Нигинахон шермухамедова



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet260/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

Klassik dialektika. 
Klassik dialektikaning o„ziga xos xususiyatlarini qayd 
etib o„tamiz. Birinchidan, klassik dialektika dunyoni tushunishning shunday bir 
usuliki, bunda borliq narsalar va hodisalarning umumiy o„zaro aloqasi, ularning 
bir-birini taqozo etishi va muttasil o„zgarishi nuqtai nazaridan anglab etiladi. 
Ammo shuni yodda tutish kerakki, dialektika har qanday o„zgarish, har qanday 
harakat nazariyasi emas, balki o„zgarishlarning faqat bir shakli – rivojlanish 
nazariyasi hisoblanadi.
Dialektika rivojlanishning teran, to„laqonli va mazmunan 
boy nazariyasidir.
U o‗zgarish holatida bo‗lmagan biron-bir narsa tabiatda ham, 
jamiyatda ham, tafakkurda ham mavjud emas, chunki barcha mavjud narsalar o‗z 
ichki ziddiyatlariga ega va ular bu narsalarni o‗zgarishga, yangi shakl-shamoyil 
kasb etishga, rivojlanishga majbur qiladi, deb o‗rgatadi.
Ikkinchidan, dialektika ob‟ektiv va sub‟ektiv dialektikaning mavjudligini tan 
oladi.
Ob‟ektiv dialektika – bu tabiiy va ijtimoiy hodisalarning o„zaro bog„lanishi 
va rivojlanishi
. U sub‘ektdan, inson va insoniyatdan qat‘iy nazar mavjuddir. 
Sub‟ektiv dialektika – bu sub‟ektning fikrlash dialektikasi va uning ob‟ektiv 
dunyoni bilishi
. Ob‘ektiv va sub‘ektiv dialektikaning o‗zaro nisbati qanday? 
Materialistik nuqtai nazaridan sub‘ektiv dialektika ob‘ektiv dialektikani aks 
ettiradi. Ob‘ektiv va sub‘ektiv dialektika mazmunan bir-biriga mos keladi 
(ularning umumiy jihati mazmun – borliq rivojlanishining yagona dialektik 
qonuniyati). Biroq, shu bilan bir vaqtda, ular shaklan bir-biridan farq qiladi, chunki 
tafakkur, borliqning boshqa sohalari bilan taqqoslaganda, rivojlanishning o‗z ichki 
mantig‗iga ega. Ob‘ektiv dialektika tafakkurda, sub‘ektiv va ideal shakllarda aks 
etadi.
Ob‘ektiv va sub‘ektiv dialektika - qarama-qarshiliklar, lekin bu qarama-
qarshilik ijtimoiy-tarixiy amaliyotda «yo‗qoladi». Hamonki sub‘ektiv dialektika 
ob‘ektiv dialektikani aks ettirar ekan, inson ob‘ektiv dialektikani bilish va shunga 
muvofiq o‗zining izchil amaliy faoliyatini tashkil etish, bu faoliyat jarayonida 
ob‘ektiv dunyoni va o‗zini o‗zi o‗zgartirishga qodir. Inson va jamiyat amaliyotida 
bilimlar in‘ikos shaklidan faoliyat shakliga aylanadi.
Uchinchidan, fan sifatidagi dialektikaning ichki mazmuni va mantiqiy 
«sinchi» uning tamoyillari, qonunlari va kategoriyalarini yaratadi. Dialektika 
jamuljam holda ob‘ektiv dunyoni va uni uzluksiz o‗zgarish va rivojlanish 
jarayonida bilishni aks ettiruvchi tamoyillar, qonunlar va kategoriyalar tizimi 
sifatida tavsiflanadi. Bunda tamoyillar deganda umumiy va universal, asosiy 


338 
g‗oyalar tizimida boshqa barcha elementlarning roli va mazmunini belgilovchi 
mezonlar tushuniladi. Dialektikaning hozirgi konsepsiyalarida aloqa tamoyili va 
rivojlanish tamoyili ayniqsa muhim rol o‗ynaydi. Dialektika qonunlari rivojlanish 
jarayonidagi umumiy muhim aloqalarni aks ettiradi. Ular dialektikaning 
nazariyasini yaratishda muhim metodologik funksiyani bajaradi. Dialektikada 
umumiy qonunlar: dialektik ziddiyatlilik qonuni, miqdor va sifat o‗zgarishlarining 
bir-biriga o‗tishi qonuni hamda inkorni-inkor qonuni kabilardir. Dialektika 
kategoriyalari – bu eng fundamental, asosiy tushunchalar bo‗lib, ularning 
yordamida falsafiy fikrlash amalga oshiriladi. (Dialektika tamoyillari, qonunlari va 
kategoriyalarini biz quyida atroflicha ko‗rib chiqamiz.)
To‗rtinchidan, dialektikaning o‗ziga xos xususiyati shundaki, u nazariya 
vazifasini ham, metodologiya vazifasini ham bajaradi. Dialektika qonunlari, 
kategoriyalarining mazmuniga va bilish jarayonining amal qilish va rivojlanish 
qonuniyatlariga muvofiq fikrlovchi sub‘ektga qo‗yiladigan tegishli talablar 
shakllantiriladi va shu tariqa unga bilish faoliyatida yo‗l ko‗rsatiladi. Ko‗rsatilgan 
sub‘ekt borliqni bilish va amalda o‗zgartirish masalalarida amal qilishi lozim 
bo‗lgan tegishli normalar va qoidalar ham ishlab chiqiladi. Dialektika bergan 
metodologik jihatdan to‗g‗ri mo‗ljallar tadqiqotning to‗g‗ri yo‗lini tanlashga, ko‗p 
sonli xatolar og‗ishlarni chetlab o‗tishga, ortiqcha ish, keraksiz harakatlarga kuch 
va qimmatli vaqtni behuda sarflamaslikka yordam beradi.
SHunday qilib, 

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish