Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti b. S. Abdullayeva, N. Sh. Ruzikulova



Download 5,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/89
Sana28.06.2022
Hajmi5,61 Mb.
#715425
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   89
Bog'liq
fayl 1505 20210818

Savol va topshiriqlar
1. Axborot texnologiyasi tushunchasi ta‘riflang. 
2. Ta‘limda axborot texnologiyalarini qoʻllanilishining asosiy maqsadlarini 
ayting. 
3. Axborot kommunikatsion texnologiyalardan (elektron darslik, о‘quv film, 
vertual laboratoriya ishlari) dars jarayonida foydalanish о‘quvchi foaliyatiga 
qanday imkoniyatlarni yaratadi? 
5-§. OʻQUV JARAYONIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING 
ASOSIY YOʻNALISHLARI VA UNI TADBIQ ETISH 
Tayanch soʻz va iboralar:
 axborot texnologiyalari, axborotlashtirish, ta‟lim, 
jamiyat,inson, mashina, kommunikatsiya. 
XXI asr – axborotlashtirilgan jamiyat sari asrida axborot texnologiyalarning 
roli va oʻrni kundan – kunga oʻsib borib, hamda har bir jabhaning ajralmas qismiga 
aylanib bormoqda. Bugungi kunda hayotimizni axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarisiz tassavur etib boʻlmaydi. Oʻzbekistonda ta‘lim jarayonida AKTni 
qoʻllash boʻyicha keng qamrovli ishlar olib borilmoqda va uning huquqiy va 
me‘yoriy asoslari yaratilgan boʻlib, ta‘lim jarayonida AKT ni qoʻllash va bu orqali 
ta‘lim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan. 


30 
Oʻzbekistonda axborotlashtirish jarayonida uning ham jamiyat, ham 
shaxsning oʻrni beqiyosdir. Axborotlashtirish har bir istagan sohasini tubdan 
oʻzgartirish qobiliyatiga ega. Bunday sharoitda jamiyatdagi har bir shaxsning 
barkamollik sari intilishlari roʻyobga chiqadi. Chunki kerakli axborotlarni oʻz 
vaqtida olish bilan birga ulardan toʻg‗ri foydalana olish insonni ijtimoiy jihatdan 
rivojlanishiga sabab boʻladi. 
Axborot texnologiyalari qoʻllanadigan darslarning qulayligi shundaki, unda 
oʻquvchining oʻquv materiallarini oʻzlashtirib olayotganligini doimiy ketma – ket 
kuzatishga, nazorat olib borishga, kerak holarda tuzatishlar kiritib borishga 
imkoniyat yaratiladi.
Shuning uchun ham axborot texnologiyalari asosidagi darslarda qiziqish, 
oʻzini - oʻzi boshqarish, yangi bilimlarni oʻzlashtirib borishga intilish dars 
oxirigacha saqlanib qoladi. Bunday darslarda oʻquvchining bilim olish 
motivatsiyasi oshib boradi. 
Axborot texnologiyalarining ta‘lim jarayoniga kirib kelishi bilan ―Inson va 
kompyuter‖ muammosi markaziy muammolardan biri boʻlib qolmoqda. Ta‘lim 
jarayoni - axborot, ayniqsa, uning oliy shakli boʻlmish bilimlarni ishlab chiqarish, 
saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish jarayonidir. Bu jarayonning toʻg‗ri, 
maqsadli tamonga qaratilgan yoʻnalish, imkoniyatlarini topishga toʻg‗ri keladi. 
Ta‘lim tizimi oldida keng oʻquvchilar ommasini axborot olish va qayta 
ishlash madaniyatini oʻstirish va shakllantirishdek vazifalar turibdi. Pedagog 
bolalarga axborot uzatish jarayonida ularga ta‘limiy va tarbiyaviy ta‘sir etib boradi. 
Bu jarayonning muvaffaqqiyatli kechishida oʻqituvchining oʻzi tobora 
maslahatchiga, yoʻl–yoʻriq koʻrsatuvchiga, oʻquv jarayonining boshqaruvchisiga 
aylanib boradi. Oʻqituvchi axborot egasi, tarqatuvchi funksiyalarni axborot 
texnologiyalari zimmasiga yuklab boradi. Bunda bosh masala bilimlar olarniga 
kirish, u bu olamning resurslaridan qanday foydalana olish va oʻzlashtira olishiga 
bog‗liq boʻlib qoladi. Oʻquvchi axborot ummonida yangicha qoidalarni oʻrganishi, 
barcha oʻquv fanlari kesimida axborot olishi, uni qayta ishlay olishi zarur boʻladi. 


31 
Ta‘limda oʻqitishning va bilimlarni oʻzlashtirishrishning nutq, soʻz, tovush 
bilan bog‗langan usullari ikkinchi navbatga oʻtib, oʻqitishning tasavvurlar, 
shakllar, rang, tasviriy koʻrsatuvlar bilan bog‗liq usullari birinchi oʻringa oʻta 
boshlaydi.
Global kompyuter tarmoqlarining vujudga kelishi kishilar muloqotining 
kitob, gazeta va televideniedan farq qiluvchi yangi oʻziga xos usul va shakllarini 
vujudga keltirmoqda.
Bu usullar endi kishilik munosabatlarining yangi shakllari, faoliyatlarining 
yangicha turlari, tafakkur qilish va oʻzini – oʻzi anglashning oʻzgacha tarzi bilan 
xarakterlanadi.
Axborotlar ustida ish olib borish, ularni uzatish va foydalanuvchiga 
axborotlarni еtkazish axborot – kommunikatsiya texnologiyalari orqali amalga 
oshiriladi. Bunda kompyuter va inson oʻrtasida oʻzro kommunikatsiya oʻrnatiladi. 
Shuni ta‘kidlab oʻtish lozimki, pedagogik jarayonda kommunikatsiya ushbu 
jarayonning eng muhim tashkil etuvchi qismi hisoblanadi.
Ba‘zi hollarda muloqot va kommunikatsiya oʻzoro sinonim tarzida 
qoʻllanilib kelinadi. Ba‘zi adabiyotlarda ular quyidagicha farqlanadi. 
Muloqot (munosabat) birgalikda faoliyat koʻrsatuvchilar oʻrtasida axborot 
ayirboshlashni oʻz ichiga oladi. Bunda munosabatning kommunikativ (oʻzaro 
aloqaga doir) jihati hisobga olinadi. 
Kommunikatsiya – jonli va jonsiz tabiatdagi tizimlar oʻrtasida axborot 
almashinuvini anglatadi. Insonning texnik vositalar bilan aloqa qilishi bu - 
kommunikatsiya. Muloqot esa faqat insonlar oʻrtasidagina amalga oshirilishi 
mumkin. Inson bolasi aynan boshqalar bilan muloqotda va munosabatda boʻlish 
jarayonida shaxsga aylanib boradi, ijtimoiy tajriba va madaniyatni egallab boradi.
Muloqot – odamlar oʻrtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib 
chiqadigan bog‗lanishlar rivojlanishining koʻp qirrali jarayonidir. Muloqot 
birgalikda faoliyat koʻrsatuvchilar oʻrtasida axborot ayiraboshlashni oʻz ichiga 
oladi. Bunday axborot ayirboshlash munosabatining kommunikativ shakli sifatida 


32 
ta‘riflanadi. Odamlar muloqotga kirishayotganda ular tildan foydalanadilar. 
Muloqotning ikkinchi jihati – muloqotga kirishuvchilarning oʻzaro birgalikdagi 
harakati – nutq jarayonida faqat soʻzlar bilan emas, balki, xatti – harakatlar bilan 
ham bir – birini tushunishdan iborat. 
Ta‘lim jarayoni – bu avvalo axborot almashinish jarayonidir. Oʻqituvchi 
oʻquvchiga bilimlarni ma‘lum qiladi (tegishli axborot beradi) va oʻz navbatida 
teskari aloqa tarzida undan bayon qilingan bilimlar qanday oʻzlashtirilganligi 
haqida tasavvur hosil qiladigan axborot oladi. Bu axborot oʻquvchilarning diqqat 
bilan oʻtirishlarida, oʻqituvchiga qarab turishlarida, yuz ifodalarida oʻz aksini 
topadi. Agar teskari aloqa boʻlmaganda edi, oʻqituvchi bergan axborotining 
oʻquvchilar tomonidan qanday qabul qilinayotganini bilmagan boʻlar edi. Teskari 
aloqa oʻqituvchiga oʻz nutqini davom ettirish yoki toʻxtatish, ish turini oʻzgartirish, 
umuman, faoliyatini korrektura qilish imkonini beradi. 
Xuddi 
shu 
kabi 
kompyuter 
va 
ta‘lim 
oluvchi 
oʻrtasida 
kommunikatsiyanining samaradorligini belgilovchi va natijalarini kafolatlovchi 
oʻqituvchi hisoblanadi.
Kommunikatsiya (lot communikatio) – informatsiya (axborot)larni 
almashish jarayoni. Jismoniy va ijtimoiy nuqtai nazardan yondashiladigan 
kommunikatsiyalar 
mavjud. 
Jismoniy 
nuqtai 
nazardan 
yondashiladigan 
kommunikatsiya aloqa ham deb ataladi. Inson yaratgan texnikaviy tizimlarda 
quyidagi 4 ta asosiy kommunikatsiya turi bor:
Inson – inson; 
Inson – mashina; 
Mashina – inson; 
Mashina – mashina.
Texnikaviy darajadagi kommunikatsiya jarayonlarida turli xil sun‘iy 
tillardan foydalaniladi. Ijtimoiy nuqtai nazardan yondoshiladigan kommunikatsiya 
guruh yoki tashkilot ichidagi, butun jamoa ichidagi alohida shaxslar oʻrtasida aloqa 
almashish jarayonini oʻz ichiga oladi. Bunday turdagi kommunikatsiya asosan, 


33 
tabiiy til yordamida amalga oshiriladi. Yakka kommunikatsiyada inson axborotni 
aniqlashi va idrok etishi katta ahamiyatga ega. Guruh ichidagi kommunikatsiya 
uchun shu guruh yoki a‘zolari oʻrtasida munosabatlarning taqsimlanishi, qabul 
qilingan kommunikatsiya qoidalarining xususiyatlari ahamiyatli
3
.
Ta‘lim jarayoni kommunikatsiya va qaytar aloqa singari oʻzaro ta‘sir 
jarayonlaridan iborat. Bu jarayon muvaffaqiyatli boʻlishi uchun u albatta qayta 
aloqaga ega boʻlishi - sub‘ekt oʻzaro ta‘sir natijalari haqida axborot olishi kerak. 
Kommunikator oʻzi uzatgan axborotni retsipient (qabul qiluvchi) qanday qabul 
qilishini va qanday munosabatda boʻlayotganligini qayta axborot ma‘lumotlariga 
asoslanib bilib oladi. Muomalada suhbatdoshni yoki tinglovchini idrok etish bir-
birini tushunishning asosiy shartidir. Agar oʻqituvchi oʻquvchilari uni qanday idrok 
etayotganligini, tushunayotganligini anglay olmasa, pedagogik munosabat samarali 
natija bermaydi. 
Ta‘lim jarayonida axborot – kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish 
zamon talabidir. Oʻqitishning zamonaviy usullari va axborot – kommunikatsiya 
texnologiyalarini qoʻllamasdan turib, oʻqituvchi oʻz kasbiy faoliyatida samarali 
natijalarga erisha olmaydi. Ammo bunda ta‘limning maqsad va mazmuni, usul va 
vositalari hamda tashkiliy shakllarini toʻg‗ri tanlash muhim ahamiyatga ega. 
Axborotlar 
oqimining 
ortib 
borishi 
va 
ta‘lim 
metodlarining 
murakkablashishi bilan ta‘limni asosan an‘anaviy usulda tashkil etish tobora 
qiyinlashib bormoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari oʻquv 
jarayonida alohida ahamiyatga ega boʻlib, ta‘lim sohasi uchun nihoyatda keng 
imkoniyatlarni taqdim qiladi: 
-
differensial va individual oʻqitish jarayonini tashkil qilishi; 
-
teskari aloqa bog‗lashi: oʻquvchilarning oʻzini-oʻzi nazorat qilish va 
tuzatib borishi; 
3
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 4 tom. Toshkent.: ―O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi‖ davlat ilmiy 
nashriyoti. 2002-yil. 704-bet. 681-bet.


34 
-
darslarda animatsiya, grafika, multiplikatsiya, ovoz kabi kompyuter va 
axborot texnologiyalardan foydalanilishi; 
-
oʻquvchilarga fanni oʻzlashtirish uchun koʻnikmalar hosil qilishi va 
hokazo. 
Bilishning asosini amaliyot tashkil etadi. Axborot texnologiyalari esa ana 
shu jihatdan ham oʻz ustunligiga ega. Oʻrganilgan nazariy bilimlarning texnik 
vositalar asosida amaliy jihatdan ham yoritib berish imkoniyatining mavjudligi 
oʻquvchilarning ta‘lim jarayonida yanada faol ishtirok etishini ta‘minlaydi. 
Axborotni qabul qilish va oʻzlashtirish, ikki tomonlama muloqot (oʻqituvchi va 
oʻquvchi, oʻquvchi va oʻquvchi oʻrtasida)ni samarali tashkil etish oʻquvchilar 
faolligining yuqori boʻlishini talab etadi. Oʻquv-tarbiya jarayonida axborot-
metodik 
ta‘minotini 
amalga 
oshirishda 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarning bajaradigan asosiy vazifasi - ikki tomonlama muloqotni 
ta‘minlashdir. Teskari aloqasiz, oʻqituvchi va oʻquvchi orasidagi doimiy 
muloqotsiz oʻqitish mumkin emas. Bu jarayonning samarali tashkil etilishida 
oʻquv-biluv motivlari alohida oʻrin kasb etadi. 
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari esa oʻz navbatida motivlarni 
yuzaga keltiruvchi eng muhim omillardan biridir. Chunki, axborotlarning 
jamlanganligi, koʻrgazmaliligi, ya‘ni turli xil taqdim etish imkoniyatlariiing 
mavjudligi, animatsiyalardan foydalanish, ta‘lim-tarbiya oluvchilarning yoshi va 
fiziologik xususiyatlariga mos axborotlarni taqdim etib borish oʻquvchilarda 
ta‘limga boʻlgan qiziqishni va bilim olishga boʻlgan ichki harakatlantiruvchi 
kuchlar(motiv)ni yuzaga keltiradi. Bu borada olib boriladigan ishlar mazmuni 
motivni oʻstirishga, uni qoʻya bilishni oʻrgatishdan iborat.
Axborotlashtirish 
axborot 
jarayonlarini 
rivojlantirish 
vosita 
va 
sharoitlarining butun majmui boʻlib, tegishli texnik, bazani yaratish, tashkiliy, 
iqtisodiy, madaniy-ma‘rifiy islohotlar qilishni oʻz ichiga oluvchi jarayon boʻlib, u 
ta‘limni texnologiyalashtirishga keng imkoniyatlar yaratadi.


35 
Insoniyatning 
axborot 
ishlab 
chiqarish 
boʻyicha 
imkoniyatlarini 
kuchaytiruvchi zamonaviy texnologiyalar, axborotlashgan jamiyatning intellektual 
salohiyati sifatini ham belgilaydi va bunday jarayonlar axborotlashtirish sanoatini 
muntazam rivojlanishini ta‘minlaydi.
Axborotlardan samarali foydalanish asosida faoliyat koʻrsatish quyidagi 
vazifalarni hal etishning ma‘qul yoʻllarini ta‘minlab beradi:
-
manba va unda kechadigan jarayon toʻg‗risidagi ma‘lumotlarni qayta 
ishlash;
-
jarayonlar kechishi haqidagi davriy ma‘lumotlarni muntazam olib turish 
va ular asosida nazoratlar olib borish. 
Oʻqitishning hisoblash texnikasi vositalaridan foydalanish, oʻquvchiga 
oʻqituvchi va (yoki) axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tomonidan xabar 
qilinadigan bilimlarni oʻzlashtirishni hamda ta‘lim oluvchining oʻrganilgan 
materialni qayta yaratish, uni oʻxshash (analogik) vaziyatlarda qoʻllashga oid 
faoliyatini tashkil qilishni koʻzda tutadi. Mazkur metodni axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalaridan foydalanish bilan qoʻllash ta‘lim jarayonini tashkil qilish 
sifatini jiddiy yaxshilash imkonini bersa-da, biroq oʻquv jarayonini an‘anaviy 
qoʻllanadigan 
sxemadan 
(axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarisiz) 
foydalanilganiga nisbatan tubdan oʻzgartirishga imkon bermaydi. Bu jihatdan 
muammoli xamda tadqiqotchilik metodlaridan foydalanish koʻproq oʻzini oqlaydi. 
Oʻqitishning muammoli metodi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining 
oʻquv jarayonini qandaydir muammoni qoʻyish va uni hal qilish еchimlarini izlash 
sifatida tashkil qilishga oid imkoniyatlaridan foydalanadi. Asosiy maqsad ta‘lim 
oluvchilarning bilish faolligini oshirishga maksimal darajada koʻmaklashishdan 
iborat. Ta‘lim jarayonida olinayotgan bilimlar asosida turli toifadagi masalalarning 
еchilishi, shuningdek, qoʻyilgan muammoni hal qilish uchun zarur boʻladigan qator 
qoʻshimcha bilimlarni olish va tahlil koʻzda tutiladi. Bunda axborotni toʻplash, 
tartiblashtirish, tahlil va uzatishga oid koʻnikmalarni egallashga alohida e‘tibor 
karatiladi. 


36 
Eng soʻnggi texnik yutuqlar koʻpincha ta‘lim jarayonida oʻzining munosib 
oʻrnini egallagan, bu ma‘noda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ham 
istisno emas. Oʻquv jarayonida kompyuterlardan foydalanish boʻyicha dastlabki 
tajribalar hisoblash texnikasidan foydalanish ta‘lim jarayoni samaradorligini 
sezilarli darajada oshirishi, bilimlarni hisobga olish va baholashni yaxshilashi, 
qiyin vazifalarni hal qilishda oʻqituvchining har bir ta‘lim oluvchiga yakka tartibda 
yordam berishini ta‘minlash kabi imkoniyatlarni yaratadi. 
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari soʻz, raqam, tasvir, tovush va 
boshqa koʻrinishlarda beriladigan axborotni qayta ishlash uchun keng imkoniyatli 
vosita sanaladi. Ularning vosita sifatidagi asosiy xususiyati axborot olish va qayta 
ishlash bilan bog‗liq turli xil amallarni bajarish uchun sozlash (dasturlashtirish) 
imkoni mavjudligidir. 
Oʻquv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish 
foydalanuvchilarning tafakkur koʻnikmalarini va murakkab vazifalarni hal qilish 
malakalarini rivojlantirishning yangi yoʻllarini ochib beradi, ta‘limni faollashtirish 
uchun prinsipial yangi imkoniyatlarni taqdim qiladi. Axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari dars va mustaqil mashg‗ulotlarni yanada qiziqarli va ishonchli, 
oʻrganiladigan axborotning katta oqimini oson oʻzlashtiriladigan qilish imkonini 
beradi. 
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarining ta‘limning boshqa 
texnik vositalariga qaraganda asosiy ustunliklari nozikligi, ta‘limning turli 
modellari va algoritmlariga sozlash, shuningdek, har bir ta‘lim oluvchining xatti-
harakatlariga yakka tartibda reaksiya qilish imkoniyati sanaladi. Bunday 
vositalardan 
foydalanish 
ta‘lim 
jarayonini 
yanada 
faollashtirish, 
unga 
tadqiqotchilik va izlanuvchanlik xarakterini bag‗ishlash imkonini yaratadi. 
Darsliklar, televidenie va kinofilmlardan farqli oʻlaroq, axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari ta‘lim oluvchining xatti-harakatiga zudlik bilan javob berish, turli 
toifadagi ta‘lim oluvchilar uchun materialni takrorlash, tushuntirish, puxtaroq 
tayyorgarlikka ega boʻlgan ta‘lim oluvchilar uchun yanada murakkab va oʻta 


37 
murakkab materialga oʻtish imkoniyatini ta‘minlaydi. Bunda individual sur‘atlarda 
oʻqitish oson va tabiiy tarzda amalga oshiriladi. 
Bilimlar hajmining ortib borishi va tahlil metodlarining murakkablashishi 
bilan ta‘limni asosan an‘anaviy usulda tashkil etish tobora qiyinlashib bormoqda. 
Murakkab muammolarni tushunish va hal qilish malakalari, juda katta hajmdagi 
dastlabki ma‘lumotlarni foydali umumlashtira olish qobiliyati - bularning hammasi 
katta ahamiyat kasb etib, oʻquvchilardan yanada faol boʻlishni talab etadi. Aynan, 
shu nuqtai nazardan kompyuter ta‘lim sohasi uchun nihoyatda keng imkoniyatlar 
taqdim qiladi. 
Oʻqitish (mustaqil oʻqishdan farqli oʻlaroq) ta‘rifiga muvofiq muloqotli 
hisoblanadi. Zamonaviy axborot texnologiyalari muhitida didaktika, zamonaviy 
axborot texnologiyalaridan faol foydalanish orqali bilimlarning samarali 
oʻzlashtirishga yoʻnaltirilgan oʻquv faoliyatining keng jabhali turlarini salohiyati, 
axborotni qabul qilish va oʻzlashtirish qobiliyatlariga bevosita bog‗liq boʻlmoqda. 
Elektron resurslarining afzalliklari qatoriga axborotlarning jamlanganligi, 
koʻrgazmaliligi, ya‘ni turli xil taqdim etish imkoniyatlarining mavjudligi, 
animatsiyalardan foydalanganligi, ta‘lim-tarbiya oluvchilarning yoshi va fiziologik 
xususiyatlariga mos axborotlarni taqdim etib borish jihatlarini kiritish mumkin. Bu 
oʻquvchilarda ijodiy fikrlashni, tarbiyaviy koʻnikma va malakalarni rivojlantirish 
orqali resurslarni har tomonlama chuqur oʻzlashtirilishiga imkoniyatning 
mavjudligi bilan alohida ahamiyatga ega. 
Bizning fikrimizcha, uzluksiz ta‘lim-tarbiya jarayonlariga axborot 
texnologiyalarini tatbiq etishda asosiy vazifalar sifatida quyidagilarni keltirish 
mumkin: 
• yangi axborot texnologiyalarini ta‘lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etishning 
zaruriy moddiy-texnika bazasini yaratish; 
• ta‘lim-tarbiya jarayoni uchun zamonaviy axborot texnologiyalarini 
loyihalash va qoʻllash; 


38 
• foydalanuvchilarning 
zamonaviy 
axborot 
va 
kommunikatsiya 
texnologiyalari sohasidagi bilim va koʻnikmalarini shakllantirish; 
• zamonaviy texnologiyalar negizida ta‘lim va tarbiya jarayonlaridagi 
samaradorlikni kafolatlash. 

Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish