Нигинахон шермухамедова



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet235/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

Til va ong.
Ong nafaqat insonning mehnat faoliyati, balki odamlar o„zaro 
aloqasi va muloqotining universal vositasi – til bilan ham uzviy bog„liqdir.
Aniq, 
tushunarli nutqning paydo bo‗lishi, nafaqat ijtimoiy munosabatlar, balki insonning 
o‗zi, uning ongi rivojlanishining butunlay yangi va qudratli vositasiga aylandi, 
chunki biologik omil (irsiyat)dan tashqari odamlarda til yordamida yanada 
qudratliroq omil – tajriba va muhim axborot berishning ijtimoiy usuli paydo bo‗ldi. 
Bu turli avlodlar va tarixiy davrlarning bilimlari, an‘analari, madaniyatlarining 
vorisiyligini ta‘minladi, so‗nggi zikr etilgan hol esa, o‗z navbatida, tilning yanada 
rivojlanishi va takomillashuviga turtki berdi va zamin hozirladi.
SHunday qilib, mehnat, ong va til bir-biri bilan shu darajada uzviy 
bog‗landiki, ulardan har birining kelib chiqishi va tarixiy rivojlanishini bir-biridan 
alohida tasavvur qilish mumkin emas. Bunda til insonning fikrlash faoliyati amalga 
oshuvchi muhim shakl hisoblanadi, mehnat esa, o‗z navbatida, tilni rivojlantiradi 
va boyitadi.
Xullas, individning ongi ijtimoiy belgilangandir, ya‟ni u faqat jamiyatda 
shakllanadi va undan tashqarida paydo bo„lishi mumkin emas.
U nafaqat kelib 
chiqishiga ko‗ra, balki borliq usuli jihatidan ham ijtimoiy hodisa hisoblanadi, 
chunki odamlarning xulq-atvori, harakatlarida namoyon bo‗ladi, ularning faoliyat 
yo‗nalishini belgilaydi.
Ongsizlikning tabiati

Ong insonning ichki dunyosi sifatida o‗z 
strukturasiga ega. Uni o‗rganishdan oldin quyidagi holatga e‘tiborni qaratish 
lozim. Ba‘zan «ong» tushunchasi «inson ruhiyati» tushunchasi bilan 
ayniylashtiriladi. Bu noto‗g‗ri. 
Ruhiyat – ongga qaraganda murakkabroq tuzilma 
bo„lib, u aks ettirishning ikki sohasi – ong va ongsizlikni o„z ichiga oladi. 
Ruhiy 
hayot inson ongini barcha tomonlardan qurshab va qamrab oladi. Ruhiy faoliyatda 
ong ishtiroki uncha katta emas. Uning ortida oddiy ravshan ong ishtiroki, so‗ngra 
minimal darajada ravshan ong ishtiroki va nihoyat, ongsizlik sohasi joylashgan. 
Ruhiyat ongdan kengroq tushuncha. Inson ruhiy faoliyati ong diqqat markazida 
bo„lishi mumkin, ba‟zan u ong darajasiga ko„tarilmaydi (ilk ong holati, masalan 
chaqaloqda) yoki ong bo„sag„asidan pastga tushadi (ong osti sohasi).
Ong 
insonning har qanday holatida ham o‗zining maksimal darajada mujassamlashuvi 
va shaffoflik bilan tavsiflanavermaydi. Kuchli mastlik, stress holatidagi odamda u 
tarqoq bo‗ladi, uyqu holatida, gipnotik ta‘sir ko‗rsatish natijasida, ayrim toifadagi 
ruhiy kasallarda u mavjud bo‗lmaydi.
Ongsizlikning umumiy g‗oyasi eski tarixiy-falsafiy an‘anaga ega. U o‗ziga 
xos vijdon va oliy avtoritet sifatidagi o‗z ichki ovoziga doimo quloq soluvchi 
Sokrat deymoniyasiga borib taqaladi. Platon ta‘limotida ongsizlik muammosi 
xotira sifatidagi bilish mavzusi bilan bog‗liq. Platon falsafasining «anamnesis» 
degan termini narigi dunyoda ko‗rgan narsalarni bu dunyoda eslayotgan inson 
ruhiyati holatini ifodalaydi. Platon ta‘limotida ongsizlik g‗oyasi jonda sub‘ektning 
o‗zi xayoliga ham keltirmaydigan yashirin bilimlar mavjudligi bilan bog‗lanadi.
Turli tarixiy sharoitlarda ongsizlik muammosiga munosabat ham turlicha 
bo‗lgan. XVII–XVIII asrlarda ruhiy faoliyatning anglash mumkin bo‗lmagan 
shakllari haqidagi tasavvurlar teologiya chegarasidan tashqariga chiqadi va 
faylasuflar muhokamasi predmetiga aylanadi. Dekart va Lokk «anglash mumkin 


307 
bo‗lmagan ruhiyat» g‗oyasini qat‘iyan rad etadi, chunki ong va ruhiyatdan 
tashqarida faqat ko‗lamlik va sof fiziologiya mavjud bo‗lishi mumkin. Bu ularga 
ko‗p sonli anglashilmovchiliklarni chetlab o‗tish imkonini beradi.
Leybnits «sezish mumkin bo‗lmagan idroklar» konsepsiyasida, shuningdek 
Kant, qorong‗i tasavvurlar sohasi («dunkler Vorstellungen») mavjudligini tan olib, 
mantiqiy qiyinchiliklarga qarshi borishni ma‘qul ko‗radilar. Leybnits ongli 
tasavvurlar bo‗sag‗asidan tashqarida yotuvchi ma‘naviy faoliyatning eng tuban 
shakli sifatidagi ongsizlik konsepsiyasini ancha aniq ta‘riflashga muvaffaq bo‗ladi. 
Biz o‗zimizda muayyan tasavvur mavjudligiga, hatto amalda uni anglamasak ham, 
bilvosita ishonch hosil qilishimiz mumkin, deb ta‘kidlaydi u. Leybnitsning 
«Monadologiya» asarida ongsiz idroklar – «kichik persepsiyalar» haqidagi ta‘limot 
ruhiy hayotning uzluksizligini va dunyoda yuz berayotgan jarayonlarning umumiy 
o‗zaro aloqasini asoslash uchun qo‗llaniladi. Ayni shu o‗zaro aloqa tufayli har 
qanday jismsiz substansiya – monada Koinot ko‗zgusi sifatida amal qiladi.
XIX asr o„rtalarida ongsizlikni talqin qilishga nisbatan ikki xil yondashuv 
vujudga keladi

Birinchi yondashuvga ko„ra, ongsizlik – muayyan sabablarga 
ko„ra anglash qobiliyatini yo„qotgan miya ishini ifodalovchi sof salbiy hodisa. 
Bu 
«rudimentar, tubanlashgan ruhiy faoliyat» bo‗lib, uni faqat fiziologik nuqtai 
nazardan o‗rganish talab etiladi. 
Ikkinchi yondashuvga ko„ra,
ongsizlik – ruhiy 
hayotning ijobiy tomoni, atrof borliqqa munosabatning anglanayotgan turdagi 
ruhiy faollik asosida amalga oshirish mumkin bo„lmagan ko„rinishi
. Ongsizlik 
muammosiga nisbatan yondashuvda mavjud bo‗lgan bunday ikki yoqlamalikni 
nemis idealist-faylasufi, fiziolog va psixolog 

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish