Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti b. S. Abdullayeva, N. Sh. Ruzikulova


doimiy qayta aloqani tashkil etish



Download 5,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/89
Sana28.06.2022
Hajmi5,61 Mb.
#715425
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   89
Bog'liq
fayl 1505 20210818

doimiy qayta aloqani tashkil etish. 


15 
Oʻquvchilarda zaruriy bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirish 
jarayonini muvaffaqiyatli boshqarish uchun oʻqituvchi pedagogik ta‘sir 
koʻrsatishning natijalari qandayligi toʻg‗risidagi ma‘lumotga ega boʻlishi, ya‘ni 
doimiy qayta aloqaga ega boʻlishi kerak. Qayta aloqali tizim oʻz ichiga bevosita 
aloqa, qayta aloqa va bevosita aloqani korreksiyalashni kiritadi. Har bir darsda 
qayta aloqa joriy nazorat shaklida amalga oshiriladi. Undan tizimli foydalanish 
oʻqituvchiga avvalgi material qanday oʻzlashtirilganligini, bolalar dars davomida 
oʻquv materialining mazmunini qanday oʻzlashtirayotganliklarini tekshirish, 
oʻquvchilarning bilimlaridagi boʻshliqlarni aniqlash va mazkur boʻshliqlarni 
bartaraf etish yoki kamaytirishga qaratilgan tegishli korreksiyani amalga oshirish 
imkonini beradi. 
Ammo sinf bilan ishlashda oʻqituvchi har bir oʻquvchining oʻquv 
faoliyatining alohida doimiy operativ nazoratini amalga oshirish imkoniga ega 
boʻlmaydi. Bu ayniqsa boshlang‗ich ta‘limda oʻtkir muammoli masala hisoblanadi. 
kichik yoshdagi oʻquvchilar oʻqishda еtarli tajribaga va bilimlarga ega boʻlmay, 
mazmunida va bajarish metodlarida koʻpgina xatoliklarga yoʻl qoʻyishlari mumkin. 
Vaqtida toʻg‗rilanmagan xatoliklar esa bartaraf etish qiyin boʻladigan 
oʻzlashtiriladigan bilimlar sohasidagi notoʻg‗ri tasavvurlarni mustahkamlaydilar. 
Boshlang‗ich ta‘limda joriy nazoratning eng keng tarqalgan shakli soʻrov 
hisoblanadi. Individual soʻrov oʻqituvchiga oʻzlashtirish darajasi toʻg‗risida toʻliq 
va aniq ma‘lumotlarni olishga imkon beradi, ammo koʻp vaqtni talab etadi, 
oʻquvchilarning diqqatlarini tarqatib yuboradi. Bunda soʻralganlarning tanlovi 
faqatgina bir necha oʻquvchilarni tashkil etadi va bu umuman butun sinfning 
materialni oʻzlashtirganligi toʻg‗risidagi tasavvurga ega boʻlish imkonini 
bermaydi. Natijada oʻqituvchi oʻqitish korreksiyasini еtarlicha samarali amalga 
oshira olmaydi. Frontal soʻrov bir vaqtda barcha oʻquvchilarni qamrab oladi, 
ammo bilimlarni oʻzlashtirishning koʻproq yuzaki tavsirini hosil qiladi. 
Bundan tashqari, agar soʻrov tezkor sur‘atda amalga oshirilsa, fikrlashning 
sustlashgan turiga ega oʻquvchilar oʻqituvchining bergan savollarini anglashga 


16 
ulgurmaydilar va oʻzlarini passiv tutib, darsda yuz berayotganlarga qiziqishlarini 
yoʻqotadilar. Agar soʻrov sust ta‘sirlanishga ega oʻquvchilarga yoʻnaltirilgan 
boʻlsa, unda faol ta‘sirli oʻquvchilarning darsga qiziqishlari yoʻqoladi. 
Og‗zaki soʻrovning mazkur kamchiliklarini yozma ishlar ahamiyatli 
darajada bartaraf etadi. Ammo bunda ham oʻz kamchiliklari mavjuddir. Masalan, 
nazoratning ob‘ektivligi darajasini tashqi yordam pasaytiradi. Yozma ishlar 
oʻqituvchining darsdan tashqari koʻp vaqtini talab etadi va oʻquvchilar oʻz 
ishlarining natijalarini faqatgina keyingi haftada yoki undan ham kech bilishlari 
mumkin boʻladi. Shunga koʻra, ommaviy amaliyotda oʻqituvchi tomonidan uning 
boshqaruvchi ta‘sirlarining natijalari toʻg‗risida joriy axborotni operativ olishi 
sodir boʻlmaydi. 
Axborot texnologiyalaridan foydalanish bilan oʻqitishni tashkil etish doimiy 
toʻliq nazoratni amalga oshirishga imkon beradi va bunda nafaqat oʻzlashtirish 
natijalarini, balki jarayonning oʻzini nazorat qilish mumkin boʻladi. Oʻquvchi 
bajariladigan topshiriqlarning natijasini va yoʻl qoʻyilgan xatolarning sonini dastur 
bilan ishlash vaqtida va ish yakunlanishi bilan yakuniy natijani koʻradi. Qayta 
aloqani bunday qurish ma‘lumotni oʻzlashtirishning toʻg‗riligini ta‘minlaydi, 
ta‘lim oluvchiga u amalga oshiradigan faoliyatning har bir bosqichini anglashga 
imkon beradi, kichik maktab yoshidagi bolalarda shakllanganlik darajasi еtarli 
boʻlmagan, uning oʻz-oʻzini nazorat qilishning maqsadga muvofiqligi va 
zarurligiga ishonchini hosil qiladi. Bolada
 
refleksiya – oʻz faoliyati usullari, hatti-
harakatlari prinsiplarini anglash shakllanadi. 
Kompyuter oʻquvchilarning javoblari toʻg‗risidagi ma‘lumotlarni jamlab 
borishi mumkinligi sababli, oʻqituvchi har bir oʻquvchining materialni 
oʻzlashtirishining barcha bosqichlarining nazoratini amalga oshirish imkoniga ega 
boʻladi. Dasturning nafaqat xatoni, balki uning xususiyatini ham aniqlashi, 
oʻquvchi duch keladigan qiyinchiliklarni yanada aniqroq belgilashga va eng erta 
bosqichlardan korreksion ishlarni yanada toʻg‗ri oʻtkazishga imkon beradi. Qayta 
aloqaning bunday xususiyati oʻqituvchiga ta‘lim oluvchiga individual yondashuv 


17 
boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishga, ta‘lim oluvchilarning faoliyatlariga 
tuzatishlar kiritishga sharoit yaratadi. Bunda oʻqituvchining yozma ishlarga 
sarflanadigan koʻpgina vaqti tejaladi. 

Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish