bir farzanddin ham aylabon fard. 
Mazkur bobning  o’ziga xosligi shundaki, shoir  xoqonning  iztiroblarini uning 
o’y-kechinmalari  ya’ni  ichki  monologi  orqali  bayon  etadi.  Ushbu  o’rinda  shoir 
fikri,  xoqonning  o’z  iztiroblarini  bayon  etuvchi  ichki  monologi  hamda  voqealar 
tasviri  birin-ketin  keladi.  Bu  haqda  akademik  A.Qayumov    so’z  yuritib,  har  bir 
bo’lim  bir-biri  bilan  chambarchas  bog’langan  bo’lib,  ular  bir-birining  davomi, 
xulosasidir,  deydi 
1
.  Mazkur  bobda  shoirning  dunyoning  bevafoligi,  umrning 
o’tkinchiligi, insoniy tenglik g’oyalarini ilgari suradi. Ya’ni shoir shoh taxt orqali 
ko’kka  qadar  yuksalsa,  gado  uning  taxtidan  panoh  kun  ko’rsa  ham  “bu  dog’i  ul 
ikisi teng durur, teng” , deydi. Bunda shoir ijodida muhim o’rin tutadigan “shoh va 
                                                           
1
 Қаюмов А. Асарлар. 1-жилд, 1-китоб. – Т.: 2008, 164 б. 


 
104 
gado teng”, degan qarashining ifodasidir. Dostonda xoqonning farzandsizlik tufayli 
chekkan iztiroblari, ruhiy kechinmalari cheksiz dard bilan tasvirlanadi. Bunda shoir 
tasvirni  kuchaytirish  uchun  hayotiy  misollar  orqali  fikr-mulohazalarini  tasdiqlab 
boradi. M.: 
                   Chamanda sarv bas ra’no shajardur, 
Yo’q andin naf, chunkim besamardur. 
 
Shajarkim juz latofat shevasi yo’q, 
O’tun o’rnidadur gar mevasi yo’q. 
 
Yog’indin gar bulut yetkurmasa sud, 
Havoda ul hamonu bir qalin dud. 
Хoqonning  iltijolari    ijobat  bo’lib,  orzuiga  yetadi.  Unga  o’g’il  farzand  ato 
etiladi.  Bu  shodlikdan  u  butun  mamlakatga  bazm  uyushtiradi,  xalqqa  in’omlar 
beradi.  Хoqon  bu  shodlikdan  jahonga  juda  ko’p  javohir  sochadi.  Dostonda  bu 
shodiyona tasviri batafsil beriladi. 

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish