Ning integral erish issiqligini aniqlash


T ajriba jarayonida 5 va 8 jo‘mraklar yopiq bo‘lishi kerak! 5-



Download 2,86 Mb.
bet13/36
Sana01.06.2022
Hajmi2,86 Mb.
#627433
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36
Bog'liq
Физикавий кимё лаборатория услубий

T ajriba jarayonida 5 va 8 jo‘mraklar yopiq bo‘lishi kerak! 5-jo‘mrak faqat tuzumni bosimini o‘zgartirish uchun ochib-yopiladi!


Ps = Pa – Pm quyidagicha hisoblanadi (mm. simob ustuni),
bu yerda:
Pa – tajriba o‘tkazilayotgandagi atmosfera bosimi bo‘lib, barometrdan yozib olinadi (mm. simob ustuni),
Pm – manometrdagi bosim (mm. simob ustuni),
Pssistemadagi bosim,
lgPs esa, Ps son qiymatining logarifmi,
Tq qaynash harorati, termometrdan yozib olinadi.


Olingan natijalar lgP = f (1/T) koordinata o‘qlariga qo‘yib, (7.1) tenglama asosida H topiladi.


Tajribada olingan natijalarini qayd qilish jadvali:

T/r

Modda (suyuqlik)

Pa

Pm

Ps

lgPs

tq

Tq

1/T·10-3

1

Benzol




300
















2

- II -




250
















3

- II -




200
















4

- II -




150
















5

- II -




100
















6

- II -




50
















7

- II -




0


















Ish hisoboti: qaynash harorati bosim bilan o‘zgaradi va Klauzius- Klapeyron tenglamasi orqali ifodalanadi.
(IV.6) tenglamani grafik ifodasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:



7.6 – rasm. Haroratni bosim bilan bog‘liqlik grafigi


 bunda (7.1) topiladi.


Nazorat savollari

  1. Faza nima?

  2. Fazalararo yoki geterogen muvozanat tushunchasi.

  3. Erkinlik darajalari soni nimani bildiradi?

  4. Komponentlar soni nimani ifodalaydi?

  5. Geterogen sistemalarda muvozanatning umumiy shartini ifodalang.

  6. Gibbsning fazalar qoidasi.

  7. Klauzius-Klayperon tenglamasidan foydalanib, qanday termodinamik kо‘rsatgichlarni aniqlasa bо‘ladi?

  8. Suvning holat diagrammasi misolida fazalar qoidasini tadbiqini tushuntiring.

  9. Geterogen sistemalarda biror komponentning о‘z-о‘zicha bir fazadan ikkinchi fazaga о‘tish sharti.

  10. Biror suyuqlikning bug‘lanish issiqligini qanday aniqlash mumkin?



Adabiyotlar ro‘yxati










1.

H.R.Rustamov, SH.P.Nurullayev. Fizikaviy kimyo. Darslik. – T.: Fan va texnologiya, 2011. – 375 bet.




2.

SH.P.Nurullayev. Fizikaviy kimyo. Darslik. – T.: Iqtisodiyot va moliya, 2014. – 523 bet.




3.

Atkins. Physical Chemistry, 2006, W.H.Freeman and Company, New York, 958 p.




4.

Raymond Chang, Jonn W.Thoman, JR, Physical Chemistry for the chemical sciences, 2014, Universiry Science Books.




5.

Б.П.Никольский, Н.А.Смирнова и др. Физическая химия. Учебник. – Ленинград: Химия, 1987. – 880 стр.




6.

H.S.Talipova, A.S.Sidikov, O.S.Boboqulova, J.S.Qayumov. Fizikaviy kimyodan laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar to‘plami. O‘quv qo‘llanma. – T.: Sano-standart, 2015. – 271 bet.




Tajriba_qismi:____4'>Tajriba qismi:


4– LABORATORIYA ISHI


IKKI KOMPONENTLI QATTIQ SISTEMALARNING SUYUQLANISH HOLAT DIAGRAMMASINI TUZISH


Ishning maqsadi: Ikki komponentli inkongurent qattiq sistemaning suyuqlanish haroratini tarkibga bog‘liqligini Ts = f(C) o‘rganib, holat diagrammasini tuzish va aralashmaning evtektik tarkibini aniqlash.
Laboratoriya ishini bajarish uchun kerakli qurilma va reaktivlar: probirka, elektr issitgich, ikki komponentli suyuq aralashma, idish va sovuq suv.
Laboratoriya ishini bajarish tartibi: 7 ta probirka olinib, ikkitasiga 8-10 g atrofida texnik tarozida tortilgan toza moddalar, qolgan beshtasiga o‘qituvchi tomonidan berilgan tarkibda tayyorlangan aralashmalar solinadi.
300 ml stakanda suv yoki glitserin (moddaning suyuqlanish haroratiga qarab) isitilib, probirkalardan biri u yerga solinadi. Modda suyuqlanib bo‘lgandan keyin, probirkaning usti termometrli probka bilan yopiladi. Bunda termometrning uchi probirka devoriga tegmasligi, suyuqlanmaning o‘rtasida bo‘lishi kerak. So‘ng, suyuqlanmali probirkani havo ko‘ylagi vazifasini bajaruvchi kengroq probirkaga joylashtirilib, sekundomer ishga tushiriladi va modda to‘liq kristallanib bo‘lguncha har 0,5 minutda termometr ko‘rsatkichlari yozib boriladi. Har bir probirka uchun bu ish bajarib bo‘lingandan keyin probirkani issiq suvli (yoki glitserinli) stakanga solib, aralashma qaytadan suyuqlantiriladi va termometr chiqarib olinadi.
Olingan natijalar asosida (sof komponentlar va aralashmalar uchun) sovush egrilari chiziladi. Egrilardagi gorizontal chiziqlardan kristallanishning boshlanish va tugash haroratlari topiladi hamda olingan ma’lumotlar jadvalga kiritiladi.


Tajribada olingan natijalarini qayd qilish jadvali:

Tajriba


Aralashma
Tarkibi

Kristallanish boshlanish
harorati, °С

Kristallanish
tugash harorati, °С

A

B

1













2













3













4













5













6













7















Harorat – vaqt” sovush egrilari (9.2 a– rasm) va jadvaldagi ma’lumotlardan foydalanib, sistemaning suyuqlanish (yoki qotish) diagrammasi (9.2 b– rasm) chiziladi. Buning uchun ordinatalar o‘qiga kristallanishning boshlanish va tugash haroratlari, absissalar o‘qiga esa aralashmalar tarkibi qo‘yiladi.
Ish bajarish uchun komponentlar turi o‘qituvchi tomonidan beriladi va quyidagicha bo‘lishi mumkin:

  1. Naftalin-difenilamin

  2. Azobenzol-naftalin

  3. Benzoy kislotasi-naftalin

  4. Naftalin-nitrotoluol

  5. Fenol-metilamin



Moddaning suyuqlanish haroratiga qarab, suvli hammom o‘rniga moyli yoki glitserinli hammom ishlatiladi.


«Fazoviymuvozanat. Binarsistemalarningholatdiagrammasiningtahlili» mavzusidan keys


Fazoviymuvozanat. Binarsistemalarningholatdiagrammasiningtahlili
V AZIYAT
Sanoatda«mos kelmaslik» termini juda kо‘p ishlatiladi. Mos kelmaslik deganda о‘zining dastlabki xossalarini (fizikaviy, kimyoviy) о‘zgarishi va sifatini yomonlashishiga olib keladigan jarayon tushuniladi. Holat diagrammalaridan foydalanib fizikaviy nomutanosiblikni (bu evtektik nuqtada kuzatiladi) - kukunlarning nam tortib qolishi, emulsiyalarning qavatlanishi; kimyoviy mos kelmaslik – moddalarning kimyoviy birikmalar hosil qilishining oldini olish mumkin.
Kо‘pgina hollarda holat diagrammalari oziq-ovqat mahsulotlari, neft va gaz mahsulotlari, dori shakllarini tayyorlashda qо‘llaniladi. Masalan: suppozitoriylar ( shamchalar) uchun asos tayyorlashda. Diagrammalar shamchalarning ratsional tarkibini topib olishga yordam beradi. Bu asoslar 35-360С da eriydigan va 320С dan pastda yumshamaydigan bо‘lishi kerak. Shu yо‘l bilan
40% salomas va 60% metilsteriat;
80% parafin va 20% metilsteriat tarkibli asoslar olingan.


MUAMMOLI VAZIYATNI TAHLIL QILISH


Asosiy muammo:Tekshiriluvchi aralashmaning holat diagrammasini tuzish asosida tarkibi aniqlansin. Nomutanosiblik muammosi hal qilinsin.
Muammo sharti:Aralashmalarning suyuqlanish harorati A modda 50% va V modda 50% tarkibdan boshlanib, biron bir komponentning konsentratsiyasi ortib borish tartibida davom ettiriladi va toza moddaning suyuqlanish haroratini aniqlash bilan tugatiladi.



Aralashma
tarkibi

A*

100

90

80

70

60

50

40

30

20

10

0

Nazorat
vazifasi

V*

0

10

20

30

40

50

60

70

80

90

100




T1








































T2








































Buning uchun:


a) Har bir ordinata о‘qiga berilgan tarkibga mos T1 va T2 qiymatlari qо‘yiladi.
b) T1 о‘rt. nuqta orqali solidus chizig‘i о‘tkaziladi.
s) T2 nuqta orqalilikvidus chizig‘i о‘tkaziladi.



Download 2,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish