Нигинахон шермухамедова



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

Ijtimoiy makon.
Makon va vaqt munosabatlarining yanada murakkabroq 
manzarasi ijtimoiy tuzilmalarda kuzatiladi. 
Ijtimoiy makon bu insonning dunyoga 
munosabati bilan belgilangan, inson faoliyati va amaliyotining o„ziga xos 
xususiyatlariga tarixiy bog„liqligidir
. U alohida insoniy ma‘no kasb etadi va 
biosfera, sayyora va koinot darajasidan bir vaqtda o‗rin oladi, shu bilan birga inson 
yaratgan infratuzilma, o‗zlashtirilgan hududlar, foydalanilayotgan suv va fazo 
okeanlari, jamuljam holda inson yashaydigan makonga aylangan koinot kengliklari 
ko‗rinishida ulardan ajralib turadi. Bunda ko‗lamli strukturalar o‗z holicha, xaotik 
tarzda vujudga kelmaydi, balki jamiyat evolyusiyasi ob‘ektiv jarayonlarining 
mahsuli hisoblanadi va muayyan xalqlarning turmushi va madaniyatini, ularning 
iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasini, ma‘lum vaqt ruhini o‗zida aks ettiradi. 
Bularning barchasi pirovardida «ikkilamchi tabiat»ni tashkil etadigan tegishli 
arxitektura, o‗zgartirilgan landshaft va shu kabilarda o‗z aksini topadi.
Xulosalar. 
Makon va vaqt haqidagi falsafiy qarashlarni umumlashtirib va bu 
kategoriyalar mazmunini dunyo haqidagi hozirgi tabiiy-ilmiy bilimlar bilan 
boyitib, yuqorida aytilganlar nuqtai nazaridan makon va vaqtning asosiy 
xossalarini qayd etib o‗tamiz. Jumladan, 
makon ko„lamlilik, bir jinslilik va ko„p 
o„lchovlilik bilan tavsiflanadigan mavjudlik tartibi, vaqt esa davomlilik, orqaga 
qaytmaslik va izotroplik, ya‟ni mumkin bo„lgan barcha yo„nalishlarning teng 
huquqliligi xos bo„lgan voqealarning harakat tartibi va ketma-ketligidir. 
Makon va vaqt – materiya mavjudligining asosiy shakllarini aks ettiruvchi 
falsafiy kategoriyalardir. Dunyo borlig‗ining har qanday hodisasi makon va vaqt 
ko‗rsatkichlariga ega. Makon turg‗unlikning, ob‘ektiv borliq mazmunini 
saqlashning eng umumiy shakli hisoblansa, vaqt – uning rivojlanish shakli, 
mavjudligi va o‗z-o‗zidan yo‗q bo‗lishining ichki mezonidir.
Vaqtga muayyan munosabat zamondoshlarning dunyoqarashida, ularning 
ma‘naviy dunyosida, xalq ijodi (eposi)ning mazmunida, oddiy, ommaviy ong 


131 
sohasida va hokazolarda namoyon bo‗ladi. Har qanday nazariyalar va 
konsepsiyalardan farqli o‗laroq, bu soha amaldagi tarixiy rivojlanish jarayoniga, 
yuz berayotgan voqealarga mazkur avlodning bevosita munosabatini aks ettiradi. 
O‗z-o‗zidan ravshanki, bu erda mazkur mavzuda umumiy fikr-mulohazalargina 
bildirilishi mumkin; ushbu nuqtai nazardan mazmunli va konkret tahlil esa kengroq 
va murakkabroq mustaqil ilmiy tadqiqot vazifasini tashkil etgan bo‗lur edi. 

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish