BAYOZ QO`LYOZMA MANBA SIFATIDA
Bayoz (arab. — oq, oqlik)— sheʼrlar toʻplami. Bayozlar ikki va undan ortiq shoirlar sheʼrlaridan tuziladi. Ilk Bayozlar, asosan, mashhur shoirlarning gʻazallaridan tuzilgan, keyinchalik bunga rioya qilinmagan. Bayozlardeyarli lirik janrdagi asarlardan tashkil topadi, unga nasriy parchalar ayrim hollardagina kiritiladi. Bayozlarbiror gʻoya yoki maʼlum davr dunyoqarashini targʻib qilmaydi, umuman saylab olingan asarlarda davriylik ham boʻlmaydi, ular qatʼiy bob va boʻlimga ajratilmaydi, mualliflar ijodi sharhlanmaydi. Kimning sheʼridan qancha kiritish tuzuvchi xohishiga bogʻliq. Bayozlarsarbayoz (soʻz boshi), lirik sheʼrlar (asosiy qism), xotima va ilovadan tashkil topadi. Ayrim Bayozlar da sheʼrlari keltirilgan shoirlar nomi mundarija sifatida beriladi. Baʼzan B.larga xalq ogʻzaki ijodi namunalari: oʻlan, latifa, mutoyiba, maqol, musiqiy asarlar (Buxoro shashmaqomi, Xorazm maqomlari, Fargʻona — Toshkent maqom yoʻllari, ashula va katta ashulalar) ham kiritiladi. Ilk Bayozlar arab sheʼriyati rivojlangan davr (750 — 1O55)da yuzaga kelgan (qarang Tammom, Saolibiy). Turkistonda bayozchilik 10 — 15-asrlar sheʼriyati taʼsirida vujudga keladi. 18 — 19-asrlarga kelib ular mundarija va mazmun jihatdan ancha boyidi. Ayniqsa, Bedil ijodiyoti taʼsirida B. tuzish anʼanaviy tus oldi. Rasmiy va norasmiy Bayozlarbor. Rasmiy B. maxsus kotib, naqqosh, sahhof tomonidan buyurtmaga yoki muayyan shaxs talabiga mos tarzda tuziladi. Norasmiy B.da bezak va matnlarning joylashishida muayyan tartib boʻlmaydi. Bundaylari oʻz navbatida yana ikkiga boʻlinadi: a) shoir yoki kotib oʻziga maʼqul shoirlarning asarlaridan tanlab tuzadi; b) tuzuvchining oʻz sheʼriy toʻplamiga boshqa shoirlar asarlaridan namunalar kiritiladi (mas, "Bayozi Miriy", "Bayozi Roziy", "Bayozi Nodim", "Bayozi Kamiy" va boshqalar).
Adabiy taraqqiyot jarayonida Bayozlar adabiyot namunasigina boʻlib qolmay, haqiqiy sanʼat asariga ham aylandi, oʻziga xos maktablar paydo boʻldi. Fargʻona, Buxoro, Xorazm, Toshkent maktablariga mansub Bayozlarasosan ikki tilda — oʻzbek va fors tillarida tuzilgan. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Muhammad Rahimxon Soniy (Feruz) tashabbusi bilan rasmiy Bayozlartuzish rivoj topdi, yuzlab naqshdor Bayozlartuzildi va noyoblaridan nusxalar koʻchirildi. 19-asr oxirlarida Turkistonda matbaa ishlarining rivojlanishi bilan qoʻlyozma Bayozlartuzish davom etgani holda, Toshkent va Xivada toshbosma Bayozlarchop etish yoʻlga qoʻyildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |