QO`LYOZMA MANBAINI TAVSIFLASH
Qoʻlyozma — 1) keng maʼnoda — qoʻlda yozilgan yoki yozuv mashinkasida, kompyuterda koʻchirilgan matn. Taniqli shoir va yozuvchilarning oʻtmishda oʻzlari koʻchirib yozgan asarlari dastxati (avtografi); 2) qoʻlda yozilgan asar, yozma yodgorlik. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarigacha Oʻrta Osiyoda matbaa-nashriyot ishlarining sustligi sababli qoʻlyozma' holida kitob tayyorlash keng tarqalgan va bu jarayon mashhur xattotlar tomonidan amalga oshirilgan (qarang Xattotlik). Qadimiy qoʻlyozma'lar muhim adabiy, tarixiy, ilmiy manbalar hisoblanadi va ular payayeografiyada oʻrganiladi; 3) noshirlik ishida — muallif tomonidan nashriyotga taqdim etilgan matn.
Diyorimiz azaldan ilm-ma'rifat o‘chog‘i bo‘lib kelgan. Bu yurtdan ne-ne alloma zotlar yetishib chiqmagan deysiz. Ular qoldirgan ulkan ilmiy meros garchi turli bosqinlar davrida nobud qilingan, olib ketilgan bo‘lsa-da, bizning davrimizgacha yetib kelganlarining adadi, hisobga olinganlari ham kishini hayratga soladi. «Sharqshunoslik institutining qo‘lyozmalar fondi 1943 yilda, o‘sha paytdagi xalq kutubxonasi (hozirgi Milliy kutubxona)ning Sharq bo‘limi asosida tashkil etilgan. Shundan boshlab bu fondda qo‘lyozma manbalarni o‘rganish ishlari boshlangan.Bu yerda dastlabki ish qo‘lyozmalarni tavsiflab, kartotekalar tuzish bo‘lgan. Dastlabki paytda bu joyda madrasalarni bitirgan domlalar ishlagan, ular arab va fors tillarini puxta bilgan ilmli kishilar hisoblangan. O‘sha davrda tuzilgan kartotekalardan hozirga qadar foydalanib kelinmoqda. Dastlabki tavsifdan o‘tgan qo‘lyozmalar keyingi bosqichda ilmiy tavsiflangan. Bu annotatsiya xarakterida bo‘lib, ko‘proq ma'lumot berilgan. Keyinchalik mavzu kataloglari tayyorlana boshlangan va bu ilmiy tadqiqotchilarga yengillik beradi.
O`RTA OSIYO XATTOTLIK SAN`TI TARIXI
Xattotlik (arab. — husnixat yozuvchi), kalligrafiya — yozuv (xat) sanʼati, kitob koʻchirish hamda meʼmoriy inshootlar, badiiy buyumlarning kitobalirini yaratish kasbi. Yozuvning paydo boʻlishi natijasida yuzaga keldi. Ayniqsa, arab yozuvining keng tarqalishi tufayli X.ning rivojlanishi jadallashdi. Sharqda, jumladan, Oʻrta Osiyoda kitob bosish vujudga kelguniga qadar qoʻlyozma kitob tayyorlash, ularning nusxalarini koʻpaytirish (matn koʻchirish) bilan xattotlar shugʻullangan (qarang Kitobat sanʼati). Xattotlar saroylarda, ayrim amaddorlar huzurida guruh boʻlib ishlagan. Jumladan, temuriy shahzoda Boysungʻur Mirzo (1397—1433) Hirotda tashkil qilgan kutubxonada musavvir, naqqosh va boshqa ustalar bilan bir qatorda 40 dan ortiq xattotlar qoʻlyozma kitoblar tayyorlash, yaroqsiz holga kelganlarini taʼmirlash bilan mashgʻul boʻlgan. X. sanʼatiga bagʻishlangan koʻplab risolalar 10 xil asosiy xat uslublari (nasx, kufiy, muxakkak, nastaʼlik, suls, tavqe, taʼliq, devoniy, riko, rikʼiy) mavjudligi haqida darak beradi.
Oʻrta Osiyoda arab yozuvlari tarqalguniga qadar turli yozuv usullari boʻlgan [mas, sugʻdiy, urxunenisey (qad. turkiy xoqon yozuvlar) va boshqa]. Qad. yozuvlardan boʻlgan kufiy yozuvi koʻpgina meʼmoriy va boshqa yodgorlik obidalarining bezagida, saqlanib qolgan. Jumladan, Oʻzbekiston musulmonlari diniy idorasida saqlanayotgan Usmon Qurʼoni ham ana shu kufiy (qad. hijoz adabiy yozuvi)da koʻchirilgan. Qurʼon koʻchirishda nasx, buyruq va farmonlar yozishda tavqe, maktublar bitishda riqo ishlatilgan. Bulardan tashqari tumor, gʻubor, shajariy, tugʻro va boshqa yozuv usullari ham boʻlgan. 15-asrdan kitob koʻchirish (fors, eski oʻzbek tillari)da nastaʼliq xati rayem boʻlgan. X. Markaziy Osiyoda Temuriylar, Shayboniylar va soʻnggi sulolalar (ashtarxoniylar, mangʻitlar) davrida yuksak darajada taraqqiy etgan. Amir Temur davrida Mavlono Shamsuddin Munshiy, sangtarosh va xattot Oltun juda mashxur boʻlgan. Alisher Navoiyning shaxsiy kutubxonasida 11 ta yirik sanʼatkorlar (Sultonali Mashhadiy, Abduljamil Kotib, Darvesh Muhammad Toqiy va boshqalar) X.da samarali ijod kilgan. "Xattotlar sultoni" Sultonali Mashhadiy, Mir Ali Tabriziy va boshqa nastaʼliq xatini sanʼat darajasiga koʻtargan. Temuriy shahzodalar (Ibrohim bin Shohruh, Boysungʻur Mirzo, Badiuzzamon Mirzo va boshqalar) ham X.ka homiylik qilish bilan birga oʻzlari bu sanʼat turi bilan shugʻullangan; Zahiriddin Muhammad Bobur esa yangi xat va alifbo "Xammu Boburiy" ixtirochisidir. Kitobat sanʼati bilan bir qatorda binolarning kitobalari, qabrtoshlardagi bitiklar va buyumlarda X. keng qoʻllanilgan. Shayboniylardan Muhammad Shayboniyxon va Ubaydullaxon X. bilan shaxsan shugʻullangan va nasx xatida yuksak mahorat bilan yozgan. 16-asr Movarounnaxr X. maktabini yuzaga kelishida Mir Ali Hiraviynnsh hayoti va ijodi alohida oʻrin tutadi. Bosmaxona paydo boʻlguniga qadar kotib, xattotlar mehnati kitob tayyorlashda muhim oʻrin tutgan. Bu borada Boysungʻur Mirzo, Alisher Navoiy, Muhammad Rahimxon II (Feruz) va boshqalarning faoliyatlari diqqatga sazovor. 20-asrda yirik kutubxonalarda xattotlar qoʻlyozma kitoblar nusxasini koʻpaytirish bilan shugullandilar. Mas, Navoiy kutubxonasi (Oʻzbekiston milliy kutubxonasi)da bir guruh xattotlar ishlagan. 1943 yilda Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik instituti tashkil topgach, malakali xattotlar (Ibodulla Odilov, Abduqodir Murodov, Abdulla Nosirov, Usmon Karimov va boshqalar) shu yerga toʻplandi: ular koʻhna qoʻlyozmalarni tiklash, koʻchirish, tavsif varaqalari tuzish bilan shugʻullana boshladilar. 20-asr 80-yillariga kelib kitobat sanʼati bir guruh kishilar tomonidan qayta tiklandi. Bunda Habibulla Solih, Abdulla Mirsoatov, Toʻxtamurod Zufarov, Alisher Shomuhammedov va boshqa ning xizmatlari katta. Jumladan, Habibulla Solih Mushafi Usmon Qurʼonining asl nusxasidan pergamentga 3 marta nusxa koʻchirib tayyorlagan (bir nusxasi Malayziyaning KualaLumpur shahrida; pergamentga koʻchirib tayyorlagan yana bir nusxasi Toshkent islom universitetida), Katta Langar Qurʼonidan (SanktPeterburg va Oʻzbekistondagi nusxalari asosida) teriga koʻchirib nusxa tayyorlamoqda. Habibulla Solih 1998 yilda Istanbulda oʻtkazilgan Xalqaro xattotlar bellashuvida "Devoniy" xat uslubi boʻyicha kuchli oʻnlikdan oʻrin oldi; 1999 yilda X.da yangi tarz (naqshin bezak yozuvining alifbosini kashf kilib bu sohada yangilik) yaratgani uchun Lohurdagi Xalqaro xattotlar bellashuvida "Parvin raqam" ("Sharq yulduzi") unvoniga sazovor boʻldi. Abdulaziz Mansurov, Islom Mamatov, Salimjon Badalboyev, Gʻafurjon Haqberdiyev va boshqa bugungi kundagi eng mashhur xattotlardir. X. hozirgi kunda Toshkent sharqshunoslik instituti, Toshkent islom universiteti, Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn intida oʻrgatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |