Matematikani o’qitishda monitoring tizimi uch yo’nalishda olib boriladi:
1.
Bazali-bu o’z
ichiga
joriy,
oraliq,
yakuniy nazoratlarni
oladi.
O’quvchlarning ma’lum muddatda olgan bilimlarini tekshirish.
2. Mavzulashtirilgan- bunda har bir mazvudan keyin o’quvchilar bilimini
tekshirish.
3. Bitta dars- bunda har bir darsda o’zlashtirigan bilimi tekshiriladi.
O’quvchilarni monitoring tizimida o’qitganda natijalar quyidagicha bo’ladi:
27
N
|
F.I.
|
Xatolarni
ko’ra olishi
|
Savol
bera
olishi
|
Fikr
bildirishi
|
Misol
keltira olmoq
(isbotlab
bermoq)
|
Taxmin
keltirmoq
|
Boshqacha
usullari
|
|
1.
|
1
Anora
|
+
|
+
|
-
|
-
|
+
|
+
|
|
2
|
2
Malika
|
+
|
+
|
+
|
+
|
+
|
+
|
|
3.2-§ Xatolar ustida ishlash metodikasi
Bu o’quvchilarning fikrlash va bilim doirasidagi kamchiliklarni bartaraf
qilishning asosiy usulidir. Xatolarni tahlil qilish kelajakda shunday xatolikka yo’l
qo’ymaslik uchun zamin yaratadi. O’quvchilar yo’l qo’yadigan ba’zi bir xatoliklar:
1. O’quvchilarni nazariy bilimlarga e’tiborsizliklari sabali kelib chiqadigan
xato va kamchiliklar: diqqat, e’tiborini jamlay olmasligidan kelib chiqadigan
xatolar.
2. O’quvchilarning mantiqiy fikrlashga tayyorgarliklari yetarli emasligidan
kelib chiqadigan xatoliklar:
a) Teoremani yetarlicha tushunmasligidan kelib chiqadigan xatoliklar.
b) To’g’ri va teskari teoremani tushunmasligidan kelib chiqadigan xatoliklar.
d) Isbotlash usulini bilmaslikdan kelib chiqadigan xatoliklar.
3. O’quvchilarning o’zini nazorat qilishda beqarorlik qilishidan
kelib
chiqadigan xatoliklar.
O’quvchilarning xatolarini har doim tekshirib, tuzatib turish ham ko’p
hollarda yetarlicha samara bermaydi.Vaqti- vaqti bilan ularning xatolarini ko’ra
olish mahoratini oshirib borish ham yaxshi samara beradi.
O’quvchilar yo’l qo’yishi mumkin bo’lgan xatolar:
a) (c-d)²=c²-2cd +d²;
b) (a+10b)=a²+10ab+100b²;
c) 8√4=32;
d) 4²+8²=24;
Bu yerda o’quvchi qisqa ko’paytirish formulasini, ildiz chiqarish mavzusini
va daraja mavzusini yaxshi o’zlashtirmagani uchun misollarni ishlashda
xatoliklarga yo’l qo’ydi.
Xatoliklarga yo’l qo’ymaslik uchun dars davomida o’quvchilar bir vaqtning
o’zida xatolarini tekshirib va tuzatib borishlari ham yaxshi samara beradi. O’zlarini
28
nazorat qilishlari tufayli o’quvchilar ko’pgina yo’l qo’yilgan xatolarni tuzatishlari
va oldini olishlari mumkin.
Masalan:zavod haftasiga 130 ta muzlatgich ishlab chiqardi va oylik planning
25% ini bajardi.Zavod birlik planda nechta muzlatgich ishlab chiqarishi kerak.
Bu yerda o’quvchining masalani yechish tartibi ko’rsatilgan.
Zavod haftasiga 130 ta muzlatgich ishlab chiqarsa, u bir oyda 130 tadan ko’p
ishlab chiqaradi. O’quvchining bu yerda qilgan xatosi nolni tushurib qoldirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |