Galvanik elementlarning EYuK sini - kompensatsion (yoki to‘g‘ridan – to‘g‘ri) usulda;
additivlik (yig‘indi) qonunidan foydalanib ham aniqlash mumkin.
D aniel – Yakobi elementlarining EYuK ini aniqlash uchun quyidagi zanjir tuziladi (7.2–rasm):
7.2 – rasm. EYuK o‘lchashni kompensatsion sxemasi
1 – usul. Galvanik elementlarning elektr yurituvchi kuchi kompensatsion usulda quyidagicha aniqlanadi:
akkumlyator simlar orqali qarshilik ko‘prigining A va B tomonlariga ulanadi, so‘ngra qarshilik ko‘prigining chap tomoni (A) Veston elementining musbat qutbiga ulanadi. Veston elementining manfiy qutbi esa galvanometr va telegraf kalit (K) orqali harakatchan kalit (surgichC) ga ulanadi.
Elektr yurituvchi kuchni o‘lchash quyidagicha amalga oshiriladi: galvanometr strelkasini qo‘yib yuborib, knopka orqali uni nol nuqtaga keltiriladi. So‘ngra akkumlyator ulanadi. Kalit orqali galvanometr ham ulanib, uni strelkasini harakati kuzatiladi. Agar qarshilik ko‘prigining A qismidan tok o‘tsa, galvanometr strelkasi suriladi. Shundan so‘ng surgichni o‘ng va chapga surib shunday holat topiladiki (C- kompensatsiya nuqtasi), bunda zanjirda tok bo‘lmasin. Binobarin, bunday holatda galvanometr strelkasi ham nol nuqtada to‘xtaydi.
Akkumlyator bevosita o‘lchov vaqtidagina ulanib, boshqa vaqt uzib qo‘yiladi. Tekshiruvchi element sifatida Daniel-Yakobi elementi olinadi. Bu 1n rux sulfat eritmasiga tushirilgan rux va 1n mis sulfat eritmasiga tushirilgan mis plastinkalaridan tashkil topgan. Eritmalar o‘zaro agar-agar ivig‘i va KCl ning to‘yingan eritmasi bilan to‘ldirilgan tuz k o‘prigi orqali birlashtiriladi. Kaliy xlorid bog‘lovchi o‘tkazuvchi vazifasini o‘taydi.
Daniel-Yakobi elementidagi ikkita bir-biriga tegib turuvchi eritmalar (1n rux sulfat va 1n mis sulfat) chegarasida diffuzion potеnsial vujudga kelishi mumkin. Kaliy xlorid eritmasi ana shu diffuzion potеnsialni yo‘qotishga xizmat qiladi.
Daniel-Yakobi elementining EYuK ushbu reaksiya tufayli vujudga keladi:
Daniel-Yakobi elementining zanjiri quyidagicha yoziladi.
EYuK ni to‘g‘ridan - to‘g‘ri usulda aniqlash uchun, dastlab sxemaga normal Veston elementi ulanadi, uni EYuK ma’lum – Ew=1,0183 V ga teng:
So‘ngra, kompensatsiya nuqtasi (AC) topildi. Olaylik, u AC masofada joylashgan bo‘lsin. Keyin normal Veston elementi o‘rniga sxemaga Daniel-Yakobi elementi ulanadi va uning uchun ham kompensatsiya nuqtasi (AC1) aniqlanadi.
Proportsiya orqali tekshiruvchi elementning EYuK aniqlaniladi:
2 – usul. Daniel–Yakobi elementining EyuK ni additivlik (yig‘indi) qonunidan foydalanib ham aniqlash mumkin. Buning uchun alohida olingan elektrod potеnsiallaridan foydalaniladi:
bundan
Buning uchun taqqoslash elektrodi yordamida zanjir tuziladi. Bu ishda taqqoslash elektrodi sifatida kalamel , elektrodidan foydalaniladi. Kalamel elektrodining potеnsial farqi normal vodorod elektrodiga nisbatan 20°C da V ga teng.
Mis elektrodining potеnsialini aniqlash uchunrux elektrodi kalamel elektrodi bilan almashtirilib, quyidagicha zanjir tuziladi:
Bu element uchun ham sxema yordamida kompensatsiya nuqtasi (AC2) topiladi va EYuK (E2) hisoblanadi:
Rux elektrodini potеnsialini aniqlash uchun, endi mis elektrodi o‘rniga kalomel elektrodi ulanadi va zanjir tuziladi:
Tuzilgan zanjir uchun kompensatsion nuqta (AC3) topiladi va EYuK (E3) hisoblanadi:
Aniqlangan Cu va Zn qiymatlari quyidagi formulaga q o‘yilib, Daniel-Yakobi elementining EYuK hisoblab topiladi: