6
YAna shuni ham e‘tiborga olish lozimki, fiziklar (D.A.Landau, va
boshqalar) nuqtai nazaridan biz yashayotgan Olam ham dunyoda yagona emas,
chunki u rivojlanishning turli sikllarini boshdan kechirayotgan
turli Olamlarning
cheksiz sonidan tashkil topadi. SHu ma‘noda borliq va yo‗qlikning o‗zaro aloqasi
muammosi ham nisbiy xususiyat kasb etadi.
Ikkinchidan, amalda mavjud bo„lgan narsaning ob‟ektiv borlig„i yo„qlikka
chekinadi, lekin, shunga qaramay u haqda gapirilayotgan, ya‟ni u muayyan narsa
sifatida fikrlanayotgan bo„lsa, bu narsa ongda mavjud bo„ladi va o„zining
«ikkinchi» borlig„ini saqlaydi, ayni holda u dastlabki ob‟ektning nusxasi, ideal
obraz bo„lib qoladi.
SHunday qilib,
o„tgan zamondagi borliq yo„qlikdir. Borliq doim hozirgi
zamonda mavjud bo„ladi, u faqat hozirgi zamonda o„zini namoyon etadi, basharti
u dolzarb va amalda namoyon bo„lish imkoniyatiga ega bo„lsa, agar u potensial,
ya‟ni axborot manbalarida mavjud yoki uning paydo bo„lishi ob‟ektiv rivojlanish
mantiqi bilan belgilangan bo„lsa. Amalda yo„q bo„lgan narsa haqida fikrlash
mumkin. Boshqacha aytganda, unga ideal obraz tarzidagi ideal borliq shakl-
shamoyilini berish mumkin. O„tmishga tatbiqan biz borliq haqida faqat shu
ma‟noda so„z yuritishimiz mumkin.
Ayni shu ma‘noda biz g‗oyalar, narsalar, voqealar, tarixiy shaxslar yoki
o‗zimizga yaqin odamlar to‗g‗risida so‗z yuritamiz, bunda ular yo‗qlikka
aylanmagani, balki yangicha mavjudlik, xotira tarzidagi o‗zgacha borliq kasb
etganini nazarda tutamiz.
XX asr oxirida yo‗qlikni oqlovchi falsafiy traktatlar paydo bo‗ldi. Xususan,
A.CHanishev «Yo‗qlik haqida traktat» asarida yo‗qlikning birlamchiligini quyidagi
dalillar asosida isbotlashga harakat qilgan:
1. Vaqt dalili: hozirgi zamonning mavjudligi o‗tmish
va kelajakning, ya‘ni
allaqachon yo‗q bo‗lgan yoki hali yo‗q narsalarning mavjudligini nazarda tutadi.
Bu yo‗qlikning vaqt modusidir.
2. Makon dalili: biron-bir narsaning muayyan joyda mavjudligi uning boshqa
joyda mavjud emasligini nazarda tutadi. Bu borliqning makon modusidir.
3. Harakat dalili: harakatlanayotgan jism u mavjud bo‗lmagan joyda mavjud
va u mavjud bo‗lgan joyda mavjud emas. Bu yo‗qlikning harakat modusidir.
4. YAngining yuzaga kelishi bilan bog‗liq dalil: yangi - bu uni vujudga
keltirgan sabab va shart-sharoitda mavjud bo‗lmagan narsadir. Lekin u mavjud
bo‗lmagan paytda qaerda bo‗lgan? Yo‗qlikda. Bu yo‗qlikning emerjent modusidir.
5. Qarama-qarshiliklar bilan bog‗liq dalil: dunyolar va aksildunyolar,
zarralar va aksilzarralar, musbat va manfiy sonlar, umuman, har qanday qarama-
qarshilik yo‗qlikda bir-birini tugatadi va undan xuddi
koordinatalar tizimi noldan
paydo bo‗lganidek yuzaga keladi.
6. Tafovut dalili: amalda mavjud bo‗lgan hamma narsa (boshqacha
mavjudlik bo‗lishi mumkin ham emas) nafaqat mavjud bo‗lgan narsa, balki mavjud
bo‗lmagan narsa hamdir: A V bo‗lmagani, S bo‗lmagani, D bo‗lmagani uchun A
dir.
7
7. Tasodif dalili: bo‗lishi mumkin bo‗lgan narsa tasodifdir, lekin u
bo‗lmasligi ham mumkin, binobarin, tasodifning mavjudligi yo‗qlikning
mavjudligini nazarda tutadi.
8. Substansiya dalili: modomiki xossalar, aksidensiyalar mavjud ekan,
ularning tashuvchisi - substansiya ham bo‗lishi lozim. Lekin u ko‗rinmaydi, chunki
narsalarda ularning xossalaridan boshqa hech narsa yo‗q. Substansiya ta‘riflanib,
shu orqali muayyan tus olgani zahoti xossaga aylanadi.
Binobarin, ta‘rifi mavjud
bo‗lmagan yo‗qlikkina substansiya bo‗lishi mumkin.
9. Sub‘ekt dalili: sub‘ektning o‗zida ko‗zdan kechiruvchi hamma narsa
ob‘ektga aylanadi, demak, ikkitadan bittasi: yo sub‘ekt umuman mavjud emas, yo
sub‘ekt - yo‗qlik
1
.
SHunday qilib, hozirgi zamon postmodern falsafasi mantiqan tugallangan
shaklda borliqni ham, sub‘ektni ham inkor etadi. Bu yagona urinish emas. SHu
narsa e‘tiborga molikki, fransuz ekzistensializmining asoschisi Jan Pol Sartr (1905-
1980) o‗z asarini «Borliq va yo‗qlik» deb nomlagan
2
. J.Sartrda biron-bir narsani
yo‗qlik qobig‗iga o‗rash iborasiga duch kelish mumkin. J.Sartr ushbu holatga ong
borlig‗i sifatida tushunilgan inson borlig‗ining eng
muhim xususiyati sifatida
qaragan. J.Sartr ko‗rsatishga harakat qilgan
insonning o„z borlig„ida borlig„i - bu
azob-uqubat borlig„idir. Bunda o„z baxtsizligi chegarasidan chetga chiqish o„z
borlig„i chegarasidan sakrab o„tishni anglatadi
SHunday qilib, borliq falsafiy kategoriya sifatida dunyoni uning butun
rang-barangligi va turli-tuman namoyon bo‗lish shakllari bilan yaxlit aks ettirish
imkonini beradi. Bunda narsalar, predmetlar, hodisalar o‗z xususiyatlari, xossalari
bilan jamuljam holda aks etadi. Dunyoni va uning tarkibiy qismi sanalgan insonni
bilish yo‗lidagi bu muhim qadam bilan dunyoning tabiati va mohiyati, uning rang-
barangligi, turli darajalari, ko‗rsatkichlari, ramz-alomatlari, shakllari va hokazolar
haqidagi mulohazalarning asosiy koordinatalar sistemasi belgilanadi. Buning
uchun mohiyat, hodisa, substansiya, materiya, ong, makon, vaqt, qonun
kabi yangi
falsafiy kategoriyalar muomalaga kiritiladi.
Inson o‗zi va umuman dunyo haqida o‗ylar ekan, odatda muayyan narsalar
va ayrim tabiiy hodisalar bilan ish ko‗radi. Ayni vaqtda u o‗zini qurshagan
dunyoni sinchiklab o‗rganish va uning butun rang-barangligini tushunib etish
uchun muayyan tayanch nuqtasi bo‗lib xizmat qiladigan qandaydir asosning shak-
shubhasiz mavjudligini qayd etadi. Falsafa tarixidan
biz bunday asos sifatida,
masalan, Suqrotdan oldingi qadimgi yunon faylasuflarida tabiat elementlari, o‗rta
asrlar falsafasida Xudo,
Dekart
da: «Men fikrlayapman, demak, mavjudman»,
degan ongli inson amal qilganini ko‗ramiz.
Ammo inson bilishning bu birinchi bosqichida to‗xtab qolmagan va o‗zini
qurshagan borliqning ko‗p sonli turli-tuman holatlari orasida qolgan barcha
narsalardan sezilarli darajada farq qiladigan narsalarni, borliqning ayni shu shakli
voqelikning boshqa shakllari va holatlaridan nima bilan
farq qilishini aniqlashga
harakat qilgan. Bugungi kunda insoniyat borliqning ko‗p sonli turli-tuman
1
Чанышев А. Трактат о небытие.-М.: Мысль, 1995.-С.89
2
Сартр Ж.Бытие и небытие.-М.: 2003.- 308 с.