Oʻzini-oʻzi nazorat va qilish uchun savol va topshiriqlar.
1.
Boshlang‗ich sinflarda dars jarayonini yoritish uchun qoʻllaniladigan
oʻquv vositalari va ularning vazifalarining ayting.
2.
О‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqishning maqsadi bu -...
3.
О‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqishning asosiy vazifalari
nimalardan iborat?
4.
Oʻquv-metodik majmualarni ishlab chiqish qanday prinsiplarga
asoslanadi?
5.
Matematikadan boshlang‗ich sinflar uchun darsliklar, multimedia
ilovalar, koʻrsatmali qoʻllanmalar, mashq daftari, о‘qituvchi uchun metodik
qо‘llanmalarning mazmuni va tuzilishini tahlil qiling.
26
4-§.
AXBOROT
TEXNOLOGIYASI
TUSHUNCHASI
VA
KLASSIFIKATSIYASI.
Tayanch soʻz va iboralar:
axborot, axborot texnologiyalari, ta‟lim, axborot
oqimlari.
Yer yuzida jonli mavjudotlarning paydo boʻlishi bilan birgalikda ularning
taraqqiyoti xamda atrof muhit toʻg‗risidagi, voqea-hodisalar toʻg‗risidagi
ma‘lumotlarni bilish va ular toʻg‗risida axborot olish, shu axborotlar asosida
yashash sharoitlarini belgilash, rivojlanish taraqqiyotini anglash katta ahamiyatga
ega.
Bundan tashqari, vaqt oʻtishi bilan birgalikda tabiatning insonlar tomonidan
oʻrganilishi davomida bu axborotlarga yaratilayotgan va ishlatilayotgan
mashinalar, apparatlar, oʻlchov asboblari, texnologik jarayonlar xaqidagi
axborotlar qoʻshilib bordi.
Axborot odamlar oʻrtasida uzatiladigan ma‘lumotlar hisoblanib, ijtimoiy -
iqtisodiy taraqqiyot darajasini belgilashda katta ahamiyatga ega boʻlib qoldi.
Oʻquv jarayoni axborotni taqdim qilishdek alohida va muhim funksiyani
bajarishi lozim. Bu jarayonda ―Inson – inson‖ va ―Inson – kompyuter‖ oʻrtasidagi
aloqa bog‗lovchi vosita ―axborot‖ hisoblanadi.
Axborot - agarda tayyorlangan ma‘lumotlardan biror narsa (jarayon, hodisa)
toʻg‗risida aniqlikni oshirish maqsadida foydalanilsa, u holda foydalanilgan
ma‘lumotlar
axborot
deb ataladi.
Axborot atrof-muhit ob‘ektlari va hodisalari, ularning oʻlchamlari, xosiyatlari
va holatlari toʻg‗risidagi ma‘lumotlardir. Keng ma‘noda axborot insonlar oʻrtasida
ma‘lumotlar ayirboshlash, odamlar va qurilmalar oʻrtasida signallar ayriboshlashni
ifoda etadigan tushunchadir.
Axborotlarni avloddan – avlodga uzatishning ahamiyati ta‘lim – tarbiya
ishining ahamiyati bilan hamohangdir.
2
2
J.Hasanboev, X. To‘raqulov, M. Haydarov, O. Hasanboeva, Pedagogika fanidan izohli lug‘at. –T.: ―Fan va
texnologiya‖ nashriyoti, 2008-yil. 38-41-bet.
27
Keyingi paytlarda axborotlarning haddan tashqari koʻpayishi sababli, ularni
insonning jismoniy imkoniyatlari doirasida xal etilishi mumkin boʻlmay oldi.
Bunday muammolarni hal etish maqsadida yaratilgan zamonaviy axborot
texnologiyalari va tizimlari, ayniqsa, shaxsiy kompyuterlar insonning eng yaqin
yordamchisiga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |