Нигинахон шермухамедова



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet248/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

Ikki sakrash nazariyasi
antroposotsiogenezning boshi va oxiriga mos keladi. 
Birinchi sakrash mehnat qurollarini yasashga kirishish, hayvonlar 
bosqichidan shakllanayotgan odamlar bosqichiga o„tish, ijtimoiy qonuniyatlarning 
kurtaklari paydo bo„lishi bilan, ikkinchi sakrash esa – Homo sapiens
 
(aqlli inson) 
vujudga kelishi, shuningdek ijtimoiy qonuniyatlar o„rnatilishi va odamlar hayotiga 
o„z hukmini o„tkazishi bilan bog„liq.
SHunday qilib, birinchi bosqichdayoq gap ishlab chiqarish faoliyati haqida 
boradi. Aslida, bu erda ishlab chiqarish faoliyati tabiatda tayyor holda mavjud 
bo‗lmagan mehnat qurollarini yasashni, moddiy ijod esa ideal, ma‘naviy ijod, 
tafakkur va nutqni nazarda tutadi.
Inson va tabiat o‗rtasida moddalar almashinuvi hayvonlar dunyosidagi kabi 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri va bevosita emas, balki bir qancha bog‗lovchi bo‗g‗inlar orqali 
yuz beradi. Mazkur bo‗g‗inlar ijtimoiy xususiyatga ega bo‗lgan yangi 
munosabatlarning butun bir dunyosini, shu jumladan taqsimlash va ayirboshlash 
munosabatlarini, yanada rivojlangan shakllarda esa – xo‗jalik va huquqiy 
munosabatlar majmuini yaratadi. Iste‘mol zanjirda oxirgi bo‗g‗inga aylanadi. 
Undan oldin quyidagilar keladi: 
a) ishlab chiqarish jarayoni, bunda tabiat 
mahsulotlari inson ehtiyojlariga moslashtiriladi; b) taqsimlash jarayoni: u 
mahsulotlarni ijtimoiy qonunlarga muvofiq taqsimlaydi; v) ayirboshlash: u har 
kimga aynan unga zarur bo„lgan ob‟ektlarni etkazib beradi; g) iste‟mol qilish: u 
mahsulotni ijtimoiy aylanma harakatdan chiqaradi. 
Hozirgi zamon falsafasi ong vujudga kelishi zamirida hayvoniy 
organizmning organik tanasida qayd etilmagan ehtiyojni ko‗radiki, bu ijtimoiy 
ehtiyojdir. SHu tufayli ham odamlarni hayvonlardan ong, din va boshqa belgilarga 
ko‗ra ajratish mumkin, ularning o‗zlari esa, o‗zlariga kerak bo‗lgan tirikchilik 
vositalarini yarata boshlaganlari zahoti, o‗zlarini hayvonlardan ajrata boshlaydilar, 
degan tezis falsafada o‗ziga xos mezon ahamiyatini kasb etadi. 
O„z-o„zidan tashkil topish nazariyasi – sinergetika inson ongining vujudga 
kelishi muammosining yangicha va noan‟anaviy talqinini taklif qiladi.
Hozirgi 
sinergetik yondashuv jahon taraqqiyotining asosiy mazmuniga ancha barqaror 
bo‗lgan, bir-biri va atrof muhit bilan bir qancha belgilarga ko‗ra 
muvofiqlashtirilgan 
yangi tashkiliy shakllarni
yaratishni kiritadi. Har qanday o‗z-
o‗zidan tashkil topish jarayoni tabiatda mavjud imkoniyatlarnigina ro‗yobga 
chiqarishga qodir. Antroposotsiogenez jarayonini sinergetika nuqtai nazaridan 
talqin qiladigan bo‗lsak, primatlardan Insonga o‗tish, ya‘ni butunlay yangi hayot 
shaklining vujudga kelishi bifurkatsiyaning odatdagi natijasidir. Bifurkatsiya 


323 
nuqtasi yangi strukturalarga o‗tishni nazarda tutuvchi «evolyusiya yo‗lagi» 
chegarasini anglatadi. Evolyusiya bosqichlarining bifurksiya nuqtalari yuzaga 
keluvchi chorrahasida rivojlanish xususiyati butunlay o‗zgaradi. Bifurkatsiya hech 
bo‗lmasa tarmoqlar mavjudligini, tizim evolyusiyasi yo‗nalishlarining ikki 
vektorliligini nazarda tutadi. Boshqa traektoriyaga o‗tish ko‗p sonli tasodifiy 
ta‘sirlar – fluktuatsiyalarga bog‗liq bo‗ladi. Bifurkatsiyaning mazkur chegaraviy 
holati taxminiy xususiyatga ega bo‗lgani bois, u aniq yo‗nalishli va orqaga qaytarib 
bo‗lmaydigan tus oladi. Boshqacha qilib aytganda, bunday voqeaning takrorlanish 
ehtimoli nolga teng bo‗ladi. 
Bifurkatsiya mexanizmlarining mavjudligi tarmoqlaridan biri inson paydo 
bo‗lishiga olib kelgan evolyusiya «daraxti»ning tiklanishi umumiy manzarasiga 
muayyan tuzatishlar kiritishga majbur qiladi. Zero rivojlanish jarayonini Darvin 
aytgan «turlarning asta-sekin, bosqichma-bosqich takomillashuvi»gina emas, balki 
qayta qurish jarayonlari ham belgilaydi. Moslashish mezonlari ham, bifurkatsiya 
algoritmlari ham moddaning o‗z-o‗zidan tashkil topishini amalga oshiruvchi 
mexanizmlarning odatdagi turkumlarini tashkil qiladi
1

Muayyan sharoitlarga oqilona moslashish imkonini beruvchi gomeostazisni 
saqlab qolishga intilish shikastli tor ixtisoslashuv yuz berishiga olib keladi. Tashqi 
sharoitlarning ahamiyatsiz o‗zgarishi tor ixtisoslashgan bunday shakllarning 
halokatiga sabab bo‗ladi. Antropogenez jarayonining dastlabki bosqichlarini 
tavsiflovchi evolyusiya tezligi misli ko‗rilmagan darajada ildamlik bilan 
tavsiflanadi. Odamlar o‗rtasidagi tabiiy tanlanishda intellekt kurtaklari alohida 
ahamiyat kasb etadi. Ilk ajdodimiz nimjon hayvondan etuk aql va chidamli nerv 
sistemasiga ega bo‗lgan kuchli hayvonga aylanadi. U o‗z ixtiyorida mavjud 
bo‗lgan sodda predmetlardan foydalanish bilan bir qatorda, yangi mehnat 
qurollarini yaratish, o‗t yoqishni ham o‗rganishga muvaffaq bo‗ladi.
Antropogenezning yakunlovchi bosqichida evolyusiya tezligi sezilarli 
darajada pasayadi. 30–40 ming yil muqaddam insonning biologik tur sifatida 
rivojlanish jarayoni deyarli to‗xtaydi. Barcha insonlarning umumiy ajdodi – 
kromanonlik
2
odam hozirgi jismoniy tipga mansub odamdan deyarli farq qilmagan.
SHu davrdan boshlab insoniyatning rivojlanish jarayoni individual belgilarni 
emas, balki ijtimoiy belgilarni o‗zlashtirishga tayangan holda davom etadi. Darvin 
«triadasi» elementlari – 
o„zgaruvchanlik, irsiyat
va 
tanlanish
amal qilishda davom 
etadi. Ajdodlarimiz o‗zaro raqobatlashish jarayonida o‗sha davrdagi yashash 
sharoitlariga kamroq darajada moslashgan qabiladoshlarini siqib chiqaradilar, 
mazkur sharoitlarga yaxshiroq moslashganlarning tashkiliy va mehnat 
ko‗nikmalarini esa o‗zlashtiradilar. Ammo tanlanish yangi darajaga – ijtimoiy 
hayot tashkiloti darajasiga ko‗tariladi. Rivojlanish sur‘atlari butunlay boshqa – 
sivilizatsion asosda jadallashib boradi. SHu tariqa sinergetika quyidagi 
komponentlardan tarkib topgan antroposotsiogenez modelini asoslaydi: 
biologik 
evolyusiya – bifurkatsiya – ijtimoiy rivojlanish

L.Memford taklif qilgan boshqacha yondashuv ham mavjud bo„lib, unda 
antropogenez rivojida odatlar etakchi rol o„ynagan, degan fikr ilgari suriladi. 
1
Қаранг: Моисеев Н. Человек и ноосфера. – М., 1990. – 47-б.
2
Кроманьон – Франциядаги ғор бўлиб, бу ерда одам суяклари биринчи марта топилган. 


324 
Uning fikricha, intellektning faolligini belgilash uchun texnik ko„nikmalarning o„zi 
kifoya qilmaydi
. Aynan marosimlarni o‗tkazish negizida shakllangan muayyan 
amallarni aniq bajarish odati insonda qo‗l mehnati uchun zaruriy ko‗nikmalar hosil 
bo‗lishiga olib kelgan. M.Maklyuen antroposotsiogenezning bosh omili sifatida 
aloqa va muloqotga e‘tiborni qaratadi. Antroposotsiogenez muammosining 
muayyan echimini taklif qiluvchi yondashuvlar majmui yuqorida zikr etilgan 
konsepsiyalardangina iborat emas. Mazkur fenomenni mantiqiy anglab etishdagi 
qiyinchiliklar va muammolar shu darajada ulkan, aniq va rashanki, hozirgi zamon 
antropologik 
tafakkuri 
uning 
«Antroposotsiogenez jumboqlari» degan 
balandparvoz va paradoksal nomi bilan murosaga kelgan. 

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish