Нигинахон шермухамедова


Materiya masalasida dialektik fikrlashning zarurligi



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

Materiya masalasida dialektik fikrlashning zarurligi. 
Materiyaga substrat 
sifatida yondashishga asoslangan konsepsiyalarning barchasi bir umumiy 
kamchilikka ega: u mazkur konsepsiyalarning tarixiy cheklanganligini belgilaydi 
va ilmiy bilishning rivojlanishi natijalari bilan ularning nomuvofiqligini muqarrar 
qilib qo‗yadi.
Gap shundaki, ularda materiya uning bir (yoki bir nechta) turi – suv, atomlar 
va hokazolar bilan bog‗lanadi, materiyaning bu turi dunyoda mavjud bo‗lgan 
barcha narsalarning birlamchi, universal, mutlaq asosi deb e‘lon qilinadi. Fan 
mazkur materiya turining mavjudligi bilan belgilangan hodisalarni o‗rganish bilan 
mashg‗ul ekan, ko‗rsatilgan kamchilik sezilmaydi va uning rivojlanishiga jiddiy 
moneliklar tug‗dirmaydi. Ammo materiyaning yangi turlari, shakllari va 
holatlarining kashf etilishi darhol bu turga narsalarning birdan-bir, umumiy va 
universal asosi sifatida qaraydigan substrat konsepsiyasining torligini namoyon 
etadi. SHunda uni yangi, kengroq konsepsiya bilan almashtirish zaruriyati 
tug‗iladi. Materiyaning har qanday substrat konsepsiyasi o‗z qo‗llanish 
chegarasiga ega va fanning rivojlanish jarayonida u ertami-kechmi aniqlanadi.
Fan taraqqiyoti materiyaning substrat konsepsiyasi asossiz ekanligini 
namoyish etib, falsafaga dialektikadan saboq berdi. Bu saboq ilmiy bilishning 
rivojlanish mantig‗iga mos keluvchi ontologik konsepsiyani yaratish uchun izchil 
dialektik fikrlash zarurligini yana bir karra tasdiqladi. Substrat konsepsiyalari 
dialektik xususiyatga ega emas. Ular narsalarda qanday o‗zgarish yuz bermasin, 
ularning substrati o‗zgarishsiz qolishini nazarda tutadi. Ammo borliqni 
tushunishga nisbatan dialektik yondashuvning qadimda Geraklit tomonidan ilgari 
surilgan, yangi davrda esa Gegel tomonidan rivojlantirilgan tamoyillari jahonda 
butunlay harakatsiz bo‗lgan, hech qanday o‗zgarishga uchramaydigan biron-bir 
narsaning mavjudligini istisno etadi. Geraklit ta‘biri bilan aytganda, tabiatda 
hamma narsa «oqadi va o‗zgaradi». Bu narsalarning har qanday substraktlariga 
ham taalluqli.
Bundan xulosa shuki, dialektik yondashuvga ko‗ra jahonda mavjud bo‗lgan 
barcha narsalarning substrati bo‗lib xizmat qiluvchi «eng sodda», «dastlabki» 
material mavjud emas. Zero ilmiy bilishning biron-bir bosqichida shunday «eng 
sodda material» (atom, efir va sh.k.) sifatida e‘tirof etiluvchi materiyaning har 
qanday turi uning boshqa turlaridan hosil bo‗ladi va uning o‗zga turlarini vujudga 
keltirib, ertami-kechmi yo‗q bo‗ladi. Binobarin, ular «eng sodda» emas. 
Materiyaning bir-biriga o‗tib, doimiy va abadiy «aylanma harakat»ni hosil 
qiladigan elementar turlarining ayrim pirovard soni mavjud, degan farazni ham 
to‗g‗ri deb aytish mushkul. Bunday faraz mazkur «aylanma harakat»da abadiy 
saqlanadigan va unda o‗zgaruvchi materiya barcha holatlarining umumiy asosini 
belgilaydigan muayyan o‗zgarmas substratning mavjudligini anglatgan bo‗lar edi.


74 
Materiyani dialektik tushunish uning bitmas-tuganmasligi, ya‘ni materiya 
turlari, shakllari, holatlarining cheksiz rang-barangligi mavjud ekanligi haqidagi 
g‗oyaga olib keladi.
Tarixning har bir bosqichida odamlar cheksiz darajada rang-barang moddiy 
dunyoda mavjud bo‗lgan narsalarning kichik bir qismidangina xabar topadi. 
Fanning rivojlanishi vaqti-vaqti bilan materiyaning g‗ayrioddiy xususiyatlarga ega 
bo‗lgan yangi shakllari va holatlari kashf etilishiga olib keladi. Ayni vaqtda 
materiyaning ilgari umumiy va mutlaq deb hisoblangan turlari xususiy va nisbiy 
ekanligi ayon bo‗ladi. 
XIX-XX asrlar chegarasida aynan shunday bo„ldi. 
Atomlarning parchalanishini o„rganish materiyaning ilgari ma‟lum bo„lmagan 
turi – elementar zarralar kashf etilishiga olib keldi. SHunday qilib, atomlar 
parchalanganda materiya yo„q bo„lmasligi, balki faqat bir shakldan boshqa 
shaklga o„tishi aniqlandi.
Hozirgi zamon fizikasida ham moddiy ob‘ektlarning yangi turlari 
aniqlanmoqda. Fiziklar mikrodunyoni o‗rganish jarayonida fizik bo‗shliq, virtual 
zarralar, kvarklar kabi g‗ayrioddiy ob‘ektlarga duch kelmoqdalar. Megadunyo 
(ulkan kosmik miqyosdagi dunyo) sari harakatlanib, ular bu erda protoyulduzlar, 
kvazarlar, «qora» va «oq» tuynuklarni kashf etmoqdalar.
Fikrlashning dialektik metodi fanning rivojlanish tajribasiga tayanadi va shu 
bilan bir vaqtda bu tajriba uni yanada rivojlantirishga tatbiq etadi.
SHunday qilib, 
materiyaning dialektik talqini uni materiyaning biron-bir 
turi bilan bog„lashdan xoli.
U materiya, uning shakllari va holatlarining cheksiz 
darajada rang-barangligini nazarda tutadi va ularning barchasi o‗zgaruvchan va 
o‗tkinchi ekanligini qayd etadi.

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish