Нигинахон шермухамедова



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

Borliq kategoriyasi.
Aksariyat falsafiy tizimlarning kategoriyalar 
apparatini tashkil etadigan ko‗p sonli falsafiy kategoriyalar orasida 
«borliq»
kategoriyasi doimo markaziy o‗rinni egallaydi. U haqli ravishda falsafaning asosiy 
va umumiy kategoriyasi hisoblanadi, chunki har qanday predmet, hodisa, voqea va 
shu kabilarning eng muhim xususiyatini, ya‘ni, ularning mavjud bo‗lish, bevosita 
yoki bilvosita namoyon bo‗lish, o‗zaro ta‘sirga kirishish qobiliyatini aks ettiradi.
Bu inson o‗zligini va o‗zini qurshagan borliqni anglashga ilk 
urinishlaridayoq duch keladigan har qanday ob‘ektning, borliq har qanday 
qismining umumiy xossasidir.
Inson aqlli jonzot sifatida shakllanish jarayonining ilk bosqichlaridayoq 
o‗z dunyoqarashining negizini tashkil etadigan muhim savollarga javob topish 
zaruriyati bilan to‗qnash keladi: 

«Men kimman?» 

«Meni qurshagan borliqning mohiyati nimada?» 

«Borliq qanday va qaerdan paydo bo„lgan?» 

«Dunyoni nima yoki kim harakatlantiradi?» 

«Dunyoning rivojlanishida biron-bir maqsadga muvofiqlik, maqsad, 
mo„ljal bormi?» 
Inson bunday savollarga javob berishga kirishar ekan, o‗zining dunyo 
haqidagi mulohazalarida aniq-ravshan narsalarni qayd etishdan boshlaydi. SHu 
tariqa inson o‗zini qurshagan barcha narsalar avvalo mavjud bo‗lish qobiliyatiga 
ega ekanligiga ishonch hosil qiladi.
SHunday qilib, borliq masalasi inson dunyoni oqilona anglash yo‗lidagi ilk 
urinishlaridayoq duch kelgan barcha masalalarning negizi hisoblanadi. Muayyan 
narsalar mavjudligi yoki mavjud emasligi inson falsafiy mulohaza yurita 
boshlagani zahotiyoq uning diqqat markazidan o‗rin oldi. 
Mifologiyaning bosh 
vazifasi – «borliqni kim yaratgani» haqida gapirib berish bo„lsa, falsafa 
«borliqning nimaligi, u qaerdan paydo bo„lgani va qaerga yo„qolishi»ni oqilona 
tushuntirishga e‟tibor qaratadi
. Bunday tushuntirishga urinish jarayonida 
faylasuflar barcha zamonlarda quyidagi savollarga javob topishga harakat 
qilganlar: 

falsafiy kategoriya sifatidagi «borliq» nima? 

bu atama nimaga nisbatan tatbiq etilishi mumkin? 

unga qanday falsafiy ma‟no yuklanadi? 
Bu savollarga keng javob berish falsafa tarixiga ham, mazkur 
tushunchaning etimologiyasiga ham murojaat etishni nazarda tutadi.

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish