Нигинахон шермухамедова



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet237/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

muhofaza 
funksiyasini 
bajaradi. Xotirada saqlanayotgan axborotning to‗liq hajmi haqida odamlar hatto 
taxmin ham qilmaydilar. 
Ongsizlik inson harakatlarini avtomatizatsiyalash 
funksiyasini bajaradi.
Agar inson hayot faoliyatining barcha elementlari anglash va 
boshqarishni bir vaqtning o‗zida talab qilganda, inson o‗ylashga ham, harakat 
qilishga ham qodir bo‗lmas edi.
Ongsizlikning o‗rni va ahamiyatini aniqlashda avstriyalik psixiatr, 
psixologik va nevropatolog Zigmund Freyd (1856–1939) konsepsiyasi alohida 
1
Қаранг: Юнг К. Архетип и символ. – М., 1991. – 140-б.


309 
ahamiyat kasb etadi. 
Z.Freyd fikricha ongsizlik ong faoliyatining ziddi, qudratli 
irratsional kuch. Ayni paytda u inson o„zi anglamaydigan mayllar psixoanaliz 
texnikasi yordamida aniqlanishi va ong nazorati ostiga olinishi mumkin.
Freyd 
inson ruhiyatining teran ongsizlik qatlami haqidagi tasavvurga tayanadi. Uning 
fikricha, bu erda hali lozim darajada o‗rganilmagan, biroq ong uchun ancha muhim 
bo‗lgan alohida hayot mavjud.
Freyd konsepsiyasining markaziy tushunchasi «libido»dir. Freydning ilk 
asarlarida «libido» deganda jinsiy mayl energiyasi tushuniladi. Keyinchalik Freyd 
«libido»ni Platonning «Erosi» bilan bog‗laydi, uni «muhabbat» so‗zi bilan qamrab 
olinadigan hodisalar – jinsiy muhabbat, ota-ona va farzandlarga muhabbat, 
umuman odamlarga muhabbat energiyasi bilan ayniylashtiradi. YUng «libido» 
tushunchasining hayot jarayonida namoyon bo‗luvchi ruhiy energiya sifatidagi 
keng talqinini ilgari suradi. Uning fikricha, bu vital-ruhiy energiya oqimi bo‗lib, 
ongli va ongsiz hayot fenomenlarining barchasi libido yaxlit va yagona 
energiyasining ayrim ko‗rinishlaridir. Zigmund Freyd yaratgan inson xulq-atvori 
modelining zamirida inson ruhiyatida jinsiy mayllarning hukmronligi haqidagi 
tasavvurda mazkur mayllar ong bilan to‗qnashadi va natijada uni o‗ziga 
bo‗ysundiradi. Ammo falsafiy maktablarning aksariyati o‗zgacha nuqtai nazarni 
ilgari suradi. Ular inson ruhiyatida etakchi asos ong bo‗lib, u ongsizlik sohasini 
«oziqlantirish» va uni ko‗p jihatdan shakllantirish orqali umuman olganda uni 
boshqarishga, shuningdek inson xulq-atvorining umumiy strategiyasini belgilashga 
qodir, deb hisoblaydi. 
XX asrda Freyd va YUng bilan bahsga faylasuf, sotsiolog va psixolog Erix 
Fromm
 
(1900–1980) kirishadi. Jum ladan, Freyd fikriga ko‗ra, 
ongsizlik – asosan 
inson ruhiyatining tub-tubida yashirinib yotadigan, uning madaniyati va tashqi 
o„zligi (egosi) talablari bilan muvofiq kelmaydigan hodisa
. YUng ta‘limotida 
ongsizlik vahiy manbaiga, dinda Xudo deb ataluvchi substrat timsoliga aylanadi

Fromm ikkala konsepsiyani ham bir yoqlama deb hisoblaydi. Uning fikricha

ongsizlik – inson o„zligining ong vositasida boshqariladigan Egodan tashqaridagi 
qismi. U ijobiy va salbiy, oliy va tuban unsurlardan tarkib topadi
. Biz ongsizlikka 
sig‗inish talab etiladigan Xudo sifatida yoki o‗ldirish lozim bo‗lgan ajdar sifatida 
emas, balki xotirjam, chuqur hazil hissi bilan yondashishimiz, o‗zimizning mazkur 
boshqacha qismimizni dahshatga tushmasdan, biroq unga tavoze ham qilmasdan, 
asl holicha qabul qilishimiz kerak
1
.
Har xil tushlar, gallyusinatsiyalar, xayoldan ketmaydigan g„oyalar, 
intuitsiya va shu kabilar ongsizlikning namoyon bo„lish shakllariga misol bo„lishi 
mumkin.
Ular odamlar ruhiyati va xulq-atvoriga kuchli ta‘sir ko‗rsatadi, lekin ayni 
vaqtda bu jarayonlarni boshqarish nuqtai nazaridan ularga bo‗ysunmaydi. SHu 
sababli 
ongsizlik ongning muayyan lahzada ong bilan boshqarishga qodir 
bo„lmagan parchasi, deyish mumkin
2

1
Қаранг: Ницше Ф., Фрейд 3., Фромм Э., Камю А., Сартр Ж.П. Сумерки богов. – М., 1989. 
– 206-б.
2
Қаранг: Шрейдер Ю.А. Загадочная притягательность философии (субъективнқе заметки) // Вопросқ философии. 1996. 
№7. – С.168.


310 
Ongsizlik strukturasiga ong sohasida vujudga kelishi va vaqt o‗tishi bilan 
ongsizlik sohasiga kirishi mumkin bo‗lgan intuitsiya va avtomatizmlar ham kiradi. 
Intuitsiya
– bu olish yo‗llari va shartlarini anglamasdan, bevosita hissiy kuzatish 
yoki mushohada yuritish yo‗li bilan olinadigan bilim.
Avtomatizmlar
– bu avval 
ong nazorati ostida paydo bo‗lib, uzoq mashq qilish va ko‗p karra takrorlash 
natijasida ongsiz harakatlar xususiyatini kasb etuvchi insonning murakkab 
harakatlari. Tush, gipnoz holati, somnambulizm hodisalari, hushsizlik holatlari 
ham ongsiz harakatlar hisoblanadi.
Ruhiy faoliyatga ongsiz harakatlarning qo‗shilishi natijasida ongga 
tushuvchi yuk kamayadi, bu esa, o‗z navbatida, insonning ijodiy imkoniyatlari 
maydonini kengaytiradi. Hozirgi zamon fani 
ong osti sohasi 
tushunchasi bilan ham 
ish ko‗radi. Bu ongsizlik sohasining alohida qatlami yoki darajasidir. Unga faoliyat 
amallarining ong darajasidan avtomatizm darajasiga o‗tishi bilan bog‗liq ruhiy 
hodisalar kiritiladi.

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish