Ning matnshunoslik fanidan tayyorlagan mustaqil ta`lim mavzulari



Download 146,72 Kb.
bet8/14
Sana26.02.2022
Hajmi146,72 Kb.
#466862
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
XAT TURI

KITOB VA UNING ILK NAMUNALARI
UNESCO tashkiloti bergan ta’rifga ko’ra, 48 va undan ko’p sahifaga ega bo’lgan bosma nashr sharafli KITOB degan nomga ega bo’la oladi. Bugunda biz kitob deganda ustiga matn bosilgan va bir jildga jamlangan qog’oz to’lamini tasavvur qilamiz (albatta, turli tuman muqovalar bilan). Kitob doimo shunday shaklga ega bo’lganmi, degan savolga Andijon shahar Xalq Ta’limi Boshqarmasiga qarashli 14-o’rta maktabning 5-sinf o’quvchisi ham “Yo’q!” deb javob bera oladi.Insoniyat ixtiro qilgan ilk g’ildirak bilan hozirgi eng oxirgi rusmdagi avtomobil o’rtasida qanday farq bo’lsa, birinchi kitob va zamonaviy kitob o’rtasida ham shunchalik katta farq bor.Biz bugun inson bolasi ko’z bilan ko’rib, qo’li bilan ushlay oladigan shakldagi kitoblar haqida so’z yuritamiz. Biroq, buni amalga oshirish uchun KITOB so’zining mag’zini chaqish lozim avvalo.Hamma biladiki, o’zbek tilidagi KITOB so’zi arab tilidan kirib kelgan bo’lib, YOZUV degan ma’nini bildiradi. Axir, kitob bo’lgandan keyin, yoziladida, to’g’rimi?Ingliz tilidagi BOOK so’zi qadimgi normand tilidagi “BӦKA” so’zidan olingan bo’lib, “HARF” degan ma’noga ega. Harf ham borib yozuvga taqaladi.Rus tilidagi “КНИГА” so’zining kelib chiqishini o’rganib hayron qoldim. Bu so’z turkiy tildan kelib chiqqan bo’lib “KUIN BITIG” ya’ni “QOG’OZ O’RAMIGA YOZILGAN YOZUV” degan ma’noni bildirar ekan. Demak, ruscha so’z unchalik ham begona emas ekan bizga.Eng birinchi kitob qanday shaklga ega? Menimcha ilk kitoblar qoya toshlai va g’or devorlari shakliga ega. Aynan shu “kitoblar” orqali biz eng qadimgi insonlar haqida bilim olamiz. Aynan shu kitoblar ular tomonidan YOZIB qoldirilgan. Balki tarixchilar fikrimni rad qilishar, lekin menimcha bunday qoya toshlardagi kitoblar dunyo bo’ylab keng tarqalgan.Insoniyat taraqqiyotida katta ahamiyat tutgan kitob (yozuv) turi bu mix-xatlar bitilgan tosh, sopol, loy lavhalar bo’lib, ular Mesopotamiyada yaratilgan. Ularning noyob namunalari Luvr va Britaniya muzeylarida saqlanadi, o’zim ko’rganman.
XAZOYIN UL-MAONIYNING QO`LYOZMASI VA MATNIY XUSUSIYATLARI
Alisher Navoiyning lirik kulliyoti – “Xazoyin ul-maoniy”ning tuzilgan yilini koʻrsatishda hozirga qadar har xilliklar va chalkash fikrlar mavjud. Aksariyat oʻrinlarda uni Navoiy 1492–1493 yillarda yoki shu yillar orasida tuzgan deyilsa, baʼzi oʻrinlarda bu lirik kulliyotning tuzilgan yili sanasi mutlaqo boshqacha koʻrsatiladi. Chunonchi, H. S. Sulaymonovning “Alisher Navoiy kulliyoti qoʻlyozmalari tadqiqotidan” nomli ilmiy maqolasiga ilova tariqasida tuzilgan “Alisher Navoiy qoʻlyozma kulliyotlarining qiyosiy jadvali”da “Xazoyin ul-maoniy”ning yaratilgan yili hijriy 896, milodiy 1490–1491 yillar, deb koʻrsatilgan. V. Zohidov, Hokim Homidiylar esa yana boshqacharoq sanani koʻrsatadilar. V. Zohidov “Navoiyning yana bir hayotnomasi” nomli maqolasida: “Navoiy Astroboddagi vaqtida juda qizgʻin va unumli ijodiy ish bilan ham mashgʻul boʻladi va natijada avvalgi yaratilgan sheʼrlarini qoʻshib, toʻrt devon – “Xazoyin ul-maoniy”ni yaratadi” deb yozadi. Demak, olimning fikricha, “Xazoyin”ning tuzilishi tarixi 1487–1488 yillarga toʻgʻri keladi. Adabiyotshunos Hokim Homidiyning ham xulosasi shunga yaqinroq, yaʼni uning yozishicha: 1487 yilda Navoiy Astrobodga surgun qilinadi. U bu yerda oʻz sheʼrlarini yigʻib toʻrt devoni – “Xazoyin ul-maoniy”ni tuzishga kirishadi.Marhum navoiyshunos Olim Sharafuddinov ham: “Alisher “Xazoyin ul-maoniy” yoki “Chor devon” nomi bilan shuhrat qozongan mukammal “Devon”ini Astroboddalik vaqtida tuzdi”, – degan fikrni bayon etgan edi.Shu olim tomonidan 1941 yilda tuzilgan “Oʻzbek adabiyoti tarixi xrestomatiyasi”da xam lirik kulliyotni Navoiy Astrobodda tuzgan, deb koʻrsatiladi.N. M. Mallayevning “Oʻzbek adabiyoti tarixi” darsligida kulliyotning tuzilgan davri 1491–1498 yillar orasi deb koʻrsatilgan. Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasining 1-tomida ham kulliyotni 1491–1498 yillar orasida tuzilgan, deyilsa, 12-tomidagi “Xazoyin ul-maoniy”ga bagʻishlangan oʻrinda: “Alisher Navoiy asari 1491–1496 yillarda tartib berilgan”, deb qayd etilgan. “Xazoyin ul-maoniy”ning tuzilgan yili deb 1492–1498 yillar sanasini koʻrsatuvchi avtorlar fikri xususida, avvalo bir narsani alohida qayd etish joiz koʻrinadi. Ularning baʼzilari kulliyotni Navoiy 1492–1498 yillarda tuzdi, deb yozsa, baʼzilari ana shu yillar orasida tuzdi, degan fikrni aytadilar, yana birlari esa 1492–1498 yillar oʻrtasida Navoiy “Xazoyin ul-maoniy” kitobini tuzdi, deb yozadilar. Bu aytilganlardan esa turlicha xulosaga kelish mumkin, yaʼni kulliyot 1492–– 1498 yillarda tuzilgan deyilishiga koʻra, uni tuzish olti yil davom etgan boʻlib chiqadi; shu yillar orasida tuzilgan deyilganda devon ana shu olti yilning birida tuzilgan boʻladi, lekin u qaysi yil ekanligi nomaʼlum. “Xazoyin”ni shoir 1492–1498 yillar oʻrtasida tuzdi deyilishiga kelsak, bunda 1495 yil tushuniladi va demakki, 1492–1498 yillar oʻrtasida deyish oʻrniga 1495 yil deyilaversa boʻlar edi. Demak, Navoiy 1491–1498 yillar mobaynida jami toʻrt devondan iborat “Xazoyin ul-maoniy” lirik kulliyotini tuzdi, deyuvchilarning fikriga koʻra, bu ish 6–7 yil davom etgan, degan xulosa kelib chiqadi. Bu esa, bizningcha, haqiqatdan yiroqroq koʻrinadi. Negaki, juda qisqa bir muddatda, ikki yildan ziyodroq vaqt ichida 51 ming misradan iborat besh doston – “Xamsa” asarini yaratgan Navoiy tayyor sheʼrlardan toʻrt devon tuzishga 6–7 yil sarflamagan boʻlsa kerak. Taniqli navoiyshunoslarimiz toʻgʻri qayd etganlaridek, “Navoiyning yuksak shaxsiy fazilatlaridan biri mehnatsevarligi, doim oʻz ustida, ijodiy rejalarini amalga oshirish ustida tinmay ishlashi edi. U biron asarini uzoq muddat davomida yozmagan. Qaysi asarini yozishga boshlasa, tez yozib tugallagan”. Navoiy lirik kulliyotini 1491 yoki 1492–1498 yillar orasida yaratgan desak, ana shu 6–7 yilning qaysi birida bu ish amalga oshirib boʻlingan, degan savol koʻndalang boʻladi. “Xazoyin” 1491/1492–1498/1499 yillar orasida tuzilgan, degan fikrni birinchi boʻlib S. Volin bildirgan edi. Kulliyotning tuzilishi davri chegarasini 1491–1492 yildan belgilashda u Navoiyning “Xamsat ul-mutahayyirin” asaridagi yozilganlarga asoslanadi. Bu asarda yozilganlardan maʼlumki, Jomiy oʻzining qasida hamda lirik sheʼrlaridan iborat uchta devon tuzadi va Navoiyning taklifiga binoan ularning har birini alohida nomlaydi. Shuning bilan birga uning oʻziga ham turkiy nazmlari nihoyatda koʻp yigʻilganligini taʼkidlab, shu sheʼrlardan iborat alohida nomlar bilan ataluvchi devonlar tuzishni maslahat bergan. Shu voqeadan keyin koʻp vaqt oʻtmay (1492 yil 8 noyabr) Jomiy shamollash tufayli vafot etadi. Mazkur hikoya soʻngida Navoiy ustozining amri itoatini vojib bilgani holda bu ishni amalga oshirganini yozadi. S. L. Volin “Xamsat ul-mutahayyirin” asaridan kelib chiqib, Navoiy bu toʻrt devonni hali Jomiy hayotlik paytida, yaʼni 897 (m. 1491–1492) yilda tuzgan, deya xulosa chiqaradi. Biroq, bu ishni qisaqa vaqt ichida amalga oshirib boʻlmasligini oʻylab, yana ikkilanadi. Shundan keyin u Navoiy devon tuzishni Jomiy hayotlik chogʻida boshlagan va oʻshandayoq tuzilajak toʻrt devonga nomlar topib qoʻygan boʻlgan, ishni esa bir necha yildan keyin tugatgan, degan qarorga keladi va 904/1498–1499 yilda yozib tugallangan “Lison ut-tayr” asarida toʻrt devon tilga olinishiga asoslanib, lirik kulliyot tuzilish davrining ikkinchi chegarasini hijriy 904, milodiy 1498–1499 yil qilib belgilaydi.S. L. Volin yana shu “Xamsat ul-mutahayyirin” asariga suyanib, gʻoyatda ajablanarli bir xulosa chiqaradi. U asarda Navoiy nomlarini atagan 4 devonini shoir lirikasining “yangi” debochali (u “Xazoyin ul-maoniy” uchun yozilgan “Debocha”ni “Badoyi ul-bidoya” “Debocha”sidan farqlash uchun shunday ataydi) turtinchi redaksiyasi, “Xazoyin ul-maoniy”ni esa ana shu toʻrt devondan tanlab olingan sheʼrlardan iborat beshinchi redaksiyasidir, degan qarorga keladi. Shubhasiz, Navoiyning “Xamsat ul-mutahayyirin”da toʻrt devon nomidan keyin lirik kulliyotning umumiy nomi – “Xazoyin ul-maoniy”ni keltirmaganligi Volinda va shuningdek Ye. E. Bertelsda ham chalkash fikr paydo bulishiga sabab boʻlgan.Navoiyning “Xamsat”da keltirgan hikoyasida toʻrt devonning nomini atagani holda lirik kulliyotga “Xazoyin ul-maoniy” deb nom berganini yozmaganligi tasodifiy emas edi. Unda yozilganlardan anglashilishicha, Jomiy Navoiyga ham oʻzi kabi sheʼrlaridan devonlar tuzib, ularning har birini maxsus nomlar bilan atashni taklif qilgan, uning soʻzi bilan aytganda, amr etgan. Navoiyning hikoyadan maqsadi aynan ustozi amr etgandek, toʻrt devoniga toʻrt xil nom bergailigini aytish edi, xolos. Umumiy nom berish haqida ustozi bilan oʻzi oʻrtasida hech qanaqa gap boʻlgan emas. Umumiy nom berish gʻoyasi Navoiyda keyin paydo boʻlgan. Kulliyot “Debochasi”da yozilganlar shundan dalolat beradi. Unda Navoiy doʻsti Husayn Boyqaroning tabʼidagi “maʼni gavharlari”dan hosil boʻlgani uchun (bu mazmundagi jumlani ishlatishda Navoiy yozgan sheʼrlarini Husayn Boyqaro tahrir nazoratidan oʻtkazib turganligini nazarda tutadi) devonlar majmuasiga “Xazoyin ul-maoniy” nomini berganini aytadi va quyidagi ruboiy bilan bu aytganlarini yanada qatʼiylashtiradi:

Download 146,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish