298
ko‗prik vazifasini bajaradi.
Sezish – ob‟ektiv dunyo predmetlar ayrim xossalari
sezgi organlariga bevosita ta‟sir ko„rsatishi jarayonida aks etishi.
Inson sezgi
organlarining axborot o‗tkazish qobiliyati quyidagicha taqsimlangan: eng katta
axborot hajmi ko‗rish qobiliyati bilan bog‗liq, keyingi o‗rinlarni his qilish, eshitish,
ta‘m va hid bilish qobiliyatlari egallaydi. Sezgi organlariga ayrim predmetlarning
bevosita ta‘sirini aks ettiruvchi yaxlit obraz idrok deb ataladi.
Idrok – sezgilar
to„plamidan iborat strukturaviy obraz. Idrok tabiatini tushunishda perseptiv
sistema ishini ob‟ektning xususiyatlari bilan muvofiqlashtiruvchi harakatlanish
jarayonlari ulkan rol o„ynaydi.
Bu erda predmetni paypaslab ko‗rayotgan qo‗l
harakati, muayyan manzarani kuzatayotgan ko‗zlar harakati, tovush chiqarayotgan
bo‗g‗iz tomirlarining tortilishi nazarda tutiladi. Idrok barcha ruhiy holatlar,
hodisalar, xususiyatlar xossalar hamda inson ongining yaxlit mazmuni,
o‗zlashtirilgan bilimlar, tajribalar, ko‗nikmalar orqali namoyon bo‗ladi va ularni
ongda aks ettirishda qatnashadi.
B
ilim
ong strukturasining bosh tarkibiy elementi, uning o„zagi, mavjudlik
vositasi. Bilim – bu insonning voqelik haqidagi tushunchasi.
Inson ongida bilim
anglab etilgan hissiy va mavxum mantiqiy obrazlar sifatida aks etadi. Bilimlar
yordamida inson o‗zini qurshagan dunyoni va bilishning predmetini to‗laligicha
qamrab olishi va anglab etishi mumkin. Bilim ongning moddiy faoliyat vositasida
dunyoni izchillik bilan yaratish imkoniyati, voqealar rivojini nazarda tutish, ijodiy
faollik ko‗rsatish kabi xossalarini belgilaydi. Boshqacha qilib aytganda, ong – bu
bilimlar shaklidagi voqelikka inson ehtiyojlarini hisobga olgan holda
yondashishdir.
Emotsiyalar ong strukturasining yana bir elementi
bo„lib, ular teran shaxsiy
xususiyat kasb etadi. Kuchli emotsiyalar hatto psixosomatik simptomlar – bosh
og„rishi, duduqlanish paydo bo„lishiga, tomirlarda og„riq turishiga, yara
toshishiga, teri kasalliklariga olib kelishi mumkin. Bularning barchasi emotsiyalar
ong strukturasida ulkan rol o„ynashini tasdiqlaydi.
Inson o‗zini qurshagan dunyoni sovuqqonlik va befarqlik bilan emas, balki
qoniqish, nafrat yoki hamdardlik hissi bilan anglab etadi. U o‗z ongida aks etgan
hamma narsani his qiladi. Emotsiyalar borliqning real hodisalarini individ anglab
etishini yo rag‗batlantiradi, yo bunga to‗sqinlik qiladi. Ko‗zni quvontiradigan
narsalar xotiraga osonroq o‗rnashadi. Ammo ba‘zan dunyoning «ko‗zni
quvontiradigan» manzarasi o‗ziga mahliyo qilishi, illyuziyalar tug‗ilishiga sabab
bo‗lishi ham mumkin. Ayrim, ayniqsa salbiy emotsiyalar aqlning teranlik
darajasiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Masalan, qo‗rquv hissi inson yuz berayotgan
hodisalarni anglab etishi yo‗lida to‗siqqa aylanishi mumkin. SHaxsning eng
muhim ijtimoiy va ekzistensial qadriyatlar bilan aloqalari anglab etilishi natijasida
shakllanadigan ma‘naviy tuyg‗ular (masalan, muhabbat tuyg‗usi) emotsiyalarning
oliy darajasi hisoblanadi. Tuyg‗ular moddiy mazmunga egalik, turg‗unlik, real
vaziyatga bog‗liq emaslik bilan tavsiflanadi. Emotsiyalar sohasi inson ongining
barcha harakatlariga sezilarli darajada ta‘sir ko‗rsatadi, uning faoliyati uchun asos
bo‗lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: