299
insonning o‗z faoliyatida yuzaga keladigan, sub‘ektiv va ob‘ektiv qiyinchiliklar va
to‗siqlardan ongli ravishda oshib o‗tishni talab etadigan vazifalarni hal qilishga o‗z
ruhiy va jismoniy kuchlarini safarbar etish va yo‗naltirish qobiliyatidir. Inson
mehnat qurollarini yaratishi – bu irodani shakllantirishning birinchi va eng muhim
maktabidir. Iroda va maqsad bir-birini to‗ldiradi. Irodasiz maqsadga erishish
mumkin emas; maqsadga muvofiq faoliyatsiz iroda ham bo‗lmaydi. Iroda – bu
ongli intilish va harakatga mayl uyg‗otishdir. Ammo insonga ongsiz mayllar ham
xos. Ba‘zan
inson qaergadir intiladi, lekin qaerga va nima uchun intilayotganini
uning o‗zi ham bilmaydi. Bunday ong osti harakati insonga hayvonlardan o‗tgan.
Ong strukturasida
e‟tibor ham bo„lib,
u
–
inson ruhiy faoliyatining
muayyan ob‟ektlarga qarab mo„ljal olishda namoyon bo„luvchi shakli.
Ong strukturasining yana bir elementi xotira
–
individ miyasida uning
o„tmishdagi tajribasini mustahkamlash, saqlash va gavdalantirishdan iborat
bo„lgan ruhiy jarayon. Xotira
– ongning miyaga kelayotgan axborotni aks ettirish,
saqlab qo‗yish, gavdalantirish va unga ishlov berish mexanizmlari bilan bog‗liq
bo‗lgan tarkibiy elementi.
Amalda motorli, emotsional, obrazli, uzoq va qisqa
muddatli xotira farqlanadi
. Ko‗pgina kuzatishlar takrorlash va uzoq muddat
xotirada saqlash o‗rtasida uzviy aloqa mavjud emasligidan dalolat beradi. Uzoq
muddatli xotira insonning motivatsiya sohasiga bog‗liq bo‗ladi.
Sezgi organlariga
bevosita ta‘sir ko‗rsatish jarayoni tugagach, predmetning obrazi izsiz yo‗qolib
ketmaydi, u xotirada saqlanadi.
Xotiraning asosiy elementlari eslab qolish,
saqlash, gavdalantirish va unutish hisoblanadi
. Eslab qolishning fiziologik asosini
bosh miya po‗stlog‗ida vaqtinchalik nerv aloqalarining hosil bo‗lishi va qayd
etilishi tashkil qiladi. Nerv aloqalarining keyinchalik
jonlanishi eslab qolingan
materialni gavdalantirish imkoniyatini beradi, bu aloqalarning susayishi esa
xotiradagi materialning unutilishiga olib keladi.
Ongning yana bir elementi tasavvur bo„lib, u sirtdan ta‟sirlar xotirada
saqlanishi natijasida paydo bo„ladi.
Tasavvurlar
–
insonning sezgi organlariga
qachondir ta‟sir ko„rsatgan va keyinchalik miyada saqlanib qolgan izlariga ko„ra
tiklangan predmetlarning obrazlari, shuningdek xayolot yordamida yaratilgan
obrazlar.
Tasavvurlar ikki shaklda: xotiralar ko‗rinishida va xayoliy obrazlarda
mavjud bo‗ladi. Idrok faqat hozirgi zamonga taalluqli bo‗lsa,
tasavvurlar ham
o‗tmishga, ham kelajakka taalluqli bo‗ladi. Tasavvurlar idrokdan kamroq darajada
aniq va ravshanligi bilan ajralib turadi.
Ong strukturasining oliy elementi
– bu
tafakkurdir.
Tafakkur – individ bilish
faoliyatining voqelikni umumiy va bilvosita aks ettirish bilan tavsiflanuvchi
jarayoni.
Tafakkur voqelikni inson o‗z ongida umumiy tarzda, bilvosita va izchil
aks ettirishi bilan bog‗liq. U assotsiatsiyalarning tartibsiz o‗yinidan
farq qiladi va
predmet mantiqiga ko‗ra harakatlanishni nazarda tutadi. «Tafakkursiz yashash
mumkinmi?», degan savolga Lokk «ha, mumkin» deb javob bergan va o‗z
hayotining katta qismini tafakkursiz o‗tkazgan kishilarga ishora qilgan. Refleksiya
qiladigan va refleksiya qilmaydigan tafakkur farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: