Нигинахон шермухамедова



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet258/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

 
 
 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
RIVOJLANISH FALSAFASI 
 
O‗ZARO ALOQADORLIK VA RIVOJLANISH HAQIDAGI 
TA‘LIMOT 
Axborot sivilizatsiyasi davriga qadam qo‗yayotgan inson uchun jadal 
sur‘atlarda o‗zgarayotgan dunyo haqidagi tasavvur dunyoqarashning ajralmas 
tarkibiy qismidir. Ammo rivojlanayotgan dunyoning yaxlit nazariy obrazini 
yaratish – og‗ir va mashaqqatli vazifa. Uni echishning falsafiy yo‗li ikki yarim 
ming yil muqaddam boshlangan bo‗lib, shundan beri o‗tgan davr mobaynida 
rivojlanish falsafasi shakllangan va bosqichma-bosqich atroflicha ishlab chiqilgan. 
Falsafaning mazkur bo‗limi rivojlanish muammosini turli nuqtai nazarlardan 
o‗rganuvchi konsepsiyalarni o‗z ichiga oladi. Ularning orasida dialektika, 
metafizika va sinergetika alohida o‗rin egallaydi. Dialektikani bilish, uning 
tamoyillari, qonunlari va kategoriyalaridan ijodiy foydalanish har qanday soha 
mutaxassisi aniq dunyoqarashi va metodologik intizomining muhim sharti 
hisoblangani uchun bu bo‗limda asosiy e‘tibor dialektikani o‗rganishga qaratiladi.


336 
Dialektikaning tarixiy shakllari va xususiyatlari. 
«Dialektika» (yunon. 
dialektike
– suhbat qurish san‘ati) so‗zining «dialog» so‗zi bilan umumiy jihatlari 
bisyor. Dastlab dialektika bahslashish, munozara qilish san‘ati sifatida tushunilgan, 
bunda fikrlar, qarashlar qarama-qarshiligi vositasida haqiqatning tagiga etish 
maqsadida muammoni o‗zaro manfaatdor muhokama qilishga qaratilgan munozara 
nazarda tutilgan. Dialektik – bu savol berish va javob qaytarishga usta odam, deb 
hisoblangan.
Stixiyali dialektika
. Qadimgi mutafakkirlar ziddiyatlilik va o‗zgaruvchanlik 
fikr-mulohazalardagina emas, balki real borliqda ham mavjudligini ta‘kidlaganlar. 
Xususan, 
Geraklit 
dunyoni «jonli olov» yoki «ikki marta kirish» mumkin 
bo‗lmagan daryo oqimi sifatida tasavvur qilgan. 
Harakatchan dunyoda vaqt o„tishi 
bilan hamma narsa o„zining dastlabki shakl-shamoyilini yo„qotadi va asta-sekin 
o„zining qarama-qarshiligiga o„tishi stixiyali dialektikadir
: ho‗l narsa quriydi, 
quruq narsa esa nam tortadi; bir narsa boshqa narsaga: sovuq issiqqa, tirik o‗likka 
o‗tadi. Bu mulohazalarda zamonaviy dialektikaning asoslari mujassamlashgan. 
SHu sababli 
qadimgi faylasuflarning stixiyali dialektikasini
dialektikaning tarixan 
birinchi shakli deb hisoblash mumkin. 
Bu borliq va bilishning jarayonlar 
mohiyatini anglab etishga asoslanmagan sodda dialektikadir.
O‗rta asrlarda metafizika falsafadan dialektikani siqib chiqargan. Natijada 
dialektika odamlar ongiga diniy dunyoqarashni singdirish va mustahkamlash 
uchun hukmron sinflar faol foydalangan sofistika va sxolastikaga aylangan.

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish