303
o‗zgartirish, uni insonga, jamiyatga zarur bo‗lgan shaklga solish ehtiyoji bilan
izohlanadi.
Ongning ijodiy funksiyasida insonning
oliy imkoniyatlari
namoyon bo„ladi
.
Maqsadga intiluvchanlik, ya‟ni inson o„z harakatlarini «nima uchun» va «nimaga
erishish yo„lida» amalga oshirishini anglab etish har qanday ongli qilmishning
zaruriy shartidir.
Maqsadni ro‗yobga chiqarish muayyan vositalarni, ya‘ni
maqsadga erishish uchun yaratiladigan va shunga xizmat qiladigan vositalarni
ishga solishni nazarda tutadi. Inson tabiatda mavjud buo‗lmagan narsalarni bunyod
etadi. U butunlay yangi narsalarni va umuman yangi dunyoni yaratadi. Odamlar
o‗zgartirgan, yaratgan narsalarning ko‗lami, shakllari va xossalari ularning
ehtiyojlari, maqsadlari bilan belgilanadi; bu narsalarda inson niyati, uning
g‗oyalari ro‗yobga chiqariladi.
Ongning
kommunikativ funksiyasi
(aloqa funksiyasi)
da odamlar umumiy
mehnatda ishtirok etadilar va bir-birlari bilan o„zaro aloqalarga kirishishga doimi
muhtoj bo„ladilar.
Fikrlarning bu aloqasi nutq orqali (ovozlik aloqa) va texnika
vositalari yordamida (matnlar, kodlangan axborot) amalga oshiriladi. SHuni
e‘tiborga olish lozimki, yozma matnlarda (kitoblar, jurnallar, gazetalar va sh.k.)da
bilim emas, balki axborotgina saqlanadi. Axborot bilimga aylanishi uchun u
sub‘ektivlashtirilishi lozim. Ayni shu sababli bosma so‗zni tarqatish bayon etilgan
axborot bilimga aylanishining kafolati emas, balki sharti hisoblanadi. Axborot
bilimga, ya‘ni sub‘ektiv boylikka aylanishi uchun qo‗shimcha kuch-g‗ayrat
sarflash talab etiladi.
SHaxs ongining mantiqiy siklini
tartibga solish (boshqaruv) funksiyasi
yakunlaydi. Ong omillarga baho berish asosida va qo‗yilgan
maqsadga muvofiq
inson harakatlarini, keyinchalik esa – jamoalarning harakatlarini ham boshqaradi,
tartibga soladi.
Ongning tartibga solish funksiyasi insonning o„zini qurshagan
muhit bilan o„zaro aloqasiga bog„liq bo„ladi va ikki shaklda: da‟vat etuvchi
tartibga solish va ijroni tartibga solish shakllarida amal qiladi.
Odamlar xulq-
atvori va faoliyatiga turtki beruvchi omillarning g‗oyaviy mazmuni ulkan
ahamiyatga egadir. G‗oyalar da‘vatkor kuchga aylanishiga qarab inson o‗z
qilmishlarini ongli ravishda, o‗z e‘tiqodiga muvofiq, izchil amalga oshiradi. Ijroni
tartibga solish kishilar faoliyatini ularning ehtiyojlari bilan muvofiq holatga
keltiradi, maqsad va uni tartibga solish vositalarining mutanosibligini ta‘minlaydi.
Ongning bosh funksiyalari ana shulardan iborat. Ularning uyg‗un
rivojlanishigina oxir-oqibatda intellektual va ma‘naviy jihatdan komil insonni
tarbiyalash imkoniyatini beradi.
XXI asr boshiga kelib olimlar intellektning
ayrim funksiyalarini
informatsion mashinalar zimmasiga yuklash uchun ancha ko‗p zahmat chekdilar.
Bugungi kunda kompyuterlar murakkab ishlarni bajarmoqdalar: bir tildan boshqa
tilga tarjima qilmoqdalar, samolyotlarni, poezdlarni boshqarmoqdalar, shaxmat
o‗ynamoqdalar, hatto inson miyasiga xos bo‗lgan ba‘zi bir mantiqiy amallarni
bajarmoqdalar. Tabiiy bir savol tug‗iladi: inson aqlining o‗rnini bosishga qodir
bo‗lgan mashinani yaratish mumkin emasmi?
Texnika
imkoniyatlari nuqtai nazaridan, informatsion mashinalarni
takomillashtirish chegarasini belgilash o‗rinli bo‗lmaydi. SHunga qaramay,
304
mashinalar bajaruvchi amallar bilan inson miyasida bajariladigan amallarning
o‗xshashligi mashinalarni fikrlash qobiliyatiga ega deb hisoblash uchun asos
bermaydi. Mohiyat e‘tibori bilan mashina inson tafakkurining faqat bir jihatini –
formal-mantiqiy fikrlashnigina amalga oshiradi, vaholanki, insonning fikrlash
jarayoni
amalda iroda, emotsiyalar, intuitsiya, orzu, fantaziya va hokazolardir.
Inson ichki dunyosining boyligi uning ijtimoiy aloqalari boyligi va serqirraligining
mahsuli hisoblanadi. Ayni shu sababli, inson ongi, uning strukturasi va barcha
funksiyalarini to‗liq modellashtirish uchun miya strukturasining o‗zinigina
gavdalantirish kifoya qilmaydi. Buning uchun inson rivojlanishining butun tarixiy
yo‗lini gavdalantirish, uni barcha ehtiyojlar bilan, shu jumladan siyosiy, axloqiy va
estetik ehtiyojlar bilan ta‘minlash talab etiladi. Bularning barchasi bilishning
murakkab vazifalarini echishda zamonaviy kibernetik qurilmalarning imkoniyatlari
cheklanganligidan dalolat beradi. Ular aslida intellektual faoliyatning axborotni
qayta ishlash qoidalari bilan bog‗liq bo‗lgan tomonlarini
mexanizatsiyalashtirish
va avtomatizatsiyalashtirish vositalaridan boshqa narsa emas.
Fikrlovchi odamning o‗ziga xos xususiyati shundaki, u o‗z ongi yordamida
o‗zini, o‗zi yashayotgan muhitni tahlil qilib, o‗z «Meni» haqida tasavvur hosil
qiladi va o‗zini bu borliqdan ajratib, shu tariqa o‗zligini shakllantiradi.
Emotsiyalarga boy bo‗lgan va qadriyatlarga qarab mo‗ljal oluvchi inson ongi faol
asos sifatida amal qiladi, chunki u borliqning passiv in‘ikosi emas, balki fikrlash
faoliyatining izchil, nazorat qilinadigan va boshqariladigan jarayoni hisoblanadi.
SHu ma‘noda u ijodiy faoliyat sifatida ham namoyon bo‗ladi, zero u nafaqat
borliqni aks ettiradi, balki uni o‗zgartirib, borliqning yangi shakllarini yaratadi.
Bu erda har qanday ijodkor faoliyatining negizi, shuningdek inson yaratgan
va yaratayotgan «ikkilamchi» tabiatning paydo bo‗lish asoslari mujassamlashadi
.
Aynan inson ongining faol va ijodiy xususiyati uni sun‟iy intellekt manbalari –
«aqlli», «fikrlovchi» mashinalar bilan bir qatorga qo„yish imkonini bermaydi.
Garchi ular axborotga ishlov berish borasida insondan
ancha ustun va hatto
ularning ishida «ijod» unsurlari ham namoyon bo‗lsa-da, lekin ular mashinalar
bo‗lib qoladi. Ularning ishi ma‘naviyatdan mahrum va umuman olganda
odamlarning ongli faoliyati bilan tenglasha olmaydi. Bu faoliyat oldindan
belgilangan har qanday dasturdan boyroq, zero madaniy jarayondan uning faol
asosi sifatida o‗rin olgan va asosan madaniyat bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: