Nizomiy nomidagi тoshkenт davlaт pedagogika universiтeтi maтyoqubova тozagul rajapovna alisher navoiy hayoтi va ijodi fani bo’yicha o’quv qo’llanma


Dostonning tarkibiy tuzilishi va g’oyaviy yo’nalishi



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/104
Sana31.12.2021
Hajmi1,82 Mb.
#276765
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   104
Bog'liq
oLLVVLSJGBQnu45ThHwBmpV3vrC9RhJkPkcs8nKd

Dostonning tarkibiy tuzilishi va g’oyaviy yo’nalishi. Navoiy dostonining 1-
5 boblari hamd va na’tlardan iboratdir. 6-bob ulug’ salaflar Nizomiy Ganjaviy va 
Хusrav  Dehlaviy,  7-bob  Abdurahmon  Jomiy  vasfiga  bag’ishlangan.  Keyingi  bir 
                                                           
1
 Маллаев Н. Ўзбек адабиёти тарихи. Биринчи китоб. – Т.: Ўқитувчи, 1976, 442 б. 
2
 Валихўжаев Б. Мумтоз сиймолар. – Т.: 2002, 151 б. 


 
102 
necha  bobda  (8-9)  esa  Navoiy  dostonning  yozilish  sabablariga  batafsil  to’xtab, 
Nizomiy,  Хusrav  Dehlaviy,  Ashraf  kabi  shoirlarning  «Хusrav  va  Shirin»  yaratish 
borasidagi  tajribalarini  tilga  oladi,  ularda  yo’l  qo’yilgan  xato  va  kamchiliklarni 
tuzatib,  o’z  g’oyaviy  niyatini  qay  tarzda  amalga  oshirmoqchi  ekanligini  keltiradi. 
10-11  boblarda  Sulton  Husayn  Boyqaro  va  shahzoda  Badiuzzamon  madh  etiladi. 
Shu bilan doston muqaddimasi tugaydi. Asarning asosiy voqealari 12-52 boblarda 
hikoya qilinadi. Sulton Husayn Boyqaroning o’g’li Shoh G’arib Mirzoga nasihatlar 
53-bobda keltiriladi. Doston xotimasi 54-bob bilan yakunlanadi.    
“Farhod  va  Shirin”  dostonining  o’zbeq  fors-tojiq  ozarbayjon,  turk 
adabiyotlarida  XV  asrgacha  yaratilgan  «Хusrav  va  Shirin»lar  bilan  qiyosi  shuni 
ko’rsatadiki,  o’zbek  shoiri  o’z  salaflari  an’analarini  davom  ettirib,  o’zining 
mavzusi,  g’oyaviy  yo’nalishi,  obrazlari  bilan  an’anaviy  dostonlardan  keskin  farq 
qiluvchi  doston  yaratgan.  Bu  avvalo  dostonning  turkiy  tilda  yaratilgani  va  unga 
bosh  qahramon  sifatida  Farhod  tanlanganida  kuzatiladi.  U  Хusravni  Shirin 
muhabbatiga nomunosib deb biladi. Shoir an’anaviy mavzuni yangicha yo’nalishda 
qayta  ishlab,  Farhod  timsolida  ma’naviy-axloqiy  jihatdan  yetuk  bo’lgan  komil 
inson obrazini yaratishni niyat qiladi.     
Dostonning  9-bobida  shoir  o’zidan  oldingi  yaratilgan  asarlar  haqida  so’z 
yuritar  ekan,  Хuravni  bosh  qahramon  sifatida  tanlanganidan  ko’ngli  to’lmasligini 
aytadi.  Ularda  Хusravning  tevarak-atrofida  hiylagar,  firibgar,  xushomadgo’y 
kishilar  yig’ilgan,  goh  u,  goh  bu  xotini  huzurida  orom  oladi,  Shiringa  shohona 
oshiqlik  izhor  qiladi.  Shuning  uchun  Хusrav  bu  asarlarda  haqiqiy  muhabbat 
iztiroblari, dard-kechinmalaridan begona  erka shoh sifatida talqin etiladi. Shoir bu 
fikrlarni ilgari surar ekan, o’zining niyati boshqacha ekanligini aytadi: “Zaruratkim 
solib bir o’zgacha tarh, Bu mehnatnomani qilg’umdurur sharh”.  
Navoiy  Farhodning  sevgi  sarguzashtlari  tasvirida  vafo,  sadoqat,  mehnat, 
qahramonlik, jasorat, do’stlik singari g’oyalarga ham urg’u bergan.  
Shoir  Farhod  haqida  hazin  bir  doston  yaratib,  unda  Farhod  va  Shirinni 
tarannum qilishni niyat qilganini shunday ifodalaydi:  
Meni mahzung’akim ishq etti bedod,  


 
103 
Solib g’am tog’ida andoqki Farhod. 
 
Munosibdur agar tortib navoni, 
Desam Farhodi mahzun dostoni. 
 
Yozib jon mushafidin ikki oyat, 
Debon Farhodu Shirindin hikoyat.  
  
  “Farhod va Shirin” dostoni g’oyatda murakkab tuzilishga ega bo’lib,  undagi 
har bir obraz va tasvir alohida talqinni talab etadi. Uning tub mohiyatida Farhod va 
Shirinning  sevgi  sarguzashtlari  va  bu  yo’lda  boshdan  kechirgan  qiyinchiliklari 
turadi.  

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish