Нигинахон шермухамедова



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet250/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

O„z qobiliyatlarini mumkin qadar kengaytirish uchun zarur konsentratsiya 
darajasiga erisha olmaslik insonning asosiy muammosi hisoblanadi
. Bunga 
monelik qiluvchi holatlar sifatida ongning bo‗g‗iqligi, hardamxayollik, 
vibratsiyalar, ya‘ni ichki zo‗riqish qayd etiladi. Bunda oddiy, psixosomatik (kuchli 
ruhiy hayajonlanish bilan bog‗liq), notrivial (kuchli taassurot bilan bog‗liq) 
vibratsiyalar farqlanadi. Sokrat ta‘kidlaganidek ―O‗z darajisiga etolmaslik johillik, 
o‗z darajasidan o‗tish esa donishmandlik‖dir. Bu insonning doimiy ravishda 
o‗zining potensial imkoniyatlaridan foydalanish zarurligiga ishoradir. 
Meditatsiya (lot. meditatio – fikrlash) metodi ongni tozalash vositasi bo‗lib 
xizmat qiladi. V.Nalimov «Ongning spontanligi» monografiyasida meditatsiyaga 
bir necha ta‘rif bergan. Meditatsiya – bu ichki tajribamizni kengaytirish vositasi, 
o‗z-o‗zini gipnoz qilish shakli, shaxsning ochiqligini kuchaytirish usuli, ongni 
semantik bo‗g‗iqlikdan xalos etish, spontanlikni ozod qilishdir.
S.Grof meditatsiya holatidagi ong imkoniyatlarini tizimga solib, 
quyidagilarni farqlashni taklif qildi: 
- ongning vaqtda kengayishi. U chegaralarni sezish, inkarnatsiyadan keyingi 
tajriba, evolyusion tajribani o‗z ichiga oladi; 
- ongning makonda kengayishi. U boshqa shaxslar bilan identifikatsiya 
qilish, o‗simliklar va hayvonlar bilan identifikatsiya qilish, dunyoni anglash, 
noorganik materiyani anglashni o‗z ichiga oladi; 
- ongning makonda torayishi – ayrim organ darajasigacha; 
- «ob‘ektiv borliq» chegaralaridan chetga chiquvchi borliqni his qilish. U 
boshqa olamlarni sezish tajribasi va ularning aholisi bilan uchrashuvni, murakkab 
mifologik syujetlarni idrok etishni, murakkab ramzlarni intuitiv tushunishni, 
universum Aqlining ongini idrok etishni, kosmosdan yuqori va metakosmik 
bo‗shliqni idrok etishni o‗z ichiga oladi.
Mayl tug‗ilishining aqlga muvofiqligini anglab etish imkoniyati 
qobiliyatlarni rivojlantirishning ikkinchi vositasi hisoblanadi.
Nihoyat, uchinchi omil – bu o‗zini moyillik holatiga keltirish qobiliyatidir.
Ezoterizmga oid adabiyotlarda inson xususiyatlarining quyidagi to‗rt 
tarkibiy qismdan iborat deb ko‗rsatilgan: 
1. Mayl (xohish-iroda) – insonning asosiy mohiyatini belgilovchi tuyg‗u.
2. Niqob – inson o‗z atrofidagilarga ko‗rsatish uchun yaratuvchi va 
ko‗pincha uning asl mohiyatiga zid bo‗lgan yuz (qiyofa).
3. Bunyodkor tafakkur – tabiiy ijodiy moyillik.
4. Samo qonunlari tomonidan inson peshonasiga yozib qo‗ygan taqdir 
tanasi.
Niqob ham, bunyodkor negiz ham ikki imkoniyatga ega. Ular haqqoniy yoki 
yashirin ifodalanishi mumkin.
Inson evolyusiyasi muammosi uning qobiliyatlarini kengaytirish va axloqiy 
qadriyatlarini takomillashtirish sohasiga tatbiqan hal qilinadi. 
Inson o‗z ichki 
birligi, doimiy Egosini anglab etishi lozim. Evolyusiya yo‗lidagi birinchi qadam – 
o‗z-o‗zini o‗rganish. Bunda salbiy emotsiyalarga qarshi kurashish muhim ahamiyat 


327 
kasb etadi. Mazkur kurash jarayonida «inson o‗z g‗am-anduhlarini qurbon 
keltirishi kerak». Zero, toki insonda salbiy emotsiyalar mavjud ekan, uning birligi, 
ongi, irodasi rivojlana olmaydi. O‗z-o‗zini rivojlantirish uchun inson o‗zini 
kuzatishni, o‗zining foydali va zararli jihatlarini farqlashni o‗rganishi lozim. 
SHaxsda yuzaga keluvchi qiziqishlar, xuddi magnetik markaz kabi, insonning 
rivojlanishini yo‗lga soladi va nazorat qiladi.
Ezoterikaga oid adabiyotlarda inson o‗z rivojlanishining mazkur bosqichida 
Olam Ibodatxonasining g‗ishti sifatida baholanadi. Moddiy tana ruh uchun 
laboratoriya vazifasini bajaradi. Bu erda jon ma‘naviy o‗sish tajribalarini 
o‗zlashtiradi. Etishmayotgan bilimni olib, uni ruhiy energiya ko‗rinishida o‗z 
hujayralariga joylashtirgach, inson kosmik bilimlardagi ma‘naviyatning navbatdagi 
bosqichiga ko‗tariladi. O‗z planetar rivojlanishining evolyusiyasini yakunlagach, 
inson joni dunyoviy hayot borlig‗ining barcha zarur tajribalarini o‗zlashtirgan 
yuksak ma‘naviyatli jonzotga aylanadi. Inson manmanlik, hasadgo‗ylik, johillik, 
g‗arazgo‗ylik, rashk, yolg‗onchilik kabi va boshqa illatlardan xalos bo‗lishi kerak. 
Odamzot xayrixohlik, mehribonlik, bag‗rikenglik, kechirimlilik, xushchaqchaqlik 
kabi ma‘naviy fazilatlarni o‗ziga singdirishga harakat qilishi lozim
1
.
Ekosofiya muammolari doirasiga o„limni engish muammosi ham kiradi.

shaxs negizini nomuayyan uzoq muddatga saqlab qolish muammosi sifatida qayta 
talqin qilingan. Olimlarda ham, ezoteriklarda ham katta qiziqish uyg‗otib 
kelayotgan bu muammo hozirgi ilmiy munozaralarda o‗zining yangi echimlarini 
topmoqda.
Ekosofiyani ancha yosh fan – eniologiyaning eng yangi xulosalari ham 
to‗ldirmoqda. Energiya-axborot o‗zaro ta‘sirlarining hozirgi tizimida yozilmagan 
qonunlar maqomiga ega bo‗lgan bir qancha qoidalar mavjud: 
1. Energiya-axborot (EA) o‗zaro ta‘sirlarining barcha texnikalari mutlaq 
emas, balki nisbiy xususiyatga ega, ular EA qobiliyatlariga ega bo‗lgan, 
professional jihatdan yaxshi tayyorlangan, ma‘naviy mas‘uliyat va psixik 
barqarorlik darajasi yuqori bo‗lgan odamlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. 
2. Energiya-axborot o‗zaro ta‘sirlarining amalga oshish imkoniyati yuz foiz 
emas. U operator holatiga va Inson – Er – Kosmos sistemalaridagi tashqi sharoitga 
bog‗liq.
3. EA texnikalari inson ongi bilan bog‗liq bo‗lgani sababli, bu ongni 
destruktiv ta‘sirlardan himoya qilish zarur. Muhabbat, ezgulik, mehribonlik 
haqidagi gap-so‗zlar o‗z holicha shaxs va jamiyat psixosferasini uning «tabiblari» 
vayron etishidan saqlay olmaydi. Faqat amaliy faoliyat, tabobat sohasida esa – 
uzoq muddatli natijalar shaxs va jamiyat ongi ishonchli himoyalanishini 
kafolatlash imkonini beradi
2
.
Xulosa
. Ongga sun‘iy ta‘sir ko‗rsatishning barcha shakllari axloqiy va 
ekologik jihatdan rad etiladi. Ommaviy axborot vositalari, zo‗ravonlikning 
destruktiv dasturlaridan foydalanishning salbiy jihati bioenergiya-axborot o‗zaro 
ta‘sirlarida shaxs va jamiyat ongini buzishning eng xavfli manbai hisoblanadi. 
1
Қаранг: Древние и современные легенды. – Сочи, 1991. – 67-б.
2
Қаранг: Волченко В.Н. Неизбежность, реальность и постижение тонкого мира // 
Сознание и физическая реальность. – М., 1996. №1-2. – 6-б. 


328 
Odatda ulardan davlat amaldorlari yoki fuqarolar orasidagi axloqsiz shaxslarning 
guruhlari o‗z g‗arazli manfaatlari yo‗lida foydalanishga harakat qiladi.

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish