308
ijodiy faoliyatini oqilonalashtirish uchun keng imkoniyatlar mavjud. Bu hol
irratsionalistik falsafiy ta‘limotlarning shakllanishi uchun asos bo‗lib xizmat qiladi.
Ularda
ongsizlikning turli shakllari: instinktlar, intuitsiya va shu kabilar inson
xulq-atvorining
salmoqli
yoki
hatto
hal
qiluvchi
kuchi
hisoblanadi
.
Irratsionalizmning taniqli namoyandalari orasida
Artur SHopengauer
(Germaniya),
Syoren Kerkegor
(Daniya),
Fridrix Nitsshe
(Germaniya),
Eduard Gartman
(Germaniya),
Anri Bergson
(Fransiya),
Zigmund Freyd
(Avstriya),
Martin
Xaydegger
(Germaniya) kabilar ongsizlik muammosini tahlil qilganlar..
Ongsizlik – ruhiyatning teran poydevori. U turli-tuman va rang-barang
ko„rinishlarda, chunonchi: mo„ljal, mayl, sezgi, intuitsiya, tush, affekt holati va
hokazolarda namoyon bo„ladi
. «Ongsizlik» atamasi maqsadlari va harakatlari
jarayon ishtirokchilari tomonidan anglanmaydigan individual yoki jamoa xulq-
atvorini tavsiflash uchun ishlatiladi. K.G.YUng (1875-1961)
jamoa ongsizlik
obrazlari – «arxetiplar»ni atroflicha tadqiq etgan. Ular ijtimoiy-madaniy me‘yorlar
sifatida e‘lon qilinmaydigan, rasmiy muloqot kanallari yuzasida yotmaydigan,
biroq odamzot ruhiy hayotining teran qatlamlaridan chiqadigan tug‗ma dasturlar va
mo‗ljallar, tipik reaksiyalar tizimini o‗zida ifodalaydi.
Urug„ jamoa hayotining avloddan-avlodga meros bo„lib o„tuvchi yakuni
sifatida tushuniladigan jamoa ongsizlik inson va jamiyat xulq-atvorini
tushuntirish modeli bo„lib xizmat qilishi mumkin.
Agar ong arxetiplar tajribasini
idrok etmasa va uzluksiz energiya almashinuvi jarayoni yuz beradigan o‗z-o‗zidan
tashkil topuvchi tizim elementi sifatida
amal qilishdan bosh tortsa, ruhiyatga eng
sodda ko‗rinishlardagi ongsizlik suqilib kirishi mumkin. Bu esa, YUng fikriga
ko‗ra, individual va ommaviy psixozlarga, soxta bashoratgo‗yliklarga, g‗alayonlar
va urushlarga olib keladi. «Odobli va aqlli mavjudot manyakka va yovvoyi
hayvonga aylanishi mumkin»
1
. Ong bilan aloqani yo‗qotar ekan, ongsizlik o‗zini
bilvosita qaror toptiradi. Ongimizga bostirib kirib u shaxs ijtimoiy borlig‗ining
oqilona ruhiy strukturalarini qamrab oladi va ularni falajlik holatiga keltiradi.
YUng ongsizlikni e‘tiborga olmaslik xavfidan ogohlantiradi. Ongsizlik
ongning
ziddigina emas, u ongning «modifikatsiyalovchi raqibi-sherigi» hamdir.
Ongsizlik stixiyali-spontan hayot oqimidan kelib chiqadi, yaxshilik va yomonlik
mezonlari, ijtimoiy me‘yorlar qarichi bilan o‗lchash mumkin bo‗lmagan axborotni
o‗zida mujassamlashtiradi.
Rivojlanishning hozirgi bosqichida ongsizlikni hayot faoliyatiga zarracha
ta‘sir ko‗rsatmaydigan mistika deb e‘lon qilish to‗g‗ri bo‗lmaydi. Fiziologik nuqtai
nazardan ongsizlik jarayonlarining maqsadga muvofiq jihatlari ham yo‗q emas.
Ular miyani doimiy zo‗riqishlardan xalos qilish orqali
Do'stlaringiz bilan baham: