69
sifatida qarala boshlandi. Mazkur yondashuvlarning
kamchiligi shunda ediki,
barcha moddiy narsalar alohida modda deb tushunildi, moddaning o‗zi sof mexanik
ko‗rinishda tasavvur qilinib, unga o‗lcham, massa, og‗irlikka ega, deb qaraldi. SHu
bilan birga, materiyaning maxsus ilmiy va falsafiy talqinlari ayniydir, deb tushunila
boshlandi. Materiyaning falsafiy talqiniga sof induktiv yo‗l, oddiy umumlashtirish
yo‗li bilan ayrim fanlarning g‗oya va qoidalari kiritildi.
Bu yondashuv noto„g„ri edi. Lekin, 1924 yilda B.Rassel, elektromagnit
maydonlar va gravitatsiya maydonlari mavjudligini unutib, o„zidan boshqa
narsalarni o„tkazmaslikni materiyaning asosiy xossasi sifatida tavsifladi. 1964
yilda amerikalik tomist Layten «materiya» tushunchasining massa va energiyaga
bog„langan talqinini taklif qildi.
Materiyani uning xossalaridan biriga bog‗lash uni ta‘riflashning ancha keng
tarqalgan, lekin imkoniyatlari cheklangan usulidir. Ilmiy bilishda mazkur usul
elementarizm vujudga kelishiga sabab bo‗ldi. Bunda hodisani tushunish uchun
murakkabni oddiyga, butunni esa elementga bog‗lash lozim.
Ammo yakkalik yoki xususiylik – muayyan modda yoki xossaga asoslanib
materiya haqida yaxlit tasavvur hosil qilish mumkin emas.
Ushbu asosda
materiyaga ta‘rif berib bo‗lmasligi haqida Volter shunday deb yozgan edi: «Biz
materiyani o‗lchaymiz, uni tarkibiy qismlarga ajratamiz, lekin bu qo‗pol harakatlar
doirasidan chetga bir qadam tashlashga urinsak ham o‗zimizning ojizligimiz va
jarlikni sezamiz»
1
. Materialist faylasuflar materiyaga uni hech narsaga
bog‗lamasdan ta‘rif berishga harakat qildilar. Ayni vaqtda XVII-XVIII asrlardayoq
materiya haqida ancha keng tasavvur shakllandi. Bu yo‗nalishda F.Bekon,
G.Golbax va D.Didro, ayniqsa, jiddiy muvaffaqiyat qozondi. «Bizning sezgi
organlarimizga ta‘sir ko‗rsatuvchi hamma narsalar bizga nisbatan materiyadir», deb
yozadi G.Golbax
2
. Uning fikricha, materiyani biron-bir yagona birinchi asosga
o‗xshatib bo‗lmaydi, dunyo bundan rang-barangroqdir, shu bois materiya ta‘rifi
ham mumkin qadar keng bo‗lishi kerak.
XIX-XX asrlar chegarasida amalga oshirilgan buyuk
kashfiyotlar metafizik
dunyoqarashga qaqshatqich zarba berdi. XIX asrning ikkinchi yarmida Faradey va
Maksvell tadqiqotlari natijasida materiyaning moddaga qaraganda yangiroq shakli
– elektromagnit maydonining o‗zgarish qonunlari aniqlandi. Tadqiqotlar
elektromagnit maydon qonunlari klassik mexanika qonunlariga bog‗lanmasligini
ko‗rsatdi.
Radioaktivlikning kashf qilinishi atomning noo‗tkazuvchanligi haqidagi
ta‘limotni rad etdi, elektronning kashf etilishi, uning bo‗linmasligi haqidagi tezisni
kun tartibidan chiqardi, rentgen nurining kashf etilishi bilan modda maydonga
aylanishi mumkin emasligi isbotlandi. Jismlar harakatining tezligiga qarab
massaning o‗zgaruvchanligi kashf etildi, jismlarning
makon va vaqtga oid
xossalari ularning harakat tezligiga bog‗liqligi tushunib etildi.
Bu ixtirolar tabiatshunoslikda yangi inqilobni boshlab berdi. Bularning
barchasi fizik jismlarning xossalari haqidagi odatdagi tasavvurlarga shu darajada
zid ediki, ayrim tabiatshunoslar sarosimaga tushib qoldilar. SHu bois, fizikada
1
Волтер // Всемирная энциклопедия. -М.: Современный литератор, 2001 –С. 110
2
Гольбах // Всемирная энциклопедия. -М.: Современный литератор, 2001.-С.110
70
materiyaning
mexanistik talqini, dunyoning mexanistik manzarasi inqirozga yuz
tutdi. Materiya atomga tenglashtirilgan sharoitda va keyinchalik uning
parchalanish qobiliyati aniqlanishi munosabati bilan ayrim fiziklar, shu jumladan,
E.Max va A.Puankare («fizik idealistlar») «materiyaning yo‗q bo‗lishi
(annigilyasiyasi)» to‗g‗risidagi xulosaga keldilar. Bu xulosaning metodologik
jihatdan asossizligi shunda ediki, unda falsafiy kategoriya sifatidagi materiya uning
fizik tuzilishi haqidagi ta‘limot bilan tenglashtirildi.
Ular, atomlarning radioaktiv parchalanishini materiyaning «g‗oyib bo‗lishi»,
uning energiyaga aylanishi sifatida tushuntirishga harakat qildilar. Amalda
materiya g‗oyib bo‗lmaydi, u haqdagi tasavvurlar eskira boshlagan edi. YAngi
ilmiy kashfiyotlar qarshisida materiyaga uning ayrim turlariga xos bo‗lgan
sifatlarni yuklashga urinishlarning yanglishligi ayon bo‗ldi.
Fanning rivojlanishida muhim rol o„ynagan materiyaning uchinchi
konsepsiyasi efir g„oyasiga tayangan. Efir deganda butun dunyoni to„ldiruvchi
uzluksiz muhit tushuniladi.
Bu g‗oyani ilk bor Aristotel ilgari surgan. Keyinchalik
efir konsepsiyasi
XVII asrda Dekart va uning izdoshlari ilgari surgan g‗oyalar ta‘sirida keng
tarqaldi. Dekart fikriga ko‗ra, materiyaning eng sodda elementi atom emas, balki
efir girdobidir. Har qanday ob‘ekt bunday girdoblar to‗plamining uyg‗unligi va
o‗zaro bog‗lanishidir.
Ob‘ektning efir (girdob) modeli bilishning tegishli strategiyasini ham
belgilaydi: narsalar va jarayonlarning xossalarini efir harakati muayyan
xususiyatlarining namoyon bo‗lishi sifatida tushuntirish lozim (shu yo‗l bilan,
jumladan, yorug‗likning tarqalish qonuniyatlari tushuntirilgan. O‗sha davrda
materiya tushunchasi fizikada qabul qilingan muayyan o‗zgarmas xossalar
yig‗indisi sifatidagi «modda» tushunchasi bilan ayniylashtirilgan. Masalan, ingliz
materialistlari F.Bekon va T.Gobbs bunday xossalar qatoriga ko‗lamlilik, shakl,
og‗irlik va hokazolarni kiritgan. Ba‘zan materiya
tushunchasi bitta muayyan
«birlamchi» xossa, masalan ko‗lamlilik yoki massa bilan ayniylashtirilgan
(
R.Dekart, I.Nyuton
). Materiyani tavsiflashga nisbatan mazkur yondashuv XIX asr
oxirigacha dunyoning ilmiy manzarasiga zid bo‗lmagan. Buning negizida
materializmning shakli metafizik yoki mexanistik degan nom olgan, chunki u
fizikaning nazariy ma‘lumotlariga asoslanibgina qolmasdan, balki ilmiy
izlanishlarning dunyoqarashga doir va metodologik asosi sifatida amal qilgan.
Atomlar va efir haqidagi ta‘limotlarning birikuvi
natijasida shakllangan
atom-efir konsepsiyasida materiya atomlar ko‗rinishida ham, efir ko‗rinishida ham
mavjud, ya‘ni ikkita har xil substansiyadan iborat,
degan fikr ilgari suriladi. Bu
tasavvurlardan kelib chiquvchi ob‘ektning modeli bilishning ikki yoqlama
strategiyasini belgilaydi. Bu strategiyaga binoan ayrim (masalan, kimyo yoki
molekulyar fizikadagi) hodisalarga izohni moddaning atom tuzilishidan, ayrim
(masalan, optika yoki elektrodinamikadagi) hodisalarga izohni esa – efir
muhitining holatidan qidirish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: