Oʻquv-metodik majmualarni ishlab chiqish prinsiplari
О‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqish quyidagi prinsiplar asosida
amalga oshiriladi:
о‘quv-metodik majmualar ta‘lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy
prinsiplari asosida yaratilganligi;
о‘quvchilarning aqliy va jismoniy imkoniyatlari, yoshi, psixofiziologik
xususiyatlari, bilim darajasi, qiziqishlari, layoqatlari hisobga olinganligi;
21
о‘quvchilarda vatanparvarlik va milliy g‗urur hissini shakllantirishga
qaratilganligi;
umumiy о‘rta va о‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limining zarur hajmi
berilganligi, о‘quvchilarda mustaqil ijodiy fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va
amaliy tajriba kо‘nikmalarini rivojlantirishga yо‘naltirilganligi.
Boshlang‗ich sinflar uchun darsliklar, о‗quv – metodik majmualar va ularning
mazmuni, tuzilishi.
Darslik — davlat ta‘lim standartlariga muvofiq о‘quv dasturi asosida didaktik,
metodik, pedagogik-psixologik, estetik va gigiyenik talablarga javob beradigan,
о‘quv fanining mavzulari tо‘liq yoritilgan, uning asoslari mukammal
о‘zlashtirilishiga qaratilgan, о‘quv fanining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan
holda ta‘lim oluvchilarning yoshi va psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan
holda ishlab chiqiladigan, nazariy ma‘lumotlardan tashqari amaliy-tajriba va sinov
mashqlarini qamrab olgan kitob shaklidagi о‘quv nashri.
Mashq daftari — darslikning tarkibiy qismi hisoblanadigan, davlat ta‘lim
standartlariga muvofiq о‘quvchilar tomonidan egallangan bilim va kо‘nikmalarni
mustahkamlash hamda о‘quv fanining mavzulariga mos ravishda ishlab chiqilgan,
mantiq va tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan (krossvordlar, boshqotirmalar,
mantiqiy fikrlashga undovchi topshiriqlar va hokazo) topshiriqlardan iborat
bо‘lgan didaktik vosita.
О‘qituvchi uchun metodik qо‘llanma — darslikdagi har bir mavzuni samarali
о‘qitish metodikasi, qо‘shimcha sinov topshiriqlari va о‘qituvchining darsni
qiziqarli tashkil etishiga oid boshqa metodik kо‘rsatmalar berilgan, har bir darsning
maqsadi, darsda foydalaniladigan vositalar va ulardan foydalanish usullari,
darsning mazmuni, amaliy mashg‗ulotlar, qо‘shimcha topshiriqlar va boshqalar
haqida metodik kо‘rsatmalar aniq bayon qilingan kitob shaklidagi о‘quv nashri.
Darsliklarning
multimediali
ilovalari
—
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari yordamida о‘quv faniga oid materiallarni davlat ta‘lim standarti va
о‘quv dasturiga mos ravishda yorita oladigan, о‘quv fanini samarali
22
о‘zlashtirishga, о‘quvchilarning mustaqil ta‘lim olishiga kо‘maklashuvchi hamda
video, ovoz, animatsiya, jadval, matn va lug‗atlarni о‘z ichiga olgan, bilimlarni
nazoratdan о‘tkazish va mustahkamlashga yо‘naltirilgan, о‘quv fanining asosiy
mazmunini boyitadigan qо‘shimcha materialga ega bо‘lgan yoki shu kabi
manbalarga murojaatlarni о‘z ichiga olgan interaktiv elektron axborot-ta‘lim
resursi.
Elektron qoʻllanmalar. Elektron qoʻllanmalar ta‘lim jarayonini tashkil etishda
quyidagi funksiyalarni bajaradi:
О‘rganilishi kerak bо‘lgan materialning bir qismini о‘qituvchining о‘rniga
tushuntirib berishi;
О‘qituvchinin gtushuntirishini kо‘rsatib berishi;
О‘rganilayotgan hodisaning, qonunnning texnik jihatdan qо‘llanilishi,
mavzuga yakun yasashi;
Yangi mavzuga kirish vazifasini bajarishi;
О‘quv sayrlarini о‘tkazishning iloji bо‘lmasa, uning о‘rnini bosishi mumkin.
Demak, fanlarni axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanib dars
tashkil etilsa, о‘quvchilarning ijodkorligi, mustaqil fikrlay olishi, bilim
samaradorligi, fanga bо‘lgan qiziqishi yanada ortadi.
Oʻqitish vositalaridan ijodiy foydalanish va yasaladigan koʻrgazmali
koʻrsatmalar.
Koʻrsatmali qoʻllanmalar. Koʻrgazmali oʻqitish — bu oʻquvchilarning tegishli
kuzatishlariga tayanadigan oʻqitishdir, biroq koʻrgazmali oʻqitishni faqat koʻrsatma
qoʻllanmalardan foydalanib oʻqitish deb tushunish kerak emas.
Darslarda koʻrgazmalilik printsipini amalga oshirishda, bir tomondan,
oʻquvchilarning idrok etishlariga, ikkinchi tomondan, ularning tasavvurlariga
tayaniladi. Birinchi holda koʻrsatma qoʻllanmalar zarur, ikkinchi holda esa
koʻrsatma qoʻllanmalarsiz ish olib borish mumkin, bu holda bolalarning
tajribalarini, ilgari toʻplagan tasavvurlarini aktivlashtirish kerak.
23
Ta‘lim tizimida barcha fundamental bilimlar asosan an‘anaviy bosma shaklda
tayyorlangan oʻquv adabiyotlar, ovozli variantlar va video ishianmalar orqali
olinadi. Elektron darslik esa bilim oluvchilarning tasavvurini kengaytirishga,
dastlabki bilimlarini rivojlantirishga va chuqurlashtirishga, yangi qoʻshimcha
ma‘lumotlar bilan toʻldirib borishga moʻljallangan boʻlib, ixtiyoriy fanlar boʻyicha
yaratiladi.
Elektron darslik - bu davlat ta‘lim standard asosida mutaxassislik va
yoʻnalishlar boʻyicha fanlarning alohida boʻiimlariga oid nashrlar, namunaviy va
ishchi oʻquv dasturi, shuningdek, mashqlar va masalalar toʻplarni boʻyicha video
ishianmalar, turii sxemalar, atlaslar, tajriba ishlar yuzasidan koʻrsatmalar, testlar va
boshqa ma‘lumotlar boʻlishi mumkin. Rasmiy asnoda olib boriladigan elektron
darslik boʻyicha barcha materiallar birinchi navbatda mavjud standartlarga mos
boʻlishi lozim.
Oʻqitishning elektron vositalari. Oʻqitish jarayoni pedagog, ta‘lim oluvchi va
oʻqitish vositalarining oʻzaro ta‘siridan iborat. Hozirgi zamon kompyuter vositalari
va axborot texnologiyalari imkoniyatlari oʻqitish vositalariga oʻqituvchi va ta‘lim
oluvchi vazifalarining bir qismini yuklash imkonini beradi .
Darsni axborot – kommunikatsiya texnologiyalari asosida oʻqitish oʻqituvchi
va ta‘lim oluvchilar ishini ancha osonlashtiradi.
Xususan, boshlang‗ich sinflarda fanlarni kompyuter vositalari asosida oʻqitish
quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
- Oʻqituvchini takrorlanuvchi mehnatdan xalos etadi va uning vaqtini tejaydi;
- yaqqol tasvirlar natijasida oʻquvchilarda fazoviy tasavvurlar shakllanadi;
- oʻquvchilarning ish tartibini tez oʻzlashtirishini ta‘minlaydi;
- fanga oid nazariy ma‘lumotlar koʻrgazmali vositalar (rangli tasvirlar,
ularning fazoviy koʻrinishlari) yordamida tushuntiriladi va natijada talabalarda
ilmiy bilishga ehtiyoj ortadi;
Kompyuter ekranida sodir boʻlayotgan hodisalarni oʻquvchi koʻrib va eshitib,
fikrlash orqali bilishga intiladi. Oʻquvchi sezgi organlari yordamida monitorda
24
sodir boʻlayotgan voqea va hodisalarni idrok eta boshlaydi. Chunki monitorda
ularning xossa va xususiyatlari aks ettiriladi. U dastavval hissiy bilish orqali
ekrandagi hodisa va voqealarni (bir necha bor kuzatib) bir – biridan alohida holda
oʻz ongida aks ettiradi. Shu sababli narsa va hodisalar oʻrtasidagi bog‗lanishni
nazardan chetda qoldiradi. Masalan ekranda biror predmetning, geometrik
chizmalarning, yoki hodisalarning namoyish etilishi bilan oʻquvchi ushbu
tasvirlarning mohiyatiga etibor qaratmasligi mumkin. Boshqa hodisalarning
yuzaga kelish jarayonlari, kechishi, boshqa predmetlar bilan aloqadorligi kabilar
bilan tushuntirilganda, va bir necha bor kuzatganidan soʻng, hissiy bilishdan aqliy
bilishga oʻtib, masalaning mohiyatiga e‘tibor bera boshlaydi.
Oʻquvchining ekranda sodir boʻlayotgan voqea, hodisalarni tahlil etish va
sintez qilishi juda muhim ahamiyatga ega. Analiz va sintez oʻquvchining bilish
jarayonini tezlatadi. Analiz – sintez murakkab ob‘ektlarni oddiy elementlarga,
muhim va nomuhimlarga, voqea va hodisalarni turkumlarga ajratish shartlaridan
biridir. Tahlil etishdan asosiy maqsad qism (element) larni butun (shakl, jism) ning
unsurlari sifatida bilish, ular oʻrtasidagi aloqa va qonuniyatlarni aniqlashdan iborat.
Ma‘lumki, kompyuter axborotlarni kiritish, toʻplash va ular ustida turli xil
arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish xamda ularni taxlil etish uchun
moʻljallangan. Shuni alohida ta‘kidlab oʻtish lozimki, namoyish qilinayotgan
material qanchalik sodda, tushunarli boʻlmasin, hayot bilan uzviy bog‗lab
tushuntirilmasa, materialni esda saqlab qolish va oʻquvchilarning bilishga boʻlgan
ehtiyojini oshirishga xizmat qilmasligi mumkin.
Ammo, yangi axborot texnologiyalarini joriy qilishning maqsadga
muvofiqdigi xaqi da gapirganda boshlang‗ich sinf oʻquvchilarining oʻziga xos yosh
xususiyatlarini e‘tiborga olmasdan boʻlmaydi. Kagor psixolog va pedagoglar bu
yoshdagilarga kompyuter texnikasini qoʻllashdagi xorij salbiy tajribasini tanqidiy
baholab (fikr bildirib), faoliyatning borlikdagi predmetlar olami bilan boglanganlik
xususiyatining (faoliyatni ob‘ektlar bilan emas, balki ularning modeli, belgili,
25
ramziy turli shakllarni tasvirlash, shu bilan bog‗lik ravishda real ma‘nosini
yukotishi) mumkinligi xaqida ogohlantiradi.
Bularning xammasi kompyuterdan foydalanishni jiddiy cheklaydi, ta‘lim
jarayonining kompyuter, oʻquv dasturlari bilan ta‘minlanishi va uni tashkil
qilinishiga oid qator talablarni oʻrtaga tashlaydi.
Birinchidan, kompyuterlar yuqori grafik imkoniyatga va sifatli rangli
monitorga ega boʻlishi maqsadga muvofiq.
Ikkinchidan,
dastur
ta‘minoti
axborot
madaniyatini
shakllantirishni
ta‘minlashi, kompyuterdan predmetlar dunyosi xaqidagi bilimlarni shakllantirish
uskunasi va predmetlar dunyosining faol elementi, oʻlchov uskunasi, predmet
dunyosining aksi va ta‘sir etuvchisi sifatida foydalanish kerak.
Uchinchidan, oʻquv jarayoni shunday tashkil etilishi kerakki, oʻquvchilarni
kompyuter muxitiga jalb qilish ularning amaliy faoliyatining bir boʻlagi boʻlib,
ularning mantikiy va obrazli tafakkurining rivojlanishiga, oʻz faoliyatini nazariy
jixatdan faxmlashiga, turli modellashtirish, konstruksiyalash va shularga doir
masalalar еchishiga qaratilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |