Нигинахон шермухамедова



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet262/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

«salbiy dialektika»
.

Teodor Adorno
1903-1969 va 
Jan Pol Sartr
1905-
1980). T.Adorno – nemis faylasufi, sotsiologi, Frankfurt maktabining vakili, ko‗p 
sonli falsafiy asarlar, shu jumladan «Salbiy dialektika» (1966) kitobining muallifi. 
J.P.Sartr – fransuz faylasufi va yozuvchisi, ateistik ekzistensializm vakili. U falsafa 
muammolariga bag‗ishlangan bir qancha asarlar, shu jumladan «Dialektik aql 
tanqidi» (1960) kitobining muallifi. Uning talqinida dialektika ikki shaklda – 
«tanqidiy» va «dogmatik» shakllarda mavjud bo‗lishi mumkin. Birinchisi «salbiy 
dialektika»dir.
«Salbiy dialektika» bir yoqlama, sub‟ektiv konsepsiya bo„lib, u inkorni 
mutlaqlashtirishdan, butun borliqning umumiy buzilishidan, yalpi krititsizmdan, 
har qanday ijobiylikni rad etishdan, o„zini o„zi inkor qilishdan kelib chiqadi va shu 
bois metafizika chegarasidan chetga chiqmaydi

«
Salbiy dialektika» - bu, mohiyat 
e‘tibori bilan, aksildialektikadir.
Dialektikaning muqobillari.
Odatda rivojlanishning dialektikaga zid 
bo‗lgan yoki unga o‗xshamaydigan konsepsiyalari, bilish metodlari, dunyoni 
ma‘naviy o‗zlashtirish usullari, ya‘ni dialektikadan farq qiluvchi dunyoqarashga 
doir va metodologik mo‗ljallar dialektikaning muqobilidir. 
Metafizika 
dialektikaning shunday muqobillaridan biri yoki fikrlashning 
metafizik metodidir
. SHu jihatdan metafizika aksildialektika sifatida qaraladi. 
«Aksildialektika» ma‘nosidagi «metafizika» atamasini falsafaga XIX asrda 
Georg 
Gegel
kiritgan.
XVII-XVIII asrlarda ilmiy bilimning aksariyat tarmoqlari ilmiy dalillar 
yig‗ish darajasida bo‗lgan. Aksariyat hollarda dunyo turli-tuman, o‗zgarmas 
narsalar va takrorlanuvchi jarayonlarning mexanik to‗plami sifatida tasavvur 
qilingan. Bu narsalar va jarayonlar o‗rtasidagi bog‗lanishlar doim ham teran 
asoslanavermagan. Olamning ichdan ziddiyatliligi haqidagi tasavvur ko‗p jihatdan 
yo‗qolgan, qarama-qarshiliklar yo inson tafakkurining norasoligi, yo ayrim 
narsalar to‗qnashuvi sifatida anglangan. Rivojlanish o‗zgarmas narsalar va 
jarayonlarning aylanma harakati sifatida tushunilgan. Matematik bilimning ravnaq 
topishi olimlar e‘tiborini tabiiy hodisalarning sifat jihatidan o‗ziga xosligiga emas, 
balki asosan ularning miqdor jihatiga qaratishga da‘vat etadi. SHunday qilib, 
qadimgilar dialektikasi o‗rnini ma‘lum darajada dialektikaning muqobili sifatida 
tushuniladigan «metafizika» egallaydi. SHuni ta‘kidlash lozimki, «metafizika» 
atamasi odatda yo falsafa sinonimi sifatida, yo falsafa bo‗limi -ontologiya sifatida 
tushuniladi.
Marksistik an‘anada «metafizika» atamasi salbiy ma‘no kasb etdi: 
dogmatizm, tafakkurning torligi, eski, qotib qolgan qarashlarga sodiqlik sifatida 
talqin qilindi. YAngi davr falsafasi va fanining mazkur tavsifi haqiqatga uncha 


340 
mos kelmaydi, zero YAngi davr ilmiy bilimi falsafiy tafakkur tarkibidan uning 
ajralmas qismi sifatida o‗rin olgan tushunchalar apparatini yaratdi. Lomonosov – 
Lavuaze modda va harakatning saqlanishi g‗oyasi; G.Leybnits ta‘riflab bergan 
rivojlanish g‗oyasi; Nyuton klassik mexanikasidagi massa, inersiya va harakat, 
markazga intiluvchi va markazdan qochuvchi kuchlar tushunchalari; tabiatdagi 
turli-tuman aloqalarning o‗rganilishi; determinizm tamoyilining asoslanishi; 
mexanik harakat dialektikasi; Er evolyusiyasi haqidagi tasavvur; tabiatga nisbatan 
tarixiy yondashuvning nazariy ahamiyatini namoyish etgan Quyosh sistemasining 
paydo bo‗lishi haqidagi Kant – Laplas gipotezasi; organizm va muhitning birligi 
tamoyilining asoslanishi – o‗sha davr fani yutuqlarining to‗liq bo‗lmagan 
ro‗yxatidir. SHu sababli YAngi davr va Ma‘rifat davri falsafasi dialektika 
tamoyillaridan butunlay voz kechish davri emas, balki dialektika rivojlanishining 
o‗ziga xos va ancha etuk bosqichi hisoblanadi.
Dialektika va metafizikaning rivojlanishning ikki konsepsiyasi va bilishning 
ikki metodi sifatida muqobilligi quyidagilarda namoyon bo‗ladi: 
a) 
narsalar va hodisalarning aloqalarini tushunishda.
Dialektika 
hodisalarning o‗zaro aloqasi va bir-birini taqozo etishini tan oladi, metafizikaga 
narsalar va hodisalarning ayrim elementlari, xossalarini bir-biridan ajratish va 
ularni alohida-alohida narsalar sifatida idrok etish xos. SHu sababli metafizikada 
bevosita, sirtdan aniq-ravshan bo‗lgan o‗zaro aloqalargina aks etadi, teran, ichki 
o‗zaro aloqalar esa e‘tibordan chetda qoladi; 
b) 
rivojlanishning manbai va harakatlantiruvchi kuchlarini tushunishda.
Dialektika harakat va rivojlanishning manbaini narsalar va hodisalarning ichki 
ziddiyatlarida, qarama-qarshiliklarning birligi va kurashida ko‗radi. Metafizika 
rivojlanishning ichki manbai – o‗z-o‗zini rivojlantirishni rad etadi. Tabiat va 
rivojlanishning sababini u qandaydir tashqi sababda ko‗radi, ya‘ni uni narsalar va 
hodisalardan tashqarida topadi; 
v) 
rivojlanishning xususiyatini, eski sifatdan yangi sifatga o„tish 
«mexanizmi»ni tushunishda.
Dialektika nuqtai nazaridan, miqdor jihatidan asta-
sekin va sifat jihatidan sakrash yo‗li bilan sodir bo‗ladigan rivojlanish ana shunday 
«mexanizm»dir. Metafizika rivojlanishga yo sifatning «sakrashi» deb, yo faqat 
ayni bir narsaning miqdor jihatidan o‗sishi deb, faqat kamayish yoki ko‗payish 
deb, ayni bir holatlarning takrorlanishi deb qaraydi; 
g) 
rivojlanishning yo„nalishini tushunishda:
butun borliqning rivojlanishi 
to‗g‗ri chiziq bo‗ylab yuz beryaptimi, aylana bo‗ylabmi yoki boshqa yo‗ldanmi? 
Ma‘lumki, dialektika rivojlanish spiralsimon tarzda yuz berishidan kelib chiqadi, 
chunki rivojlanish jarayonida takrorlar, ortga qaytish, bo‗lgan narsani yuqoriroq 
darajada gavdalantirish yuz beradi. Metafizika bu erda ham bir yoqlama 
pozitsiyani egallaydi, har qanday rivojlanishning yo umumiy yuksalishini, yo 
umumiy tanazzuli (regress)ni, yo aylanma, turg‗un xususiyatini mutlaqlashtiradi va 
shu tariqa uni amalda rad etadi; 
d) 
bilish metodini tushunishda.
Dialektika nuqtai nazaridan, narsani bilish 
uchun uning barcha tomonlari va aloqalarini qamrab olish, ularni o‗rganish zarur. 
Narsa uning rivojlanishi, o‗z-o‗zidan harakatlanishi, o‗zgarishi nuqtai nazaridan 


341 
qaralishi lozim. Metafizikaga bir yoqlamalik, yuzakilik, anglab etilayotgan 
ob‘ektni mutlaqlashtirish, uni sxemalashtirish xos.
SHunday qilib, 
metafizika – dunyoni shunday bir tushunish va fikrlashning 
shunday bir usuliki, bunda narsalar va hodisalarning o„zaro aloqalari va o„zaro 
ta‟sirlari e‟tiborga olinmaydi yoki ularga yuzaki qaraladi, rivojlanish jarayoni esa 
avvalo ob‟ektlarning sifat o„zgarishlarisiz, miqdor jihatidan ko„payishi sifatida 
talqin qilinadi.

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish