Нигинахон шермухамедова


Ob‘ektning ontologik modeli



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

Ob‘ektning ontologik modeli
– 
bu borliq ob‟ektlarini tavsiflash va 
tushuntirishning bazis xususiyatiga ega bo„lgan universal sxemasi.
Materiyaning dialektik konsepsiyasi ham ob‘ektning ontologik modelisiz ish 
ko‗ra olmaydi. Mazkur konsepsiyada bu modelga muvofiq borliqning tavsifi 
keltiriladi va u tushuntiriladi. Bu konsepsiyada bilish ob‘ektining modeli qanday? 
Substrat konsepsiyalar zamirida materiya tushunchasi barcha moddiy 
ob‘ektlarda mavjud bo‗lgan umumiy jihatni aks ettiradi, degan g‗oya yotadi. Biroq, 
bu umumiy jihat ularning barchasini belgilovchi yagona substrat bo‗lishi mumkin 
emas ekan, u holda ularning o‗rtasidagi umumiy jihat nimadan iborat? «Sof borliq» 
tushunchasiga murojaat etishga va barcha ob‘ektlarning umumiy jihati faqat 
ularning mavjudligi ekanligini tan olishga to‗g‗ri kelmaydimi? Ammo, boshqa bir 
imkoniyat ham mavjud: substansional borliq g‗oyasi substansiya o‗z atributlari 
bilan tavsiflanishini nazarda tutishini eslaylik. Agar materiya substansiya bo‗lsa, 
bu muayyan atributlarga ega bo‗ladi. SHunday qilib, barcha moddiy ob‘ektlar 
uchun umumiy jihat shundan iborat bo‗lishi mumkinki, ularning barchasiga 
moddiy borliqni tavsiflovchi ayni bir atributlar xos.
YUqorida ta‘kidlanganidek, «
Atribut» tushunchasi har qanday moddiy 
ob‘ektda mavjud bo‗lgan, o‗z tabiatiga ko‗ra rang-barang va ko‗p sonli turli 
belgilar, jihatlar va xossalarni qamrab oladi.
Masalan, harakat, o„zaro aloqa, 
sifat, miqdor, struktura, makon, vaqt, sababiy aloqa va hokazolar atributlar 
hisoblanadi, chunki bunday xususiyatlar barcha moddiy ob‟ektlarda mavjud.


75 
Bunda har bir alohida moddiy ob‘ektda atributlar ayni shu ob‘ektga xos bo‗lgan 
alohida shaklda namoyon bo‗ladi: turli ob‘ektlar turlicha harakat qiladi va o‗zaro 
ta‘sirga kirishadi, o‗z sifat va miqdor xususiyatlari, makon va vaqt chegaralari, 
sababiy bog‗lanishlari va hokazolarga ega bo‗ladi. Substrat ham materiyaning 
atributlaridan biri bo‗lib, u rang-barang konkret shakllar kasb etishi mumkin.
Substratga doir yondashuv doirasida substrat atributlar «manbai» ekanligi 
o‗z-o‗zidan ravshan bir hol deb hisoblangan. Bunda substrat substansiya bilan 
ayniylashtirilgan yoki, boshqacha aytganda, substansiya substratga bog‗langan. 
Natijada 
substansiya 
uning 
atributlaridan 
alohida 
tasavvur 
qilingan. 
Substansiyaning substrat bilan ayniylashtirilishi u borliqning o‗zgarmas asosi 
sifatida tushunilishiga olib kelgan. Bu asos biz kuzatadigan o‗zgaruvchan narsalar 
va tabiat hodisalari «ortida» yoki «ostida» yashirin deb hisoblangan. Biroq, 
borliqning o‗zgarmas substrati sifatidagi substansiya haqidagi odatdagi 
tasavvurlardan voz kechsak, cheksiz darajada rang-barang va o‗zgaruvchan 
ob‘ektiv borliqda atributlar «ortida» yoki «ostida» yashirinib yotishi mumkin 
bo‗lgan hech narsa mavjud emas, deb hisoblashdan boshqa ilojimiz qolmaydi.
Ob‟ektiv borliq - bu harakat, makon, vaqt, o„zaro aloqa va rang-barang 
konkret ko„rinishlarda barcha moddiy ob‟ektlarga xos bo„lgan boshqa atributlar. 
Substansiya – atributlarning ulardan ajralib turadigan «manbai» emas, balki 
ularning yig„indisi. Materiya – makon, vaqt, harakat, sababiyat va boshqa 
atributlardan alohida mavjud bo„lgan qandaydir narsa emas, balki bu 
atributlarning yaxlit tizimi.
YUqorida aytilganlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, har qanday 
moddiy ob‘ekt unga xos bo‗lgan harakat, o‗zaro aloqa, sifat, miqdor va boshqa 
atributlarning shakllarini o‗zida uyg‗unlashtirgan murakkab tuzilma sifatida 
qaralishi mumkin. SHu sababli ob‘ektni umumiy ko‗rinishda o‗zaro bog‗langan 
atributlar tizimi sifatida aks ettiruvchi model har qanday ob‘ektlarni tavsiflash 
uchun yaroqli bo‗lgan universal bazis sxema hisoblanadi. 
Ob‘ektning bu atributiv modeli materiyaning dialektik talqiniga mos 
keluvchi ontologik modeldir
1
.

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish