71
XIX asrdagi tabiatshunoslik bu strategiya yordamida erishgan yutuqlar
materiya haqidagi atom-efir tasavvurlarning to‗g‗ri ekanligiga zamondoshlarni
ishontirdi. Aynan ularning yordamida fan nihoyat mustahkam zamin kasb etgandek
va tabiatning barcha sirlari tagiga etish yo‗lida ishonch bilan harakatlanayotgandek
bo‗lib tuyuldi. Ammo XIX-XX asrlar chegarasida tabiatshunoslikda chinakam
inqilob yasagan kashfiyotlar qilindi. Bo‗linmas va buzilmas deb hisoblangan
atomlar parchalanishi mumkinligi, efir xossalari o‗ta ziddiyatli bo‗lib, uning
mavjudligiga shubha bilan qarashga majbur etishi aniqlandi. Materiyaning atom-
efir konsepsiyasi asossiz ekanligiga ishonch hosil qilgan olimlar materiya
tushunchasining o‗zi eskirgani haqida o‗ylay boshladilar va materializmdan yuz
o‗girdilar.
Ammo bu davrda materiya tushunchasi emas, balki uning olimlar
tafakkurida qadim zamonlardan boshlab to XX asrgacha hukm surgan substrat
sifatidagina talqinigina puchga chiqqan edi. Tabiatshunoslikda yuz bergan
o‗zgarishlarning falsafiy mazmuni shundan iborat ediki, ular materiyani
tushunishga nisbatan o‗zgacha yondashuv zarurligini ko‗rsatdi
Materiya haqidagi tasavvurlar rivojlanishining to‗rtinchi konsepsiyasi
XX asr falsafasiga xos
.
Bu erda materiyani tushunishda tabiiy ilmiy jihat emas,
balki falsafiy jihat birinchi o„ringa qo„yildi.
Bu materiyaga narsalar va hodisalar
butun rang-barangligining ichki yagonaligi zamirida yotuvchi mohiyat –
substansiya sifatida yondashuvdir
. Materiyaga ob‘ektiv borliq sifatida qarala
boshlandi. XIX va XX asrlar chegarasida falsafa va tabiatshunoslikda yuzaga
kelgan vaziyatni tahlil qilgan faylasuflar (ularni faqat sobiq marksizm vakillaridan
iborat, deb tushunmaslik lozim), xususan, «materiya» tushunchasidan voz kechish
yo‗lidan emas, balki unga tabiatshunoslikdagi ixtirolarni umumlashtirish orqali
chiqarilgan yangi va yangi xulosalarni kiritish yo‗lidan borishni taklif qildilar.
Materiyaning tuzilishi haqidagi har qanday fizik yondashuvlar xususiy jihatini
hisobga oladi, bunda butun borliq emas, balki uning ayrim jihatlarinigina tahlil
qilish nazarda tutiladi.
Materiyaning falsafiy talqini butun predmetli borliqni qamrab oladi va
umumiylik belgisiga ega. U butun ob‘ektiv borliqni to‗liq ifodalaydi
.
Umumiylik
belgisiga suyanuvchi materiyaning falsafiy talqini amalda eskirishi mumkin emas,
chunki u insonning tashqi dunyoni aks ettirishga qaratilgan qobiliyatini ifodalaydi.
Materiyaning xossalari, tuzilishi va turlari haqidagi fizik yondashuvlar muqarrar
ravishda eskiradi va o‗zgaradi. Bundan materiya emas, balki materiya haqidagi
bilimlarimizning kechagi chegarasi yo‗q bo‗ladi, degan xulosa kelib chiqadi.
Xo‗sh, bu kategoriyaga qaysi metodologik vositalar bilan yondashish kerak,
uning eng mukammal ta‘rifini qanday topish mumkin? Avvalo, bunda ko‗proq
materiyaga xos bo‗lgan xossalar va belgilarni sanab o‗tish mantiqiga amal qilib,
deskriptiv (tavsiflovchi) ta‘rifni yaratish imkoni bor. Bunday belgilarning ko‗pini
topish mumkin, lekin ularning har biri yoki ularning majmui ushbu kategoriyaning
mohiyatini teran aks ettirishining hech qanday kafolati mavjud emas. Bunday
Do'stlaringiz bilan baham: