Adabiyotlar ro‘yxati
|
|
|
1.
|
H.R.Rustamov, SH.P.Nurullayev. Fizikaviy kimyo. Darslik. – T.: Fan va texnologiya, 2011. – 375 bet.
|
|
2.
|
SH.P.Nurullayev. Fizikaviy kimyo. Darslik. – T.: Iqtisodiyot va moliya, 2014. – 523 bet.
|
|
3.
|
Atkins. Physical Chemistry, 2006, W.H.Freeman and Company, New York, 958 p.
|
|
4.
|
Raymond Chang, Jonn W.Thoman, JR, Physical Chemistry for the chemical sciences, 2014, Universiry Science Books.
|
|
5.
|
Б.П.Никольский, Н.А.Смирнова и др. Физическая химия. Учебник. – Ленинград: Химия, 1987. – 880 стр.
|
|
6.
|
H.S.Talipova, A.S.Sidikov, O.S.Boboqulova, J.S.Qayumov. Fizikaviy kimyodan laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar to‘plami. O‘quv qo‘llanma. – T.: Sano-standart, 2015. – 271 bet.
|
|
Tajriba qismi:
5 – LABORATORIYA ISHI.
ERIGAN MODDANING MOLEKULYAR MASSASINI
KRIOSKOPIK USULDA ANIQLASH
Ishning maqsadi: Bir molyarlli eritma muzlash haroratining pasayishi va qaynash haroratining ortishini aniqlab, eritmada erigan moddaning molekulyar massasini; erigan moddaning konsentratsiyasini; kuchsiz elektrolitlarning dissotsiatsiya darajasini; kuchli elektrolitlarning aktivlik koeffittsientini topish mumkin.
Talabalar mashg‘ulot davomida mustaqil ravishda eritmaning muzlash haroratini aniqlab, Raulning ikkinchi qonuni asosida erigan moddaning molekulyar massasini hisoblab topadilar.
Laboratoriya ishini bajarish uchun kerakli qurilma va reaktivlar: kendal kolbasi,shtativ, elektr issitgich, termometr, benzoy va salitsil kislotalar.
Rasta usuli bo‘yicha erigan moddaning molekulyar massani aniqlashda erituvchi sifatida benzoy kislotadan foydalaniladi. Benzoy kislotaning krioskopik konstantasi K=8,788 ga teng bo‘lib, uning muzlash haroratlari farqini oddiy termometr yordamida o‘lchash mumkin. Bu usul bilan benzoy kislotada eriydigan, lekin u bilan ta’sirlashmaydigan moddalarning molekulyar massasini, ular juda oz miqdorda bo‘lsa ham aniqlash mumkin.
Izoh: benzoy kislota – C6N5COOH (C7H6O2), M=122,05; rangsiz kristall; Tsuyul.=122,4°C, Tqayn.=249,2°C, E=6,09
Laboratoriya ishini bajarish tartibi: Tajriba o‘tkazish uchun benzoy kislota va salitsil kislotalardan jadvalda berilgan nisbatda (3-jadval) aralashma tayyorlab olinadi. Ingichka quruq shisha kapillyarning bittasiga ma’lum nisbatda benzoy kislota va salitsil kislotadan iborat aralashmadan, ikkinchisiga toza benzoy kislotadan solinadi.
3-jadval
Benzoy kislota(mg)
|
0,68
|
0,76
|
0,84
|
0,90
|
0,55
|
0,62
|
0,73
|
0,82
|
0,70
|
0,58
|
Salitsil kislota(mg)
|
0,32
|
0,24
|
0,16
|
0,10
|
0,45
|
0,38
|
0,27
|
0,18
|
0,30
|
0,42
|
Ikkala shisha kapillyar (4) termometrning simob ustunchasiga (3) ikki tarafdan mahkamlanadi va vazelin moyli (1) kolbaga o‘rnatilgan havo g‘ilofiga ya’ni ichki shisha idishga (2) asta tushirilib, aralashma suyuqlanib (gaz gorelkasi (5)) ketguncha qizdiriladi.
5.1-rasmda ko‘rsatilganidek, kapillyar rezina xalqa bilan mahkamlanganda, uning to‘ldirilgan qismi termometrning simobli rezervuari bilan barobar turishi kerak. Termometrni mahkamlashda g‘ovakli tiqin bo‘lakchalaridan foydalaniladi. Termometrning simobli rezervuari havo g‘ilofi tubiga tegmasligi lozim. Xammomdagi moy sathi kapillyarning yuqori tomonidan balandroq turishi kerak. Ishlash vaqtida havo g‘ilofini moy xammomidan olish man etiladi.
Suyuqlanish harorati odatdagi usulda o‘lchanadi. Avval qizdirishni sekin olib borib, oxirgi kristallarning suyuqlanish harorati, so‘ngra tez sovutilib, birinchi kristallarning hosil bo‘lish harorati aniqlanadi va yozib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |