Ijtimoiy vaqt.
Hozir «Ijtimoiy vaqt mavjudmi» degan masala bahsli emas.
Muammo uning mazmunida qanday ustuvorliklar va konstantalar mavjudligida.
Ijtimoiy vaqt individ vaqti va avlod vaqtiga bo„linadi. U kishilik jamiyatining
o„zgaruvchan informatsion sig„imiga bog„liq.
Falsafiy adabiyotlarda vaqt
jarayonlariga makon xossalarining kirishi, ya‘ni
ijtimoiy vaqt uzunligi – hayot
sikllari bosqichlarining ketma-ketligi sifatida, kengligi – faoliyat turlarining
miqdoriy rang-barangligi sifatida, chuqurligi – individning o„zi ishtirok etayotgan
faoliyat turlaridagi faollik darajasi sifatida ko„rsatilishi bilan bog„liq fikrlarga
ham duch kelish mumkin
. Makon va vaqt bog‗lanishi hamma joyda har xil bo‗lgan
«mahalliy vaqt» tushunchasida yorqin namoyon bo‗ladi.
Bularning hammasi makon, vaqt va materiya jarayonlari o‗zaro bog‗liq
ekanligini yana bir karra tasdiqlaydi. Nazariy jihatdan esa, makon va vaqt
munosabatlarining
relyasion
va
dinamik
konsepsiyalari
rivojlanishining
ahamiyatini yanada oshiradi, bu borada tadqiqotlar olib borish zaruratini namoyon
qiladi.
Ijtimoiy vaqt ham o‗ziga xos xususiyatga ega bo‗lib, u, biologik va planetar-
kosmik vaqtdan farqli o‗laroq, notekis oqadi. Insoniyat shakllanish jarayonining
dastlabki bosqichida boshlangan ijtimoiy vaqt keyingi davrlarda deyarli
o‗zgarishsiz kechdi va fan-texnika taraqqiyotining ilk alomatlari paydo bo‗lishi
bilan, XVII-XVIII asrlardan jadalroq sur‘at kasb eta boshladi. XX asrda yuz
bergan fan-texnika inqilobi ijtimoiy makonni keng qamrab oldi va ijtimoiy-
iqtisodiy jarayonlarning rivojlanishiga alohida tus berib, vaqt harakatini misli
ko‗rilmagan darajada jadallashtirdi. Er kurrasi «kichrayib», insoniyat uchun tor
bo‗lib qoldi, uning bir chetidan narigi chetiga o‗tish endilikda soatlar bilan (Oy,
Mars, Venera va boshqa kosmik jismlarga uchish tezligi va vaqtini hisobga
olmaganda) o‗lchanmoqdaki, XX asrda buni hatto tasavvur qilish ham mumkin
emas edi.
Ijtimoiy vaqtning yana bir jihati bu sub‟ektiv, ichki vaqtdir. Sub‟ektiv vaqt
borliq vaqti emas, balki ong vaqti hisoblanadi. Ammo o„z tabiati va mohiyatiga
ko„ra bu ijtimoiy fenomendir. Sub‟ektiv vaqtni psixologlar bilan bir qatorda
san‟atshunoslar va estetika mutaxassislari ham keng o„rganganlar.
O‗tgan asrning so‗nggi choragida nashr etilgan adabiyotlarda ularning
mualliflari yo ijtimoiy va tarixiy vaqt kategoriyalarini maxsus muhokama
qiladilar
1
, yo bu masalalarga yaqin mavzuni tahlil qilish jarayonida to‗xtaladilar
2
.
Bu asarlar bilan tanishish faylasuf olimlar makon va vaqt kategoriyasini
1
қ
аранг: Бузский М.П. Социальные пространство и время в формировании
естественнонаучного знания. – Киев, 1999; Егорова М.В. Категория «историческое
время». Ее методологические функции. – Томск, 1995; Лой А.Н. Время и пространство как
формы социального бытия и познания. – Киев, 1996; Малинова И.П. Проблема времени в
философии. – Саратов, 1998.
2
қ
аранг: Абулханова-Славская К.А. Диалектика человеческой жизни. – М., 1997;
Афанасьев В.Г. О структуре целостной системы // Философские науки. 1990. №3;
Косолапов В.В. Методология и логика исторического исследования. – Киев, 1997; Уваров
А.И. Гносеологический анализ теории в исторической науке. – Калинин, 1993.
125
o‗rganishga nisbatan naturalistik, asosan fizikalistik yondashuvga chek qo‗yish
yo‗lida nisbatan qisqa vaqt ichida salmoqli qadamlar tashlaganlarini ko‗rsatadi.
O‗zbekistonda ijtimoiy vaqt kategoriyasi falsafiy muammo sifatida chuqur
o‗rganilmagan bo‗lsada, S.Valieva bo‗sh vaqtning falsafiy metodologik tahlili,
D.Norqulov vaqt fenomenining ijtimoiy jarayonlar bilan dialektikasini tahlil
qilgan.
4
Ijtimoiy hayot tabiiy hayotning davomi hisoblanadi. Odamlar tug„iladilar,
yashaydilar, o„ladilar, nasl qoldirish yo„li bilan o„z nasabini muttasil
quvvatlaydilar. Ijtimoiy darajada «individ – avlod – nasab» uchligigina emas,
balki bir strukturaviy darajadan boshqa strukturaviy darajaga o„tish ob‟ektiv
tamoyili ham saqlanib qoladi.
Ammo muammoning mazmuni amalda boshqacha
ko‗rinish kasb etadi. Inson vaqti uning hayot faoliyati vaqtidir. Hayvon o‗z
mohiyatini tabiatdan oladi, u o‗zini o‗zi yaratmaydi va shu ma‘noda u tarixiylikdan
xolidir. Hayvon o‗z tarixini o‗zi yaratmaydi – tarix uni yaratadi. Inson esa o‗z
tarixini o‗zi yaratadi. Insonning mohiyati uning o‗z ijtimoiy munosabatlari majmui
bilan belgilanadi.
Hozirgi paytda
«individ – ijtimoiy avlod – jamiyat tarixi» uchligi ijtimoiy
vaqtni o„rganish va uning mazmunini aniqlashning ob‟ektiv asosi sifatida
qaraladi.
Ammo, ijtimoiy hodisalarni o‗rganishda mazkur yondashuv, mazkur
ketma-ketlik muayyan tushuntirishlar va asoslashlarni talab etadi. Kimdir ijtimoiy
munosabatlarni o‗zgacha tartibda – individdan emas, balki jamiyatdan boshlab
o‗rganish zarur, zero individ jamiyatdan sirtda mavjud bo‗la olmaydi, konkret
ijtimoiy munosabatlar doirasidan tashqarida jonsiz mavhumlikka aylanadi, deb
hisoblaydi. SHuningdek, jamiyatning o‗zi ham individlarning oddiy yig‗indisi,
kishilik tarixi esa – shaxslarning tarjima hollari yig‗indisi emas. Bunga javoban
shuni aytish mumkinki, bu erda gap Feyerbax talqinidagi mavhum individ haqida
emas, balki real inson haqida boradi. Jamiyat individlar yig‗indisi emas, balki
odamlarning o‗zaro aloqalari mahsulidir. Tarix to‗laligicha shaxslarning
harakatlaridan tarkib topadi, u hamisha shaxslarning individual rivojlanishi
tarixidir. Amalda tarix o‗z maqsadlarini ko‗zlovchi va ularga erishish yo‗lida
harakat qiluvchi inson faoliyati sifatida namoyon bo‗ladi. Tarix mazmun jihatidan
kishilarning ayrim avlodiga qaraganda konkretroq, ya‘ni to‗liqroq va boyroqdir,
inson avlodi esa individga qaraganda konkretroqdir. Tirik individlarning
mavjudligi har qanday kishilik tarixining birinchi sharti hisoblanadi. SHu tufayli
ham ijtimoiy vaqtni o‗rganishda tarixiy vaqt tayanch nuqtasi bo‗lishi mumkin
emas; uning tahlili ham individ vaqtini, ham avlod vaqtini bilishni nazarda tutadi.
Ijtimoiy vaqtda muayyan odamlar, ijtimoiy jamoalar, ayrim hamjamiyatlar,
millatlar, davlatlar va pirovard natijada butun insoniyat borlig„ining vaqt
ko„rsatkichlarini farqlab, ijtimoiy vaqt strukturasining murakkabligi to„g„risida
ham so„z yuritish mumkin.
Ulardan har birining yashash vaqti va sur‘ati har xil
bo‗lib, o‗z xususiyatiga ega. Aslini olganda, turli mamlakatlar va xalqlar jamuljam
holda butun insoniyatni ifoda etsa-da, amalda turli tarixiy davrlarda: kimdir
4
Валиева С. Свободное время как предмет философско методологического анализа. Автореф. Дисс.канд
филос.наук. –Т.: Пединститут, 1982.
Норқулов Д. Бўш вақтнинг ижтимоий фалсафий таҳлили. Фалс.фан.докт.дисс.автореф. –Т.: ЎзМУ, 2005
126
o‗tmishda, kimdir hozirgi davrda, kimdir esa kelajakda yashaydi. Bunga, xususan,
amerikalik taniqli futurolog E.Toffler e‘tiborni qaratadi. Uning fikricha, «Er
aholisining 70% o‗tmishda (turli o‗tmishda), 25% - hozirgi davrda, 3% - kelajakda
yashaydi, qolganlar esa marginallar bo‗lib, ular har qanday vaqtdan
tashqaridadir»
1
.
Do'stlaringiz bilan baham: |