120
postulat sifatida qabul qilinadi. Makonning uch o‗lchovliligini ta‘riflab bergan
Aristotel pifagorchilarning g‗oyalari yordamida uni asoslashga harakat qilgan. U
uch o‗lchov eng mukammal va tugallangan bo‗lib, aynan 3 soni shunday
xususiyatga ega ekanligini qayd etgan.
Sxolastlar Pifagor va Aristotel g‗oyalariga tayanib, uch o‗lchovlilikni
dunyoning mukammalligi nuqtai nazaridan tushuntirganlar. Bunda uzunlik
chizig‗iga kenglik tutashadi va yuza hosil bo‗ladi, so‗ngra balandlik tutashadi va
jism dunyoga keladi. Bundan boshqa o‗lchovlarga o‗tishni aniq tasavvur qilish
mumkin emas. Uch o‗lchovlilik dunyoning mukammalligidan dalolat beradi.
G.Galiley uch o‗lchovlilikni asoslashga nisbatan mazkur yondashuvni tanqid
qilgan.
G.Galiley
dialoglarining
amalda
muallif
fikrini
ifodalovchi
qahramonlaridan biri shunday deydi: «3 soni mukammal ekanligi va uch o‗lchovli
hamma narsaning mukammalligidan darak berishga qodirligini tan olishga hech bir
asos ko‗rmayapman»
1
.
Nemis faylasufi I.Kant o‗z faoliyatining tanqidiy bosqichidan oldingi davrda
makonning uch o‗lchovliligini tabiat kuchlarining o‗ziga xos xususiyatlari bilan
tushuntirishga harakat qilgan. U makonning uch o‗lchovliligini fizik dalil sifatida
tushunishga uringan. Ammo keyinchalik I.Kant makon va vaqtning aprioristik
tabiati haqidagi xulosaga kelib uni hissiy kuzatish shakllari sifatida tavsiflagan.
SHunday qilib, makonning uch o„lchovliligi empirik postulatdir, u haqdagi
xulosa bizning intuitsiyamizga asoslanadi, fikrlashning qulayligi, maqsadga
muvofiqligi,
tejamliligiga
intilish,
estetik
moyilliklar
yoki
dunyoning
mukammalligiga ishonchdan kelib chiqadi, degan ma‟noni anglatmaydi.
Makonning uch o„lchovliligi moddiy o„zaro ta‟sirlar bilan belgilanadi.
Biz yashaydigan makon uch o‗lchovlidir. Bu boshqa makon mavjud bo‗lishi
mumkin emas, degan ma‘noni anglatmaydi, lekin boshqa makonda atomlar ham,
molekulalar ham, Quyosh sistemasi ham bo‗lmasligi mumkin. Agar makon uch
o‗lchovli bo‗lmaganida, amaldagi barcha fizik qonuniyatlar buzilgan bo‗lar edi;
narsalar biron-bir sababsiz paydo bo‗lishi va yo‗q bo‗lishi mumkin edi (ularning
sabablari boshqa o‗lchovlarda bo‗lar edi); atomlar mavjud bo‗lishi mumkin emas
edi, chunki elektronlar darhol yadrolar ustiga tushar edi. Butun dunyo boshqacha
bo‗lishi lozim bo‗lar edi. Demak, bizning dunyomizda har qanday voqea to‗rt son:
makonning voqea yuz bergan joyni qayd etuvchi uch koordinati va uning vaqt
ko‗rsatkichi bilan belgilanadi.
SHunday qilib, moddiy dunyo ob‟ektlarining «3
1»
ko„rinishidagi makon va vaqt tuzilishiga mansubligi ularning universal xossasi
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: