Reyting natijalarini qayd etish va tahlil etish tartibi:
1. Talabaning fan bo‘yicha nazorat turlarida to‘plagan ballari sеmеstr
yakunida rеyting qaydnomasiga butun sonlar bilan qayd qilinadi. Rеyting
daftarchasining “O‘quv rеjalarida ajratilgan soat” soat ustuniga sеmеstr uchun
fanga ajratilgan umumiy o‘quv yuklama soatlari, “Fandan olingan baho” ustuniga
esa 100 ballik tizimdagi o‘zlashtirishi qo‘yiladi. Talabaning saralash balidan past
bo‘lgan o‘zlashtirishi rеyting daftarchasida qayd etilmaydi.
2. Har bir fan bo‘yicha o‘rkaziladigan nazorat turlarining natijalari guruh va
profеssor-o‘qituvchi jurnallari hamda qaydnomada qayd etiladi va shu kunning
o‘zida (nazorat turi yozma ish shaklida o‘tkazilgan bo‘lsa, 2 kun ichida) talabalar
e'tiboriga yеtkaziladi.
3. Yakuniy nazorat natijalariga ko‘ra fan o‘qituvchisi talabalarning fan
bo‘yicha rеytingini aniqlaydi hamda rеyting daftarcha va qaydnomaning tеgishli
qismini to‘ldiradi.
4. Talabaning rеytingi uning bilimi, ko‘nikmasi va malakalari darajasini
bеglilaydi.
Talabaning sеmеstr (kurs) bo‘yicha umumiy rеytingi barcha fanlardan
to‘plangan rеyting ballari yig‘indisi orqali aniqlanadi.
5. Talabalar umumiy rеytingi har bir sеmеstr va o‘quv yili yakunlangandan
so‘ng e'lon qilinadi.
6. Talabaning joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarda erishgan natijalari:
21
guruh jurnali
o‘qituvchining shaxsiy jurnali
rеyting qaydnomasida
7. Joriy, oraliq va yakuniy nazorat natijalari kafеdra yig‘ilishlari, fakultеt va
univеrsitеt Ilmiy kеngashlarida muntazam ravishda muhokama etib boriladi va
tеgishli qarorlar qabul qilinadi.
O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda
O‘zbеkiton Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tеst markazi tеst
baholari va rеyting ballarining xolisligini tеkshirishni tashkil etish va nazorat qilish
huquqiga ega. Nizomda bеlgilangan masalalar bo‘yicha kеlib chiqqan nizolar
qonun hujjatlari asosida hal qilinadi.
Akademik litsey va kasb- hunar kollejlari talabalarining bilim saviyasi va
o’zlashtirish darajasining davlat Ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash
uchun quyidagi nazorat turlarini o’tkazish nazarda tutiladi:
Joriy nazorat – so’rovlar, kollokviumlar, seminarlar, yozma ishlar (diktant,
bayon, insho) va testlar tarzida bilimlar, malaka ko’nikmalar tekshiriladi;
Oraliq nazorat – semestr tamom bo’lganda va o’quv dasturining tegishli
bo’limi tugallangandan keyin amalga oshiriladi. Uning asosida o’quvchi reytingi
aniqlanadi. Bilimlar, malaka va ko’nikmalarni baholash uchun oraliq nazorat
imtixonlar, testlar, sinovlar, kurs va malaka ishlari shaklida o’tkaziladi;
Yakuniy nazorat – akademik litseyda, kasb-hunar kollejida o’qish
tugallangandan keyin davlat attestatsiyasi: imtihonlar, testlar, malaka ishlari,
di’lom loyihalarini himoya qilish shaklida amalga oshiriladi.
Fan tugallanishida yakuniy nazorat test usulida o’tkaziladi. Boshqa hollarda
yakuniy nazoratning o’tkazilish tartibi, shakli Ta’lim muassasasining ilmiy-
pedagogik kengashi tomonidan belgilanadi. Har bir kursda o’qish tugagandan
keyin reyting nazorati natijalariga ko’ra o’quvchilarni keyingi kursga o’tkazish
to’g’risida belgilangan tartibda qaror qabul qilinadi.
Reyting tizimini joriy qilishda quyidagi asosiy tamoyillarning bajarilishi zarur:
22
a) har bir fan bo’yicha tegishli kafedralar tomonidan ma’qullangan variantlar
asosida boshlang’ich nazorat o’tkaziladi. Boshlang’ich nazorat reyting monitoring
va tahlil guruhi tomonidan o’tkaziladi;
b) o’quv dasturining mantiqan tugallangan bo’limi bo’yicha o’quvchi albatta
baholanadi va natijasi o’tish balidan (3 ball) past bo’lganda qayta nazorat
belgilanadi. Ushbu bo’limlarni tegishli kafedralar aniqlaydi;
v) yakuniy nazorat yakuniy nazorat kafedralar tomonidan tuzilgan variantlar
asosida reyting monitoringi va tahlili guruhi kuzatuvi ostida o’tkaziladi.
Semestr mobaynida o’quv yuklamasi 24 soatdan kam bo’lgan fanlardan oraliq
nazorat o’tkazilmaydi.
O’quvchilarnig bilim
saviyasini
baholash
va
yakuniy
reyting
ko’rsatkichlarini aniqlash:
1. O’quvchilarining bilim saviyasi, ko’nikma va malakalarini nazorat qilishning
reyting tizimi asosida o’quvchining har bir fan(predmet) bo’yicha o’zlashtirish
darajasini ballar orqali ifodalanadi.
2. Har bir nazorat (so’rov) turi turi qanday shaklda o’tkazilishidan qat’i nazar 5
ballik (”5”, “4”, “3”, “2”) usulda butun sonlar yordamida baholanadi.
3. Boshlang’ich nazoratning natijasi boshqa nazoratdan olingan ballarga
qo’shilmaydi. U o’quvchining semestr davomida ushbu fan bo’yicha o’zlashtirish
surhatini tahlil qilishda, o’qituvchining o’quvchilar bilan ishlash faoliyatining
samarasi mezoni sifatida qo’llaniladi.
4. Muayyan fan(predmet) bo’yicha o’quvchining semestr mobaynida to’plashi
mumkin bo’lgan umumiy bali(Rsemestr) maksimum 5 balni tashkil qilib,
quyidagicha hisoblanadi:
bunda:
JN – o’quvchining semestr davomida joriy nazorat bo’yicha, butun songa
yaxlitlangan, o’rtacha bali,
ON – o’quvchining semestr davomida oraliq nazortlar bo’yicha, butun songa
yaxlitlangan, o’rtacha bali,
23
Agar fanning semestr bo’yicha yuklamasi 24 soatdan kam bo’lib, oraliq nazorat
o’tkazilmasa,
Rsemestr =
𝐽𝑁+𝑌𝑎𝑁
2
bo’ladi.
5. Muayyan fan yoki o’quv amaliyot bo’yicha yillik umumiy ball sifatida
semestrlarda to’plagan umumiy ballarning o’rtachasi olinadi.
Ryillik =
𝑅1−𝑠𝑒𝑚𝑒𝑠𝑡𝑟+𝑅2−𝑠𝑒𝑚𝑒𝑠𝑡𝑟
2
;
Davlat ta’lim standartida kiritilgan talablar guruhdagi o’quvchilarning
barchasini o’zlashtirish darajasini hisobga olgan holda, guruhdagi o’zlashtirishi
qiyin bo’lgan o’quvchilarning bilimidan kelib chiqib minimal talablar qabul qiladi.
O’qituvchi guruhdagi har bir o’quvchiga alohida e’tibor berib, qaysi o’quvchiga
qanday misol berish kerak, buni yaxshi bilishi kerak. Sababi guruhga nisbatan
yaxshi, o’zlashtirishi yaxshi bo’lgan 5 bahoga o’qiydigan bolaga 3 bahoga
o’qiydigan bolaga beradigan misolni bersa, bunda birinchidan 5 bahoga o’qiydigan
o’quvchi uchun bu misol qiziq emas, ikkinchidan o’quvchini fikrlashga majbur
qilmaydi va buning natijasida uning fikrlash doirasi rivojlanmaydi, shu darsda
o’quvchi hech qanaqa bilimga ega bo’la olmasligi mumkin. Maktabda o’quvchilar
har bir darsda barchasi baholanmaydi. Sababi maktab ta’limida har bir oyda bir
yoki ikki marta yozma ishlar olindi, choraklik ballari yozma ish va dars davomida
to’plagan ballari yig’indisini jamidan to’planadi.
24
Do'stlaringiz bilan baham: |