1. III sinf «O‘qish kitobi»dagi hikoyalarning biridan foydalanib, ijodiy qayta hikoyalash uchun matn tuzing
Boshlang'ich sinflarda ijodiy qayta hikoyalashning quyidagi turlaridan foydalaniladi:
1. Shaxsini o ‘zgartirib qayta hikoyalash va bayon. Boshlang'ich
sinflarda I shaxs tilidan berilgan hikoyani III shaxs tilidan qayta hikoya
qilishdan ko'proq foydalaniladi, ijodiy qayta hikoyalashning bu turida
o'quvchilar hikoyadagi gaplarni qayta tuzadilar. Masalan, I shaxs tili
dan berilgan matnni o'quvchilar III shaxs tilidan qayta hikoya qilishlari
uchun o'qituvchi rahbarligida gapning kesimini o ‘zgartiradilar, unga
mos ravishda gapning o ‘zini qayta tuzadilar; hikoya qiluvchi shaxsning
nomini va и yoki ular s o ‘zini ishlatadilar. Shaxsini o'zgartirib qayta
hikoyalash va bayon yozish 0 ‘qish darslarida olib borilgan bunday
og'zaki tayyorgarlikning davomi sifatida o'tkaziladi.
2. Hikoyada ishtirok etuvchi biror personaj tilidan qayta hikoya
qilish.
3. Matnni ijodiy toldirib qayta hikoyalash. O'quvchilar hikoya
mazmunini, sharoitini yaxshi tushunsalargina, uni ijodiy to'ldirib qayta
hikoyalay oladilar. Ijodiy qayta hikoyalashning bu turi ham ko'pincha
og'zaki tarzda o'tkaziladi.
4. S o ‘z bilan tasvirlash yoki sahnalashtirish. Ijodiy qayta hikoya
lashning bu turi savollar yoki quyidagi kabi topshiriqlami bajartirish
asosida o'tkaziladi: „Siz shu vaziyatda o'zingizni qanday sezasiz?
Bular rasmda tasvirlangan deb o'ylang. Shu voqealar ko'z oldingizdan
o'tyapti, siz ko'ryapsiz, eshityapsiz va o'zingiz tasvirlayapsiz deb
o'ylang". O'quvchilarga topshiriq sifatida matndagi tabiat tasviri,
qahramonlarning tashqi ko'rinishi, portretini so'z bilan tasvirlash berilishi
mumkin. Bu asosan og'zaki bajariladi, ayrim hollardagina bayon
shaklida yozdiriladi.
III sinf Nurmat Maqsudiyning ‘’ Ilmli ming yashar’’ hikoyasi.
Yolqinjon kuz kunlarining birida tog’asinikiga mexmon bo’lib bordi. Tog’asi fermer xo’jaligi bog’ida guruh boshlig’i bo’lib ishlaydi .U jiyanini ko’rib xursand bo’ldi.
-O’-o’ , Yolqinjon, kelganing juda yaxshi bo’libdi-da,- dedi . –Hali senga xo’jalik bog’ini ko’rsataman .
Tog’asi Yolqinjonni uzumzorga olib bordi. Yolqinjon uzumlarni ko’rib hayratda qoldi.Baland ishkomlarga o’rmalab chiqqan husayni , charos va xar tok novdalarida katta – katta uzum boshkari oltinday tovlanar edi .Ohho’ uzum boshlarining kallagini qarang! Har bittasi Yolqinjonning buvasidan qolgan qumg’ondek kelad-ya !
-Tog’a bu uzumlarni qanday qilib yetishtirdingiz ?- deb soradi Yolqinjon
-Tokni qanday parvarishlash to’g’risida bir dongdor sohibkor kitob yozibdi – dedi tog’asi.-O’sha sohibkor o’zining oltmish yillik tajribasini shu kitobda bir-bir bayon qilibdi.
Tog’asi o’sha kitobni o’qibdi . Keyin o’rganganlarini ishga solibdi .Natijada so’ridagi uzumlarni yetishtiribdi .
-Sohibkor kim o’zi ?-deb so’rabdi Yolqinjon .
-Sohibkor deb o’z ishining ustasiga aytiladi,- deya javob berdi tog’asi.
-Voybo,-dedi Yolqinjon o’zicha - o’sha sohibkorning oltmish yillik ishini birdaniga o’rganib oldingizmi? Unda yoshingiz qancha bo’ladi ?
-Yoshim qirqda . Agar unga sohibkorning oltmish yillik tajribasini qo’shsak yuz yosh bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |