76
bog‗lamasdan ta‘riflashga urinishlarni chippakka chiqaradi. YA‘ni, bu
yo‗nalishdagi har qanday ta‘rifda materiya amalda materiya bo‗lmagan narsaga
qarshi qo‗yilishi lozim. SHu asosdagi ta‘rifda materiya tabiatning turli ob‘ektlari va
tizimlarining cheksiz rang-barangligini to‗liq qamrab oladi.
Uning birdan-bir
«xossasi» – ob‘ektiv borliq bo‗lishdan iborat. «Harakat», «o‗zaro ta‘sir», «makon»,
«vaqt» kabi tushunchalarni hisobga olmasdan ob‘ektiv borliqni tushunish mumkin
emas. Boshqacha aytganda, harakatlanish, o‗zaro
aloqa qilishga qodir, makon va
vaqt hamda sababiyat xossalariga ega narsa ob‘ektiv borliq bo‗ladi.
Insonning sezgi organlari amalda mavjud narsalarning juda oz qismini idrok
eta oladi. Ammo inson mukammal asboblar yaratish orqali dunyoni bilish
chegaralarini tobora kengaytirib bormoqda. Materiyaning
falsafiy talqini nafaqat
hozirgacha anglab etilgan ob‘ektlarni, balki kelajakda kashf etilishi mumkin
bo‗lgan ob‘ektlarni ham qamrab oladi. Uning falsafiy ong taraqqiyoti nuqtai
nazaridan metodologik ahamiyati ana shunda namoyon bo‗ladi.
Bu masalalarga nisbatan hozirgi yondashuvlar ancha o‗zgargan va materiya
haqidagi tabiiy-ilmiy, fizik yoki kimyoviy tasavvurlar bilan bir qatorda uni anglab
etishning falsafiy darajasini ham nazarda tutadi.
Bunda mazkur muammoga
nisbatan kengroq yondashiladi, ya‘ni moddiy narsalar va hodisalar jamuljam holda
o‗rganiladi. SHunday qilib, «materiya» falsafiy kategoriyasining vazifasi amalda
mavjud materiya turlarining butun cheksiz rang-barangligini
qamrab olish va uni
ong bilan bog‗lash mumkin emasligiga urg‗u berishdan iborat. Muammoga falsafiy
munosabatni uning tabiiy-ilmiy talqinidan farqlash imkonini beruvchi mazkur
yondashuv juda muhim ahamiyat kasb etadi, aks holda mazkur sohadagi tadqiqotlar
va bilish imkoniyatlari doirasi asossiz ravishda torayadi. Bunga, masalan,
neopozitivizm yo‗nalishlaridan biri – lingvistik falsafada duch kelishimiz mumkin.
Uning taniqli namoyandalari J.Mur, L.Vitgenshteyn va boshqalar hamonki
«materiya» va «ong» kabi tushunchalarga ilmiy nuqtai nazardan aniq ta‟rif berish
mumkin emas ekan, ulardan voz kechish lozim, deb hisoblaydi.
Boshqa hozirgi falsafiy yo‗nalishlarning aksariyatida
bu tushunchalar faol
qo‗llaniladi va muhim metodologik rol o‗ynaydi. Xususan, uning
substansiyalilik,
cheksizlik, yo„q bo„lmaslik, harakat, makon, vaqt
kabi uzviy xossalari farqlanadi.
Materiyaning tuzilishiga nisbatan kim qanday yondashmasin, u bir qancha
alohida va katta guruhlarga bo‗linishi shubhasiz. Zero, barcha moddiy ob‘ektlar
tartibga solingan, izchil ichki tuzilishga ega. Materiyaning tarkibiyligi g‗oyasining
ildizlari antik falsafaga, xususan, Demokrit, Epikur va Lukretsiy Karning atomistik
ta‘limotiga borib taqaladi. Bu g‗oya tabiatshunoslikning rivojlanishiga kuchli ta‘sir
ko‗rsatgan. Hozirgi zamon falsafasida u ancha salmoqli
va ilmiy asoslangan
materiyaning tizimli tuzilishi konsepsiyasida mujassamlashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: