Reja: Diqqat to’g’isda umumiy tushuncha



Download 30,65 Kb.
Sana23.06.2022
Hajmi30,65 Kb.
#695965
Bog'liq
Egamberdiyev Lazizbek

Mavzu;Diqqatning barqarorligi va kasbiy faoliyatdagi o‘rni


Reja:
1.Diqqat to’g’isda umumiy tushuncha.
2.Diqqatning barqarorligi.
3.Diqqatning kasbiy faoliyatdagi o’rni.

1. Diqqat deb, ongni bir nuqtaga to‘plab, muayyan bir obyektga faol


qaratilishini aytamiz; biz o‘z faoliyatimiz jarayonida idrok va tasavur
qiladigan har bir narsa, har bir hodisa, o‘zimizning qilgan ishlarimiz, o’y
va fikrlarimiz diqqatning obyekti bola oladi.
Diqqat paytida ongning bir nuqtaga t o ‘planishi ong doirasining torayishidan iboratdir; bunda go‘yoki ong doirasi anchagina tig'izlanadi. Ana
shunday torayish va tormozlanish tufayli ong doirasi juda ham yorqin-
lashadi. Ongning eng tormozlangan va binobarin, eng yorqin nuqtasi
diqqatning fokusi (ya’ni markazi) deb ataladi. Ana shu fokusga tushgan
barcha narsalar (idrok qilinayotgan predmetlar, tasawurlar, fikrlar) juda
tola, yorqin hamda juda aniq aks ettiriladi.
Diqqatga hamma vaqt u yoki bu darajadagi faollik xosdir. Bunday
faollik ongning bir nuqtaga to‘planishining kuchayishi va malum vaqt
mobaynida diqqat qaratilgan narsaga ongning faol yo'naltirilishini saqlab
turishdan iboratdir.
Diqqatimiz qaratilgan obyektlar ongimizning to‘plangan «zonasida» juda
aniqlik va yaqqollik bilan aks ettiriladi. Bu yerda yana shuni ham nazarda
tut ish kerakki, diqqat — idrok, xotira, xayol, tafakkur va nutq singari alo­
hida psixik jarayon emas. Diqqat hamma psixik jarayonlarda ko'rinadi. Biz
«shunchaki» diqqatli bola olmaymiz, balki biz diqqat bilan idrok qilamiz
(qaraymiz, eshitamiz), diqqat bilan esda olib qolamiz, o'vlaymiz, diqqat
bilan muhokama vuritainiz, gaplashamiz. Diqqat aqliy jarayonlarning si­
fatini ta’minlaydigan ichki faollikdir. Diqqat har qanday faoliyatning zaru-
riy shartidir. Mana shu hol fransuz olimlaridan Kyuvcni o'z zamonasida
geniallikni chidamli diqqat deb ta'riflashga undagan edi. Masalan, u Nyu-
tonning genialligi diqqatining kuchi va barqarorligidadir, deb ko'rsatadi.
Nyutonning o'zi «Siz butun dunyo tortilish qonunini ochishga nima tufayli
muyassar bo'ldingiz» deb berilgan savolga: «Fikri-zikrim doimo shu narsa-
laga qaratilganligidan muyassar bo'ldim», deb javob bergan.
Diqqat dastaval o'zining faolligi jihatidan - ixtiyorsiz va ixtiyoriy
deb farqlanadi. Diqqat asosan ikki turga, ya’ni ixtiyorsiz va ixtiyoriy diqqat
turiga ajratiladi. Biron tashqi sabab bilan va bizning xohishimizdan tashqari
hosil bo'ladigan diqqatni ixtiyorsiz diqqat deyiladi.
Ixtiyorsiz diqqatni tug'diruvchi sabablar, avvalo, bizga ta’sir qiluvchi
qo'zg'ovchilarning qandaydir mashhur xususiyatlaridir: chunonchi, ular­
ning go'zalligi, yorqinligi, kuchi, kattaligi, harakatchanligi, uzoq davom
etishi, to'satdan sodir bo'lishi, kontrastligi va hokazo. Masalan, shiqildoqli
chiroyli va yaltiroq o'yinchoq bog'cha yoshigacha bo'lgan bolalaming
diqqatini o'ziga jalb qiladi. Qattiq tovush — momaqaldiroq, otilgan o'qning
ovozi — beixtiyor ravishda diqqatimizni o'ziga tortadi. Chunonchi, kutil-
magan holda to'satdan sinfga uchib kirgan kapalak yoki qovoqari ixtiyor­
siz ravishda o'quvchilaming diqqatini o'ziga tortadi. Shuningdek, Moskva-
ning ko'chalaridagi juda katta baland binolar diqqatimizni beixtiyor o'ziga
jalb qiladi. Jimjitlik davom etib turgan bir paytda to'satdan paydo bo'lgan
shovqin-suron va. aksincha, shovqin-surondan so'ng sodir bo'lgan jimjit­
lik ham beixtiyor ravishda diqqatimizni jalb qiladi.
Bundan tashqari, ixtiyorsiz diqqat bizning faoliyatimiz, turmush tajri-
bamiz bilan bog'liq bo'lgan va ehtiyojlarimiz, qiziqishlarimizga javob bera
oluvchi hamda bizda ma’lum bir hissiyot uyg'ota oluvchi narsalarning
ta’siri bilan ham vujudga keladi.
Ixtiyorsiz diqqatning yuzaga kelishi odamning ayni chog'dagi holati
ga ham bog’liq. Bir xil narsalar va hodisalar diqqatimizni o‘ziga tortishi
mumkin va mutlaqo tortmasligi ham mumkin. Bu narsa odamning ayni
chog'dagi holati bilan bog’liq bo’ladi.
Ixtiyorsiz diqqatning dastlabki fiziologik asosi oriyentirovka yoki t ek ­
shirish reflekslaridan iborat.
Bu reflekslarni akademik l.P. Pavlov boshqacha nom bilan «bu nima
ekan» refleksi deb ataydi. Shu bilan birga, Pavlov kishilarda «bu refleks
juda ham yuksak taraqqiy qila borib, nihoyat fanni yarata oladigan bilim-
ga havas tarzida ko‘rinadi» deydi .
Diqqatimiz qaratilishi lozim bo’lgan narsani oldin belgilab olib, ongli
ravishda qo‘yilgan maqsad bilan ishga solingan diqqatni ixtiyoriy diqqat
deyiladi.
Bu diqqatning boshlanishi va, ko’pincha, butun qilinayotgan ish mobay-
nida davom ettirilishi kuch va zo‘r berishni, ya’ni irodaning ishtirokini
talab qiladi. Shuning uchun uni irodaviy diqqat deyiladi. Ixtiyorsiz
diqqatning kuchi asosan qiyinchiliklarni yengish bilan bog’liq bo’lgan
irodaviy zo‘r berish darajasi bilan xarakterlanadi.
Masalan, bu yerda ana shunday qiyinchiliklarni ayni chog'dagi ishga
hech qanday aloqasi bo’lmagan va ixtiyorsiz tarzda yuzaga keladigan ke-
raksiz taassurot, tasavur, fikr, hissiyot va mayllarni yenga bilish orqali
ifodalab berish mumkin.
Ixtiyoriy diqqat fiziologik tomondan, asosan, ikkinchi signallar siste­
masining faoliyati bilan belgilanadi.
O’quvchining tushuntirilayotgan yangi darsni eshitib o’tirishi shu ix­
tiyoriy diqqat bilan ishlashning misoli bo’la oladi. Bunda o‘quvchi «eshi­
tib o‘tiraman» deb, ilgaridan o‘z oldiga maqsad qo‘yadi va o’z diqqatini
faqatgina o‘qituvchining so‘ziga qaratish uchun kuch sarf qiladi. Shuning
bilan birga, olquvchi beixtiyor ravishda paydo bo’lib, o'qituvchining so'zini
eshitishga xalaqit beruvchi idrok, fikr, hissiyot, xayol kabi boshqa psixik
jarayonlarni yo‘qotish uchun ongli ravishda harakat qiladi. Ixtiyoriy diqqat,
masalan, ninaga ip taqish kabi juda oddiy ishda, ayniqsa, ochiq ko‘rinadi.
Juda ko‘p har xil ishlar borki, ular asosan, ixtiyoriy diqqatni talab qiladi,
masalan: musahhihning ishi, g’isht teruvchining ishi, ekskavatorda ish­
lash va shuning kabilar. Bu ishlar boshlanishdan oxirigacha ixtiyoriy diqqat
asosida bajariladi.
Ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqat turlari o‘rtasidagi farq yana shundan ibo-
ratki, ixtiyorsiz diqqat bilan qilinadigan faoliyat ko'pincha unchalik zo‘r
bermay, ancha yengillik bilan va deyarli toliqmasdan amalga oshiriladi;
ixtiyoriy diqqat bilan amalga oshiriladigan har qanday faoliyat esa ancha­
gina zo‘r berishni talab qiladi va birmuncha toliqarli bo’ladi. Yuqorida
ko'rsatilgan ixtiyorsiz va ixtiyoriy diqqat o'rtasidagi ayirmalarga ikkita
alohida funksiya deb qarash yaramaydi. Ixtiyorsiz va ixtiyoriy diqqatning
ham muhim belgilari bir xildir. Bunday belgilar biron faoliyat davomida
biz idrok va tasawur qiladigan hamda uning haqida fikr yuritadigan ma’lum
narsaga ongimizning qaratilishi va to'planishidan iboratdir.
Bir xil ish jarayonida va, shu jumladan, o'qish jarayonida ham, ixtiyoriy
diqqat ixtiyorsiz diqqatga va, aksincha, ixtiyorsiz diqqat ixtiyoriy diqqatga
o'tib ketishi mumkin. Masalan, qandaydir o'qish materialini
o'zlashtirishning boshlanishi o'quvchilardan ixtiyoriy diqqat talab qiladi.
Lekin, ko'pincha, o'zlashtirish jarayonida bu ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz
diqqatga o'tib ketadi. Diqqatning bunday o'zgarishi o'qish materiali maz-
munining ba’zi xususiyatlari (masalan, uning ma’nodorligi, qiziqarlili-
gi) tufayli yoki bayon qilishning xususiyatlari — ko'rgazmali bo'lishi,
jonliligi va shuning bilan birga, o'quvchilaming o'qish materiali maz­
muniga qiziqishlari tufayli sodir bo'ladi. Ixtiyoriy diqqatning ixtiyorsiz
diqqatga mana shunday o'tib ketishi bilimlami o'zlashtirish jarayonini
ancha yengillashtiradi.
Buning aksincha holati ham bo'ladi. Agar biron faoliyat jarayonida
(masalan, bilim egallash jarayonida) qandaydir qiyinchilik uchrab qolsa,
bunday paytda ixtiyorsiz diqqat ixtiyoriy diqqatga o'tib ketadi.
Faoliyat jarayonida, ko'pincha, diqqatning ixtiyorsiz ravishda asosiy
ishdan bo'lak narsalarga ko'chib turishi uchraydi. Bunday hodisani
diqqatning chalg'ishi deb ataladi. Diqqatning chalg'ishi ishga yomon ta’sir
qiladi. Shu sababli, diqqatni, garchi salgina bo'lsa ham chalg'itmaslik
uchun ish jarayonida ora-sira ixtiyoriy diqqatni kuchaytirishga hamda
beixtiyor paydo bo'lib, ishga aloqasi bo'lmagan idrok tasawur va fikrlarni
bosmoq uchun zo'r berishga to'g'ri keladi.
Ixtiyorsiz diqqat ham, ixtiyoriy diqqat ham o'zining yo'nalishiga ko'ra
tashqi va ichki bo'lishi mumkin.
Manbai bizning ongimizdan tashqarida bo'lgan diqqatga tashqi diqqat
deb ataladi. Tashqi diqqat dastawal bizning idroklarimiz jarayonida namo­
yon bo'ladi. Haydovchi, vagon haydovchisi, tikuvchining ishida sodir
bo'ladigan diqqat tashqi diqqatga misol bo'la oladi. O'quvchining o'qituvchi
bayonini tinglashdagi, kitob o'qishdagi, suratlarni ko'rishdagi va tabiat
hodisalarini kuzatishdagi diqqati ham tashqi diqqatdir.
Narsa va hodisalami qaysi sezgi a’zoimiz bilan idrok qilayotganimiz-
ga qarab, tashqi diqqatni ko'rish, eshitish va shuning bilan birga, tuyish,
hid bilish va ta’m bilish turlariga ajratish mumkin.
Tashqi diqqat faqat idrok qilishimiz jarayonidagina namoyon bo'ladi
deb hisoblab bo'lmaydi. Tashqi diqqat biz tasawur qilayotgan va fikr qi­
layotgan narsalarimizga ham qaratilishi mumkin. Masalan, muhandis o'z
xonasida ishlab o'tirib, ko'rilayotgan binoning ko'rinishini tasavur qilayot
ganda va bu binoning qurilishi bilan bog‘liq bo’lgan matematik hisoblami
chiqarayotganda uning diqqati tashqi diqqat tarzida namoyon bo’ladi.
Manbayi bizning tasawurlarimiz, fikrlarimiz, hissiyotlarimiz va maylla-
rimizdan iborat bo’lgan diqqatga ichki diqqat deb ataladi.
Biz ongimizning o‘zida sodir bo’layotgan jarayonlarni kuzatayotga-
nimizda, ya’ni o‘z hissiyotlarimizni, fikrlarimizni, istaklarimizni va shu­
ning kabilami kuzatayotganimizda ichki diqqat namoyon bo’ladi. Masa­
lan, biz o‘z fikrlarimizni kuzatayotganimizda, bu fikrlarni tekshirayotga-
nimizda, pushaymon qilish hissini boshimizdan kechirayotganimizda, o'z-
o‘zimizni tanqid qilayotganimizda va o'z istaklarimizni mulohaza qilayot-
ganimizda ichki diqqat namoyon bo'ladi.
Ta’lim jarayonida o'qituvchi darsning borishini va o'z fikrlarining bayon
etilish sistemasini kuzatib borishida ichki diqqat namoyon bo'ladi.
O'quvchilarda ichki diqqat aqliy hisoblash ishi bilan shug'ullanayotganlarida
va xususan ular qandaydir qiyinchiliklarga duch kelganlarida namoyon
bo'ladi. Diqqatning bu turi odamning o'z-o'zini tarbiyalash ishida juda
yaqqol ko'rinadi. Ichki diqqat odamning o'z-o'zini tarbiyalashi bilan uz­
viy bog'liqdir. Ichki diqqat o'z-o'zini tarbiyalashning tarkibiy qismlari-
dan biri hisoblanadi.
Ichki diqqat tashqi diqqatdan o'zining ortiq kuchliligi bilan farqlana-
di va ko'proq ixtiyoriy bo'ladi.
Diqqat bir qancha xususiyatlarga ega bo'lib, ulardan asosiylari —
diqqatning ko'chuvchanligi, bo'linishi, ko'lami, kuchi va barqarorligidir.
Bu xususiyatlarning qanchalik yaqqol ifodalanishiga qarab, har turli
faoliyat jarayonida ayrim odamlar diqqatining ma’lum bir (ijobiy yoki
salbiy) sifatlari belgilanadi.
Diqqatning ko'chishi deganda, biz uning bir narsadan ikkinchi boshqa
bir narsaga, faoliyatning bir turidan boshqa turiga o'tishini tushunamiz.
Masalan, odam o'z diqqatini kitob o'qishdan surat ko'rishga, surat
ko'rishdan esa o'z fikrlarini bayon etishga ko'chirishi mumkin. O'quvchilar
o'z diqqatlarini bir fanni o'qishdan boshqa fanga ko'chiradilar, chunon­
chi, matematikadan tarixga, tarixdan rus tiliga va shuning kabilar.
Diqqatning ko'chishi ixtiyorsiz va ixtiyoriy tarzda sodir bo'lishi mumkin.
Diqqatni ko'chirishning nerv-fiziologik asosi, asosan, ikkinchi signal­
lar sistemasining signallari orqali bosh miyaning po'stida paydo bo'lgan
optimal qo'zg'alish o'chog'ining o'rin almashtirishidir
Diqqatning ko‘chiriIishi ko‘p hollarda qiyinchiliklar bilan bog’liq
Bo’ladi. Masalan, ba’zan diqqatni bundan oldingi obyektdan ajratish qi­
yin bo’lsa, boshqa hollarda oldingi ishining ketidan qilinadigan yangi
ishga kirishib ketish qiyin bo’ladi. Diqqatni ko'chirishning yengillik yoki
qiyinligi bir qancha sabablarga bog’liqdir. Bu sabablardan biri — ketma-
ket qilinadigan ish mazmunlari o'rtasida bogMiqlik bor yoki yo'qligidir;
agarda bunday bog'liq yo'q bo'lsa, diqqat tez va yengillik bilan ko'chishi
mumkin. Diqqatni ko'chirishning yengillik yoki qiyinlik sabablaridan yana
biri diqqat qaratilgan narsalarga va bajarilayotgan ishlaiga nisbatan kishining
munosabatidadir. Masalan, agar kishi ilgari qilgan ishiga zo'r qiziqish
bilan qarab, undan keyingi qilinadigan ishga aytarli qiziqmasa, bunday
paytda ilgarigi ishdan diqqatni ko'chirish qiyin bo'ladi va sekinlik bilan
amalga oshiriladi. Aksincha, agar keyingi qilinadigan ish oldingisiga qara­
ganda qiziqarli va yoqimliroq bo'lsa, diqqat tez va osonlik bilan ko'chadi.
Agar qilinayotgan ish to'la tugallansa, u paytda kishi o'z diqqatini bir faoli-
yatdan ikkinchisiga yengillik bilan ko'chira oladi, aksincha, agar oldingi
ishni oxirigacha yetkazmay turib, qandaydir sababga ko'ra, diqqatni yangi
bir faoliyatga ko'chirish lozim bo'lib qolsa, bu narsa ancha qiyin bo'ladi.
Eng yaxshi diqqat, albatta, bir narsadan ikkinchi narsaga tez ko'cha
oladigan diqqatdir. Diqqatning mana shunday xususiyati tufayli, kishi
atrofidagi muhitga tez moslasha oladi hamda o'zgaruvchan sharoitdagi
turli elementlaming ahamiyatlarini tezlik bilan belgilay oladi. Diqqatning
tez ko'chuvchanligi kishining ishini ham tezlashtiradi.
Diqqatning tez ko'chuvchanligi, uning boshqa sifatlari kabi kishining
amaliy faoliyati jarayonida taraqqiy etadi
Ma’lum faoliyat jarayonida diqqat birgina narsaga emas, balki ikki va
uch narsaga ham qaratilishi mumkin. Diqqatimiz ayni vaqtda ayrim faoliyat
turlariga bo'lina oladi. Faqat birgina narsaga qaratilgan diqqatni konsentratsiyalashgan (yig'ilgan) yoki t o ‘plangan diqqat deyiladi. Masalan, ninaga
ip taqishdagi, qo'lda biror narsa tikishdagi, matematik masala yechishda-
gi, ma’riza eshitishdagi diqqatimiz shunday diqqatdir. Agarda diqqat faqat
bir murakkab ish jarayonining o'zida ikki yoki uch narsaga qaratilgan va
faoliyatning turli usullari bilan bog'liq bo'lsa, bunday diqqatni bo'Iingan
yoki taqsim qilingan diqqat deyiladi. Masalan, tramvay haydovchisi o'z
ishi davomida diqqatni ayni bir vaqtda piyoda yuruvchilar, avtomobillar
va boshqa tramvaylar harakatini hamda shuning bilan birga, motorning
ishlashini na konduktorning signallarini kuzatib boradigan qilib taqsim-
lashi lozim. Haydovchi ham o'z diqqatini xuddi shunday taqsimlashi ke­
rak. O'qituvchi darsni tushuntirish paytida o'z diqqatini o'quvchilar xul
qiga, ko‘rgazma qurollarni ko‘rsatishga, sinf doskasiga va shu kabilarga
taqsimlashi lozim.
Konsentratsiyalanish va bo’linishlik har qanday diqqatga xos bo’lgan
xususiyatdir. Bo’lingan diqqat aynan bir vaqtning o'zida bir necha narsalarga
qaratilgan bo’lmasa kerak, deb o‘ylash lozim. Bo’lingan diqqat bu
diqqatning bir narsadan ikkinchi narsaga juda tezlik bilan ko'chishidir.
Yuliy Sezar haqida shunday qissa saqlanib qolgan. U go‘yoki bir
vaqtning o'zida bir narsani yozib, boshqa narsa haqida o'ylash, uchinchi
narsani eshitish va to'rtinchi narsa haqida gapirish kabi murakkab ishlar­
ni bajara olgan emish. Psixologiya nuqtayi nazaridan, bunday hodisaning
bo’lishi mutlaqo mumkin emas. Har holda Yuliy Sezar diqqatini bir nar­
sadan ikkinchi narsaga tez ko'chirish qobiliyatiga ega boMgan boMsa ke­
rak. Shu sababli, Yuliy Sezar o'z diqqatini bir vaqtning o'zida to'rt xil
faoliyatga qarata oladi, deb o'ylaganlar
2. Diqqatning kuchi va barqarorligi uning muhim xossasidir. Diqqatning
kuchi turli darajada bo’lishi — diqqat kuchli va kuchsiz bo’lishi mumkin.
Diqqat qanchalik kuchli bo'lsa, u diqqat obyektiga shunchalik ko'p
to'planadi, boshqa, ayni vaqtda keraksiz bo’lgan narsalarga shunchalik
kam chalg’iydi. Biz tashqi tomondan diqqatning kuchi to'g'risida asosan,
uning chalg'ish darajasiga qarab hukm chiqaramiz. O'quvchining diqqati
har xil, hatto kuchsiz darajadagi chetki qo'zg'ovchilardan, chunonchi,
qalamning tushib ketishiga, qo'shni partadagi o'rtoqlarining pichirlash-
ganiga, koridorda bo'layotgan gaplarga chalg'ib ketaversa — bu ayni vaqt­
da o'quvchining diqqati kuchsizligidan dalolat beradi. Agar o'quvchi bunday
chetki qo'zg'ovchilar (ba’zan hatto kuchli qo'zg'ovchilar) ta’sirini ham
go'yo «sezmay», balki muayyan bir ishga berilib qunt bilan ishlasa, bu
ayni vaqtda o'quvchi diqqatining kuchliligidir.
Eng kuchsiz diqqat, odatda, tarqoq diqqat, parishon diqqat yoki
to'g'ridan to'g'ri parishonlik deyiladi. Parishonlik odamning o‘z diqqatini
biron-bir muayyan ishda tutib tura olmasligidir. Parishonlikda odamning
diqqati bir narsadan boshqa bir narsaga beixtiyor ravishda o'tib turadi, bu
narsalardan birontasida ham to'xtab turmaydi. Parishonlik holatini biz
bolalar hayotining dastlabki kunlarida uchratishimiz mumkin: yosh bola
diqqatini hali hech bir narsa ustida tutib tura olmaydi. Parishonlik holati
katta yoshdagi odamlarda ham bo’ladi, masalan, charchaganda nerv kasal-
ligiga duchor bo'lganda, nerv sistemasi zaharlanganda. Maktabda pari-
shonxotir o'quvchilar uchrab turadi. Bunday o'quvchilar hamisha ham
ma yoqqa «alang-jalang» qilaveradi, biron narsa ustida diqqatini tutib
tura olmaydi. Bolalaming parishon bo‘lib qolishlariga, ko'pincha, yasli va
maktabda ular diqqatini yetarli darajada tarbiyalamaslik sabab bo'lad
Parishonlikni odamning hech bir narsaga diqqat qila olmasligi deb
tushunish yaramaydi. Odam hamisha diqqat qila olish qobiliyatiga egadir,
lekin odam diqqatining to'planish darajasi hamma vaqt bir xil
bo'lavermaydi. Parishonlik — bu eng kuchsiz diqqatdir, miya po'stida
qo'zg'algan joyning kuchsiz bo'lishligidir.
Diqqat haddan tashqari kuchli bo'lganida ham alohida parishonlikni
ko'rish mumkin. Eng kuchli diqqatda ongimiz diqqat qaratilgan narsaga
batamom to'planadi va kam chalg'iydi yoki hatto boshqa kuchli
qo'zg'ovchilar ta’sir qilib turganida ham sira chalg'imaydi. Odam narsaga
juda berilib ketganda vaziyatni unutib qo'yadi, tevarak-atrofdagilarning
gapi qulog'iga kirmaydi, o'zining odatlangan ish-harakatlarini sezmay
qoladi. Diqqat kuchli bo'lgan vaqtda odamning parishon bo'lib qolishini
har bir kishi o'z tajribasidan yoki boshqa odamlarda ko'rganlaridan yax­
shi biladi. Masalan, odam haddan tashqari quvongan vaqtda mana shun­
day parishon bo'lib qoladi. Odamning quvonishiga sabab bo'lgan narsa,
hodisalar ba’zan odam ongini o'ziga shu qadar jalb qilib oladiki, boshqa
hech bir narsa uning ongiga borib yetmaydi yoki yetsa ham, juda qiyin­
chiliklar bilan borib yetadi. Odam haddan tashqari xursand vaqtida shu
xursandchilik uyg'otgan obyektga taalluqli narsalarnigina idrok qiladi, faqat
shu narsalar to'g'risidagina o'ylaydi. Ba’zan biron-bir juda qiziqarli ro­
man o'qiganda, matematikadan murakkab bir masalani yechganda va
umuman biron faoliyatga juda berilib ketgan vaqtda bizda ham shunday
parishonlik holati sodir bo'ladi
Diqqatning barqarorligi. Diqqat ma’lum darajada barqaror va beqaror
bo'lishi mumkin.
Uzoq muddatgacha bir narsaning o'ziga qaratilib tura oladigan diqqat
barqaror diqqat deyiladi. Agar diqqat biron-bir faoliyat jarayonida boshqa
narsalarga, keraksiz narsalarga chalg'iyversa yoki tez sustlashib va so'nib
qolsa, bunday diqqat beqaror diqqat deyiladi. Masalan, o'quvchi butun
dars davomida darsning borishiga diqqat qilib o'qituvchining tushunti-
rishlarini boshqa narsalarga chalg'imay tinglab borsa, biz o'quvchining
diqqatini barqaror diqqat deymiz. Bordi-yu, o'quvchi o'qituvchining tu-
shuntirishlariga awal boshda quloq solib borib, lekin 10—15 daqiqadan
keyin boshqa narsa bilan shug'ullansa, yoki boshqa narsalar to'g'risida
xayolga berilib ketsa, yoki o'qituvchining tushuntirishidagi ayrim mo-
mentlarni «eshita olmay qolibman» desa, yo bo'lmasa kitob o'qisa-yu,
uning mazmunining ayrim momentlariga «e’tibor bermabman» desa, bun­
day diqqat beqaror diqqat deyiladi.
Diqqatning barqaror diqqat yoki beqaror diqqat turiga kirishini
ko'rsatuvchi qat’iy belgilangan biror-bir me’yor, ko'rsatkich yo'q va bun­
day me’yor, ko'rsatkichning bo'lishi mumkin ham emas. Diqqatning
barqarorligini diqqatning turi — ixtiyoriy va ixtiyorsizligiga qarab,
shuningdek, biron-bir turdagi diqqat bilan bajarilayotgan ishning maz­
muni va xarakteriga qarab har xil baho berish mumkin.
Har bir kishining diqqati amaliyotda, faoliyat jarayonida, tarbiya qi­
lish va o'z-o'zini tarbiyalash yo'li bilan o'sib, ma’lum darajada kuchli va
barqaror diqqat bo'lib qoladi.
Diqqat obyektining xarakteri va ishning mazmundorligi: Diqqatning
kuchli va barqaror bo'lishi diqqat obyektining mazmundorligiga ko'p ji­
hatdan bog'liqdir. Diqqat obyekti qanchalik mazmundor bo'lsa, diqqat
ham shu qadar kuchli va barqaror bo'lishi mumkin. Mazmunsiz narsa­
larga diqqatni qaratish va tutib turish ancha mahol ish. Masalan, bir
varaq toza qog'ozga chizilgan doiraga uzoq vaqt diqqat bilan qarab turish
yoki qimirlamay turgan nuqtaga tikilib qarab turish ancha qiyindir.
Shuningdek, tinimsiz bir xil balandlikda va bir xil kuch bilan chiqayot-
gan tovushni ancha muddatgacha eshitib turish ham qiyin (ba’zan mum­
kin ham emas). Bu singari mazmunsiz narsalar ustida diqqatni to'xtatib
turishlikka urinib ko'rsak, diqqatimiz har 3—5 soniyadan keyin boshqa
narsalarga chalg'iydi yoki tebranib turadi, ya’ni har 3—5 soniya oralig'ida
odam goh qunt bilan diqqat qiladi, goh diqqati sustlashadi, bu ikki hoi
biridan ikkinchisiga o'tib turadi
3. Ish sharoiti va diqqat. Diqqatning kuchi va barqarorligi biror yumush
bajarilayotgan va odam idrok qilib turgan sharoitga bogMiqdir.
Bu sharoitda biron-bir narsa odam diqqatini beixtiyor ravishda jalb
qilsa, diqqatning barqarorligiga halal berishi, diqqat kuchi esa zaiflashishi
mumkin. Masalan, sinfning eshigi ochilib-yopilib tursa, sinfda ikki-uch
o‘quvchi gaplashib o‘tirsa yoki koridorda to‘polon bo’lib tursa va shunga
o‘xshash hollarda o‘quv ishi jarayonida diqqatning barqarorligiga halal
beradi va diqqat kuchi zaiflashadi. Shuningdek, sinf doskasidagi muayyan
darsga bevosita aloqasi bo’lmagan har xil yozuvlar, rasmlar ham diqqatni
chalg’itadi. Bulaming hammasi o‘quvchilarning zarur narsalarga qaratil­
gan diqqatini bo‘shashtiradigan ikkinchi darajali taassurotlardir.
Albatta, diqqatni sira chalg’itmaydigan sharoit kam uchraydi. Fabrika
va zavod sexlaridagi mashinalarning shovqin-suronlari orasida g‘oyatda
kuchli va barqaror diqqatni talab qiluvchi ishni bajarishga to‘g‘ri keladi.
Bunday sharoitda diqqatning to‘planishi va barqarorligini saqlab turish
uchun uni chalgMtadigan qo‘zg‘ovchilar ta’sirini yengishga to‘g‘ri keladi.
Diqqatning kuchsizligi, uning beqarorligi, jumladan, odam diqqatini
chalg’ituvchi qo‘zg‘ovchilar ta’sirini yenga olmasligida ko‘rinadi.
Yana shu narsani ham koczda tutish kerakki, har qanday o ‘zga
qo‘zg‘ovchilar diqqatning kuchi va barqarorligiga hamma vaqt ham yo­
mon ta’sir qilavermaydilar. Juda ko‘p hollarda unchalik kuchli bo’lmagan
ikkinchi darajali qo‘zg‘ovchining to‘xtovsiz bir tekisda ta’sir etib turishini
biz payqamaymiz. Bunday qo‘zg‘ovchining ta ’siri diqqatimizni
chalg’itmaydi hamda uning kuchi va barqarorligini buzmaydi. Masalan,
biz kitob o ‘qib yoki hikoya eshitib turgan paytimizda soatning chiqillashi-
ni, o‘zimiz tushib ketayotgan tramvay yoki poyezdning shovqinini
payqamaymiz. Ma’lumki, mana shunday ikkinchi darajali qo‘zg‘ovchilar
ba’zan, hattoki diqqatimizni kuchaytiradi. Ba’zi vaqtda shamolning ovo-
zi, sekin eshitilib turgan musiqa sadosining ta’siri ostida biron narsani
o‘qir yoki fikr yuritar ekanmiz, bizda g‘oyat to‘plangan diqqat yuz beradi.
Bunday holat ikkinchi darajali qo‘zg‘ovchi ta’siri bilan tug‘ilgan
qo‘zg’alishning diqqat markazida turgan narsadan keladigan qo‘zg‘alishga
qo‘shilishi tufayli sodir bolsa kerak, lekin qo‘zg‘alishning bunday «kucha-
yishi» ikkinchi darajali qo‘zg‘ovchi «sezilib» turishiga qaramay, uning
ta’siri diqqat markazida turgan narsaning ta’siridan anchagina sust
bo’lgandagina yuz berishi mumkin.
Hissiyot va diqqat. Diqqatning kuchi va barqarorligi hissiyotga bog’liq.
Bu yerda hissiyotning roli ikki xil — ijobiy va salbiy bo’lishi mumkin.
Hissiyot diqqat qaratilgan narsa bilan bog’liq bo’lgan taqdirdagina
diqqat uchun ijobiy ahamiyatga ega bo’ladi: bunday hissiyot qanchalik
kuchli bo’lsa, diqqat ham shunchalik kuchli va barqaror bo’ladi. Ixtiyor­
siz diqqatning kuchi va barqarorligi, asosan, hissiyotga bog’liq. Kishining
faoliyati bilan bog’liq bo’lgan hislar, emotsiyalar ham ixtiyoriy diqqatning
kuchi va barqarorligini mustahkamlaydi va zo'raytiradi. Bilish va amaliy
faoliyat jarayonida kishining ongi tobora ko‘proq yangi narsalar bilan
boyib borar, bilmagan va oz bilgan narsalarini bilib borar ekan, diqqatning
to'planishi va barqarorligi ham ortib boradi. Yangilikni sezish hissi kishining
bilish faoliyatini kuchaytiradi, faollashtiradi, shu bilan birga, diqqatning
kuchini va barqarorligini mustahkamlaydi.
Diqqatning kuchi va barqarorligiga kishining ayni paytdagi umumiy
kayfiyati ham ta’sir qiladi. Yaxshi kayfiyat har qanday ishda diqqatimiz-
ning kuchini oshiradi.
Diqqat obyektidan bo’lak sabablar tufayli qo'zg'algan his-tuyg'ular
diqqatning kuchi va barqarorligiga salbiy ta’sir qiladi. Bunday his-tuyg'ular
diqqatni chalg’itadi va kuchsizlantiradi hamda uning barqarorligini buza-
di. Masalan, qo'shni sinfdagi musiqa yoki ashula ovozi tufayli tug’ilgan
hissiyot o‘quvchilarning darsga qaratilgan diqqatlarini bo'shashtiradi.
Iroda va diqqat. Ixtiyoriy (irodaviy) diqqatning kuchi iroda kuchi
bilan saqlab turiladi. Ko'pincha, ixtiyorsiz diqqatning barqarorligi ham
faoliyat jarayonida irodaning zo'ri bilan ushlab turiladi. Shuning uchun
iroda, asosan, diqqatda ko'rinadi, desa bo’ladi. Agar kishi diqqatli bo’lishni
xohlab, buning uchun zo'r bersa, diqqat kuchli va barqaror bo’ladi; bun­
da kishi ixtiyorsiz ravishda paydo bo’ladigan va diqqatning obyektiga
munosabati bilmagan taassurotlar, tasawurlar, fikr va hissiyotlami siqib
chiqarish va yo'q qilib yuborish uchun zo'r harakat qiladi.
Irodaning ishga solinishida kishining bir maqsadga intilishi, uning
ishga shaylanib, hozirlanib turishi katta ahamiyatga egadir. Shuning uchun,
kuchli va barqaror diqqat hosil qilishda ma’lum ishga moyillik va tayyor
bo’lishlik katta rol o'ynaydi. Bu ishga shaylanish, yo’l tutishdir. Chunon­
chi, agarda o'quvchi uy vazifasini tayyorlashga shaylansa, o'qish ishiga
hafsala qo'ysa, uning diqqati butun ish davomida unchalik zo'r berishni
talab qilmaydi. Shuning bilan bir vaqtda, uning diqqati kuchliroq va
barqarorroq bo’ladi. Diqqatning g'oyat darajada mujassamligini va barqaror­
ligini saqlab turish uchun kishining ishga muvofiqlanishi, ishlashga odat-
lanib qolganligi katta ahamiyatga egadir.
Ma’lumki, deyarli har qanday ish boshda qiyinchiliklar bilan bog’liq
Bo’ladi, kishidan alohida kuch bilan zo'r berishlikni talab qiladi. Bironta
yangi ishning boshlanishida unga qarata birdaniga diqqatni to'plash qiyin
bo’ladi. Biz, ko'pincha, o'zimizni ma’lum bir ish bilan «shug'ullanishga»
majbur qilamiz. Masalan, fanning biz uchun qandaydir yangi bo’lgan
sohasi bo'yicha kitoblarni sistemali ravishda o'qiymiz. Bunday hollarda
diqqatimizni to'plash uchun, ko'pincha, anchagina zo'r berishga, ko'p
kuch sarf qilishga to'g'ri keladi. Lekin, ma’lum bir vaqt davomida aynan
bir sharoit va ayni bir vaqt ichida ma’lum ish bilan shug'ullanar ekanmiz,
natijada bunday ishga o'rganib qolamiz. Masalan, kitob bilan ishlashni
olsak, unga o'rganib qolgan sharoitimiz bilanoq aytarli zo‘r bermay va
unchalik kuch sarf qilmay o'qiy boshlaymiz. Faoliyatimizning boshqa
turlarida ham diqqat berib turish uchun bizda hosil bo’lgan odatlar xuddi
shunday ahamiyatga egadir.
Shunday yo'l bilan biz uchun misli odat bo'lib qolgan diqqat, ya’ni
malum bir tashqi ifodaga ega bo’lgan va organizmning ayni ish sharoiti­
ga odatlanib ko'nikishi tufayli doimo ishga tayyor diqqat hosil bo’ladi.
Bunday diqqat psixologiyada, boshqacha qilib aytganda, odat bo‘lib
qolgan diqqat deb ataladi.
Bunday odat bo'lib qolgan diqqatning hosil bo'lishida ishdagi saran-
jomlik, jumladan, ma’lum ish joyining tayin bo'lishligi, muayyan bir ishning
ma’lum reja bilan qilinishi (o'qish mashg'ulotlarining qat’iy jadvaliga ri­
oya qilinishi), mehnat asboblarining va materiallarining joy-joyida bo'lishi
katta ahamiyatga egadir. Maktabda partadagi o'rinni tez-tez almashtirib
turish, uyda doimiy ish joyining bo'lmasligi — bularning hammasi
o'quvchining diqqatiga salbiy ta’sir qiladi.
Odat bo'lib qolgan diqqat ishda saranjomlik bo'lishi uchun juda muhim-
dir. Bizdagi odatlar mashq natijasida hosil bo'ladi. Shuning uchun, kuch­
li va barqaror diqqat ham mashqning mahsulidir.
Download 30,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish